68
Bukilmadagi ezilgan hudud dastlabki holatiga qayta olmaydi,
xuddi shu
holat yoriqlar hosil bo’lgan xududlarda xam bo’ladi. Ular keyinchalik,
sharoit
o’zgarishiga qarab kengayishi kuzatiladi. Avval ta’kidlanganidek uzilmalar va
yorilishga sabab bo’ladigan qatlam dislokatsiyalari yer qobig’ining
yaxlitligini
buzadi, unda yoriqlar xosil bo’lib yoriqlar bo’yicha yer qobig’i nisbatan
ko’chishi kuzatiladi.
12.3.Yer qatlamlarini yotish xolati va ularni aniqlash
Yer qobig’inig tektonik xarakati tufayli qatlamdagi tog’ jinslarini fazoviy
turli yo’nalishlarda joylashishini kuzatish mumkin.
Qurilish maydonlarini
geologik sharoitini xisobga olishda, yer qatlamlarini
fazoviy joylashganlik
holatini aniqlab, geologik xaritalarda belgilanish lozimdir. Buning uchun
qatlamlarning yotish elementlari: yotish,
yotish azimutlari, tushish chizig’i va
tushish burchagidir.
Yotishi
- qatlamning uzilishini ko’rsatib, qatlam sirtining,
gorizontal
tekislik bilan kesishish chizig’i bilan xarakterlanadi.
Tushish burchagi
- Qatlamning sirti bilan gorizontal tekislik hosil qilgan
burchakdir. Uning qiymati 9 dan 90
0
gacha o’zgarishi mumkin.
Yotish azimuti
- yotish burchagi bilan geografik
meridian orasidagi
burchakdir.
Dostları ilə paylaş: