107
1) Loyqa toshli - 909 ta;
2) Suv toshli - 336 ta;
3) Loyqa selli - 261 ta;
4) Tipi aniqlanmagan sel - 570 ta.
O’rta Osiyodagi prolyuvial lyoss jinslari sel yotqiziqlari bo’lib, suvning
ohakli tog’ jinslarini va dala shpatining kaolinlanishi
natijasida lyoss jinslari
karbonatlashadi. Sel oqimlari xalk xo’jaligiga katta zarar yetkazadi, yo’ldagi
uchragan narsani vayron kilib, ekinzorlarni ko’mib yuboradi.
Sellarga qarshi ko’riladigan kurash sermashaqqat va sarf - harajatlarni ko’p
talab etadi. Sellarga qarshi kurashning eng samarali usullaridanbiri; tog’ yon
bag’irliklarida daraxtlar o’tqazishdir. Daraxt o’z ildizlari bilan tog’
jinslarini
mahkam ushlaydi, nurashdan, yuvilib ketishdan saqlaydi.
Lekin bu usul ancha
vaqtni talab etadi. Kerakli paytlarda - selning harakatlanish zonasida, selning
yo’nalishini o’zgartiruvchi har - xil inshootlar qurish, selning bir necha yo’nalish-
larini o’zgartiruvchi
moslamalar, shuningdek tirgak devorlar qurish shular
jumlasidandir.
14.7. Eroziya
Nurash mahsulotlarini - loyqa, qum, shag’alni doimiy shag’al
suvlar va
vaqtinchalik bo’lgan oqimlar oqizib, yuvib ketadi. Yuvib, oqizib ketuvchi
(erozion) jarayonlar Yer relyefining shakllanishda asosiy rolni o’ynaydi.
Eroziya jarayonining tag (chuqurlik) turi
suv oqimining chuqurligi
buyicha tog’ jinslarni yemiradi, yon eroziya esa suv oqimining yon tomonidagi
tog’ jinslarini yemiradi.
Dostları ilə paylaş: