105
kattalikdagi bo’shliqlarga, atmosfera yog’inlarining oqib kirishi va birorta pastlik,
qulay joydan yer yuzasiga sizib chiqishi natijasida hosil bo’ladi.
Bunday
bo’shliqlar Respublikamizda Toshkent oldi rayonlarida, Parkent vodiysida,
Shimoliy Farg’ona vodiysida - Namangansoy, Chortoqsoy, Kosonsoyda uchraydi.
Karstlar hosil bo’ladigan tog’ jinslari qurilish uchun
anchagina mushkulliklar
tug’diradi. Gipsli va osh tuzi tarqalgan joylarda faqatgina mavjud bo’lgan karst
emas balki, uning yangi xillarini va ayniqsa binoning asosida hosil bo’lishi,
qurilish uchun xavf soladi. Og’ir inshoot qurilishi natijasida yer yuzasiga yaqin
joylashgan g’orlar, o’pirilib tushishi mumkin. Tonnellarni
qurishda karstli
hududlardan o’tishda, yo’llarda yirik g’orlar uchrashi mumkin va bu anchagina
qiyinchiliklar tug’diradi. Agarda inshootning geologik jihatdan qulay bo’lgan
joylarga joylashtirish imkoni bo’lmasa, karstli bo’shoq tog’ jinslarini sun’iy
ravishda zaminda zichlash, masalan,
zich sementli, mayda zarrali qum
aralashmalari, sementli - gilli aralashma bilan zichlash lozim. Tonnellarni
o’tkazishda, g’orlarni shiplaridagi tog’ jinslarini o’pirilib
ketmasligini oldini olish
maqsadida, mustahkam tom nishalari tayyorlanadi.
Karstli hududlarda har qanday inshoot qurilishida yer osti g’orliklari
namoyon bo’lish bosqichi va xarakterini o’rganish, karstli qatlamlarini va uning
suvli xususiyatlarini o’rganish, va ayniqsa tektonik zonalarga ahamiyat berish
zarur.
Dostları ilə paylaş: