73
Qisilish jarayonida issiqlik yo’qolishi, cho’zilish
esa magmaning qattiq
xolatdan yumshoq xolatga o’tish, qisilish tugagandan so’ng, bosim kamayishi
bilan shartlanadi. Kengayish, ko’chuvchi belbog’lar - geosinklinallarni tashkil
etadi. Barqaror bo’lgan maydonda yer qobig’i ko’pchiydi va yoriqlar turkumiga
bo’linadi. Qisilish tangentsial’ harakatlar tufayli geosinklinallarda bukilmalar
jarayoni
oraliqlarini xosil qilib, bu oraliqda energiya to’planish uchun lozim
bo’ladi (evolyutsion davr).
Magmatik faoliyat kengayish davri va sikllari bilan bog’lanib, magmatik
qatlamga bosim kuchsizlanadi va magma qattiq holatdan suyuq holatga o’tib,
yoriqlarni to’ldirib yuqoriga xarakatlanadi (revolyutsion davr). V.V. Belousov, yer
shari, kosmik fazodagi sovuq changsimon zarralarning birikishidan hosil bo’lgan
taxminni ilgari suradi.
Keyinchalik Yer ichidan, radiaktiv parchalanish tufayli qizib borgan. Yer
moddasining issiqlik o’tqazuvchanligi kamligi tufayli radioaktiv issiqligi xanuz
katta chuqurliklarda (700 kmdan ko’p) to’planmoqda. Yerning
mantiya qismining
yuqori qavatlari tarixi murakkabroqdir. Hisoblashlar shuni ko’rsatadiki, dastlab
yuqori mantiya hammasi qizigan, so’ngra taxminan bir yarim milliard yil avval,
radioaktiv elementlar tugaganligi sabab, bosqichma-bosqich tepadan pastga tomon
sovish boshlangan. Radioaktiv qizdirish mantiyaning yuqori qismi moddasining
qisman erishiga olib kelgan. Yuqori mantiyadan seysmik tebranish to’lqinlarining
tezligi bo’yicha yumshoq qatlam (astenosfera) aniqlangan bo’lib, u materik
(quruqlik) ostida 100-200 km, okeanlar ostida 50-400
km chuqurlikda
joylashgandir.
Extimol, qisman erigan qatlam shu bo’lsa kerak. Yengil tarkiblar undan
erib chiqib, yuzaga ustun yoki polosa ko’rinishida yuqoriga ko’tariladi. Ana shu
yengil jinslardan yer qobig’i va xususan uning granit qatlami tashkil topadi,
pastga tomon esa erigan qatlamdan og’ir moddalar tushib ketadi. Bu jarayonga
ichki sinishlar ta’sir ko’rsatishi lozim. Ular, yengil moddalar oson ko’tariladigan
yo’llar bo’lib hisoblanadi. Yer qobig’ining yuqori qismida ajralish jarayoni tezroq
74
va shiddatliroq ro’y beradi, sababi yuqorida
bosim pastligi tufayli, moddaning
quyuqligi kamroqdir.
Yuqorida
erigan
qatlamning
bo’linishi,
yer
qobig’ini
shiddatli
geosinklinallarga xos bo’lgan turli ko’tarilishlar, tepaliklar va chuqurliklar hosil
qiladi. V.A. Obruchev va V.V. Belousovlar gepotezasi va taxminlari ma’lum
bo’lgan ilmiy ma’lumotlarga yaqin turadi.
Ayniqsa mantiyaning yuqori qisimni tashkil etgan moddaning tarkibi haqida
yangi ma’lumotlarni to’planib borishi bilan, bu taxminlar qayta ko’rib chiqib,
to’ldirib boriladi.
Dostları ilə paylaş: