Muhandislik geologik tadqiqotlar



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/204
tarix28.11.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#168315
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   204
-qullanma (1)

 
14.8. Plivun 
Tarkibida chang zarrasi ko’p bo’lgan suvga to’yingan mayda gilli jinslarga 
plivunlar deyiladi. Ular to’rtlamchi va shu davrgacha bo’lgan jinslar ichida va 
ayniqsa lyosslar va lyossimon tuproqlarda ko’p tarqalgandir. 
Plivunlarning qurilish praktikasida, suvga to’yingan g’ovak jinslar, odatda 
qumlar bo’lib, turli qazilish ishlarida ochilib qolganda suyuqlashadi, harakatlanadi 
va atalasimon og’ir suyuqlikka aylanadi. Qumlardan tashqari, plivunlik hodisasi, 
ma’lum sharoitlarda changsimon qumoq tuproqlarda , qumloq tuproqlarda shag’alli
yotqiziqlarda va kovaklari katta bo’lgan jinslarda ham uchraydi. Jinslarda 
plivunlik hodisasini asosiy sababikovaklardagi suvning gidrodinamik bosimi 
bo’lib, bu o’z navbatida kotlovan, handaqlar qazish chog’larida , grunt suvlari 
bosimini tushishi (gradiyenti) natijasida bo’ladi. 
Odatda plivunli jinslarning suv o’tkazuvchanligi past bo’lganligi uchun , 
gidravlik gradient jins zarralariga fil’trlanish bosimi ko’rsatib, ular harakatini 
gradient yo’nalishi yoki boshqacha qilib aytganda , bo’shalish zonasi, yo’ni 
xandaqlarga yo’llaydi. I.V.Popov jinsning holatiga o’tishdagi fil’trlanish gradienti 
kritik qiymati 
I
kr 
ni aniqlash uchun quyidagi formulani tavsiya etadi. 
I
kr
 

 (

 -1)( 1- n ), 
Bu yerda: 

- jinsning zichligi, 
n
- g’ovaklik ( birlikka nisbatan )
Plivunlik 
holatida 
jinslar 
butunlay 
strukturaviy 
bog’lanishlarni
yo’qotadilar va zarralar oqish holatiga o’tadi. 
Plivunlik hodisalari jadallashuvi gradient kattaligi, jinsning granulometrik, 
mineralogik tarkibi, zarralar shakli, zichliklari va boshqa bir necha omillarga 
bog’liqdir. 


112 
Ilmiy tadqiqotlar natijalari-qumli gruntlardagi plivunlik hodisalari sababi, 
bakteriyalarni ayrim turi ekanligi isbotlandi. Bunday biokimyoviy plivunlarni 
hosil bo’lishi shunday tushuntiriladi, suvga to’yingan dispersli jinslarda yuqori 
darajada turg’unlashgan kolloidlar va shu bilan, mikroorganizmlar hayoti faoliyati 
bo’lmish gazlar to’planishi oqibatida g’ovaklarda ortiqcha bosim to’planib, 
jinsning harakatlanishiga turtki bo’ladi. Mikroorganizmlar haqiqiy plivunlarda 
topilib, yana shuni aniqlandiki, biologik nurash 50 m chuqurlikdagi jins 
qatlamlarida ro’y berar ekan. Tinch osoyishta turgan plivunlar suvni kam yo’qotadi 
va suvni kam o’tqazadi. 
A.F. Lebedev plivunlarni soxta va xaqiqiy turlarga ajratdi. Soxta
plivunlar-strukturaviy bog’lanmagan jinslar, turli qumlar va shag’allar
yotqiziqlardir. Plivunlik holatiga o’tish yer osti grunt suvlarining oqimining yuqori 
gidravlik bosim gradienti ta’sirida sodir bo’ladi. Fil’trlanish koeffitsienti sutkasiga 
1-2 metr va undan ham ko’p bo’ladi. Jins zarralari ko’chgan oqim holatiga o’tadi 
va ular orasida ishqalanish yo’qoladi. Bunday qumlar tez va oson oqib keta 
boshlaydi. Suvsiz holatidagi o’rta zichligi 1,5-1,75 t/m
3
ga teng bo’ladi. 
Gidradinamik bosim ostida faqatgina qumlargina emas, balki g’ovakli jinslar ham
oqizilishi mumkin. Soxta plivunlarga xos bo’lgan xususiyatining osonlik bilan 
suvsizlanishdir. Qurigandan so’ng ular bo’sh, serg’ovak kamtsementlashgan
massaga aylanadi. 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin