Muhandislik geologik tadqiqotlar



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/204
tarix28.11.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#168315
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   204
-qullanma (1)

geosinklinal 
va 
platformalar
deyiladi.
Geosinklinallar
- Yer qobig’ining 10 – 25 km qalinligidagi 
yotqiziqlarning geodinamik kuchlanishlarining katta o’zgarishi va yuqori 
harakatchanligi zonasini bildiradi. Hozirda geosinklinallar yer qobig’ining asosiy 
tektonik elementlariga kiradi. Dastlabki rivojlanishda geosinklinallar tubi egilgan
dengiz basseynlardan iborat bo’lgan va qalin cho’kindi tog’ jinslarini tashkil 
etgan. Vaqtlar o’tishi bilan endogen jarayonlarda tektonik kuchlar to’plangan, 
cho’kindi qatlamlar o’zga-rishga uchrab, bukilmali tog’ tizmalari Al’p, Karpat, 
Qrim, Kavkaz, Pomir va boshqa tog’lar hosil bo’lgan. Geosinklinalli hududlar 
uchun seysmik hodisalar (yer qimirlashlar) va vulqonlar bo’lishligi xosdir.
Platformalar (tekis formalar)
- Yerning tektonik harakatlari nisbatan 
tinch bo’lgan qismlaridir. Platformalar uchun sekin tebranma harakatlar
xarakterlidir. Platformalar qo’sh qavatli tuzilishga ega. Ostki qavatda (asosda) 
bukilgan holatda cho’kindi tog’ jinslari yoki metamorfik yoki magmatik tog’ 
jinslari joylashadi ularni ustki qismini esa cho’kindi tog’ jinsi qoplab yotadi.
 
 12.2 Tektonik harakatlarning turlari va yer qatlamlarining yotish 
shakllari 
Yer qobig’ining turli va murakkab deformatsiyasiga sabab bo’ladigan 
tektonik harakatlar tebranuvchi (tik) va bukilmali (plikativ) ko’rinishda bo’ladi. 
Tebranma harakat - 
epeyrogenez 
deb atalib, buning natijasida ba’zi joylar 
ko’tarilishi oqibatida quruqlik qattalasha boradi, ba’zi joylar cho’kib dengiz tubiga 
tusha boradi. Masalan: Germaniyaning shimoliy qismi, Gollandiya, Belgiya 
davlatlari quruqliklari pasayib bormoqda, qo’shni hududlarda esa ko’tarilib 
bormoqda. Yer qobig’ining ayni bir hududi, turli geologik davrlarda ko’tarilishi 


64 
yoki pasayishi mumkin. Tebranma harakatlar tezligi turlicha bo’lishi mumkin. 
Taxminlarcha ularning eng yuqori tezligi yiliga bir necha sm dan ko’prok, undan 
ham sekin bo’lib yiliga mm ning ulushlariga teng. Yerning rivojlanish tarixida 
tebranma harakatlarning tezligi bir maromda bo’lmasligi kuzatiladi: tebranma 
tektonik harakatlar bilan dengizning quruqlikka kirib borishi (

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin