106
- tog’ yon bag’irliklari, vodiylar o’zanlarining nishabligi 35 % dan ko’p
bo’lishligi;
- nurashdan maydalangan jinslarning tog’ yon bag’irliklarining
havzalarida
yig’ilib, katta miqdordagi bo’sh jins uyumlarini to’planishi. Sel massasi taxminan
50 - 60% har - xil tosh parchalari, qumlardan, gillardan va o’simliklar tanalaridan
iborat bo’ladi. Shu bilan bog’liq holda, sellar tez yemiriluvchi jinslar (gilli,
slanetsli) joylashgan tog’li qurg’oq hududlarga xosdir. Bunday hududlarda tog’
jinslarini nurashi natijasida to’planib qolgan bo’sh jinslar uyumi to’plangan
bo’ladi. Hosil bo’lish
manbaiga qarab sel
regional
yoki
mahalliy
xillarga
bo’linadi.
Ularning birinchisi, joyning geologik va
geomorfologik sharoiti bilan,
chambarchas bog’liq holda, yog’in ko’p va tez yog’ishidan sodir bo’ladi. Mahalliy
sel esa mahalliy qatlamlari birdan erishi natijasida tog’liklardagi ko’llardagi suv
ko’payishidan, bu ko’llar havzalarining ayrim joylari o’pirilishidan
vujudga
keladi. Sel xodisasi sodir bo’ladigan havza 3 zonaga bo’linadi.
1.Ta’minlanish zonasi
- Bunga baland tog’li rayonlardan tog’ oldi
rayonlarini ham o’z ichiga olgan territoriyalar kiradi. Suv o’zining
dastlabki
harakatini, tog’ jinslaridan iborat sel massasining asosiy
qismini ham shu yerda
yig’adi.
Dostları ilə paylaş: