Muhandislik geologik tadqiqotlar



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/204
tarix28.11.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#168315
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   204
-qullanma (1)

15.3
 – 
rasm
. Yuzaki suv (verxovodka): 
1–yog’in suv; 2–infil’tratsiya suvi; 3–yuzaki suv; 4–grunt suvi; 
5 – suv to’sar; 6 – gilli qatlamcha; 7 – qum; 8 – gilli qum. 
 
Bu asosiy guruhlar dagi yer osti suvlaridan tashqari o’ziga xos hosil 
bo’lgan darzliklar orasidagi karst va mineralli suvlar ham bo’ladi. 
Yuzaki suvlar
. Aeratsiya zonasida vaqtinchalik yig’ilib qolgan yer osti 
suvlarini - 
yuzaki suvlar
deb ataladi. Aeratsiya zonasi uncha chuqur bo’lmasdan 
grunt suvlari gorizonti ustida joylashadi. Yuzaki suvlar suvning suv 
o’tkazmaydigan yoki yarim o’tkazmaydigan qatlamlari, masalan; gilli linzalar,
qumokli qum yoki zich tog’ jinslari ustida to’planishidan paydo bo’ladi. Suvning 
tuproqka shimilishi (infil’tratsiya) chog’ida, suv vaqtincha bu qatlam ustida 
to’xtalib, suvli gorizont hosil kiladi. Yuzaki suvlar mavsumiy bo’lib, yomg’irlar 
yog’ishi va qorlar erishi davrida hosil bo’ladi. Boshqa paytlarda bu suvlar yer 
yuziga yaqin bo’lsa, bug’lanib ketadi yoki ostki gruntlarga shimilib ketishi 
mumkin. Qish mavsumida yuzaki suvlar muzlaydi, yozda issiq kunlarda ularning 
harorati 250
0
С... 300
0
С gacha yetadi. 
Yuzaki suvlar
- aeratsiya zonasida suv o’tkazmaydigan qatlami 
bo’lmagan takdirda ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, qumoq grunt
qatlamiga anchagina miqdorda suv yig’iladi, ammo uning suv o’tkazuvchanligi 
past bo’lganligidan shimilish sekin boradi (15.3-rasm). Yuzaki suvlarga xos 
bo’lgan narsalar quyidagilardir: vaqtinchalik, mavsumlarda paydo bo’lishi, katta 
bo’lmagan maydonlarda tarqalish, bosimsizlik va qalinligi kamligidir. Suvni o’zi-
dan yaxshi o’tkazadigan jinslar, masalan qumlarda yuzaki suvlar kam uchraydi


129 
har xil qumloq tuproqlarda va lyoss jinslari bo’lgan hududlarda yuzaki suvlar 
ko’plab tarqalgan. Qurilishda yuzaki suvlar anchagina, jiddiy qiyinchiliklar 
tug’dirishi mumkin. Qurilishda binolarning yer osti qismlari (yerto’lalar, 
qozonxonalar) yaxshi suvdan himoya qilinmagan bo’lsa yoki suvni chiqarib 
yuborish choralari ko’rilmagan bo’lsa, ular suv ostida qolishi mumkin. So’nggi 
tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, suv jo’mraklaridan va suv havzalaridan suvning 
oqishi natijasida lyoss tog’ jinslari tarqalgan hududlarda sanoat ob’ektlari va turar 
joylar dahalarida yuzaki suv gorizontlari paydo bo’lishi kuzatilmoqda. Bu esa 
bino zaminining mustahkamligiga katta ta’sir etadi va inshootning turg’unligini 
kamaytiradi. 
Grunt suvlari
– grunt suvlari uchun asosiy elementlardan biri, uning 
ostida suv o’tkazmaydigan qatlamning yotishidir. Grunt suvlari yer qatlamining
birinchi suvli gorizontini hosil qiladi. Grunt suvlari atmosfera va yer usti suvlari 
bilan bog’langan bo’ladi. Grunt suvlarining yuzasi 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin