Muhandislik geologik tadqiqotlar



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/204
tarix28.11.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#168315
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   204
-qullanma (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


75 
13.1
 – 
rasm
. Zilzilaning 
gipotsentri va epitsentri: 
G–giposentr; E–episentr 
13. SEYSMIK HODISALAR VA ZILZILALAR. SEYSMIK 
RAYONLARDA QURILISH ISHLARI 
13.1. Seysmik hodisalar va zilzilalar 
Seysmik hodisalar
- yer qobig’ining ayrim joylarini keskin ravishda turli 
kuch bilan harakatlanishi natijasida tog’ jinslarining elastiklik muhitda seysmik 
to’lqinlarni hosil bo’lishida namoyon bo’ladi va buni - 
zilzila
deb ataladi. Zilzilalar 
juda qiska vaqt ichida, bir necha sekundan bir necha minutgacha davom etadi. 
Agar zilzila markazi okean va dengiz ostida bo’lsa, 
dengiz zilzilasi
deb yuritiladi.
Zilzilaning sabablari tabiiy va sun’iy bo’lishi mumkin. 
Sun’iy zilzilalar kishilarning muhandislik faoliyatlari, yer osti portlashlari 
(yadroli), tog’larda shaxta qazishda tog’ jinslarining o’pirilish natijasida hosil 
bo’lishi mumkin.
Tabiiy zilzilalarni keltirib chiqaradigan sabablar: denudatsion, vulqon va 
tektonik harakatlar bo’lishi mumkin.
Denudatsion (o’pirilish) zilzilalar asosan suyuqlanuvchan tog’ jinslari
(ohaktoshlar va tuzli qatlamlar) bo’lgan joylardagina yuz beradi. U joylarda juda 
katta yer osti g’orlari hosil bo’ladi. Agar g’orlarning shiftlari yetarli darajada 
mustahkam bo’lmasa, ular o’z og’irligini 
ko’tara olmay o’pirilib tushadi va tushgan 
massaning zarbidan zilzila hosil bo’ladi. 
Ular kuchli bo’lmasdan, uncha katta 
bo’lmagan maydonlardagina tarqaladi. 
Vulqon zilzilalari vulqondan magmaning 
yer sirtiga chiqish kanali berkilgan vaqtda 
vulqon gazlarining portlashi natijasida yuz 
beradi. Bunday zilzilalar zo’r vulqon otqini 
vaqtida sodir bo’lib, ba’zan katta halokat-
larni yuzaga chiqaradi va butun - butun 
shaharlarni vayron qiladi. Bunday zilzilalar 
tektonik zilzilalar singari katta maydonni


76 
egallamaydi. Katta vayronagarchiliklar keltirgan kuchli zilzilalarning hammasi
tektonik, ya’ni yer pustining dislo-kasiyalari, tog’ hosil bo’lishi jarayonlari 
bilan bog’lan gan zilzilalar qatoriga kiradi.
Yerning ichki qismidagi, qobig’ ostidagi seysmik energiya to’planadigan 
joy zilzila o’chog’i yoki - 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin