93
Qiyaliklarda pog’onasimon supachalarni paydo bo’lishi va ularning ustida
xar-xil yoriqlarni paydo bo’lishi, pog’onasimon surilish bo’lganligidan dalolat
beradi.
R.Niyozov ma’lumotiga ko’ra, 1961 yildan 1972 yilgacha olib borilgan
muhandislik - geologik va gidrogeologik tekshirishlar natijasida, O’rta
Osiyo
hududida 8000 ga yaqin surilishlar bo’lganligini aniqlangan. Shundan 2935 tasi
O’zbekistonda, 3500 tasi Tojikistonda, 1600 tasi Qirg’izistonda ruy bergan.
Shunisi xarakterliki, 80% dan ortiq surilish, lyoss va lyossimon jinslar tarqalgan
hududlarda sodir bo’lgan.Surilish sabablarini bilmasdan, unga qarshi choralar
ko’rib bo’lmaydi.
Shu sababli surilishlarni, surilish sabablari bo’yicha
klassifikatsiyalash muhim ahamiyatga ega.
Surilishlarni klassifikatsiyalarini uchta guruhga ajratish mumkin:
1. Alohida klassifikatsiyalar - bunda surilishning bir yoki ikkita belgisi
hisobga olingan bo’ladi;
2. Umumiy klassifikatsiya - bunda surilishning bir necha belgilari hisobga
olinadi va ko’pchilik surilish belgilari uchun umumiy xarakterga ega bo’ladi;
3. Regional klassifikatsiyalar ma’lum rayonlarda tarqalgan surilishlar
uchun ishlab chiqiladi, bunda tog’ jinsi surilishining o’sha joyda paydo bo’lish
sharoiti va tarqalishi hisobga olinadi. Surilishning sabablari va turlari xilma-xil
bo’lganligi uchun, ularga qarshi kurash choralari ham turlichadir. Surilishga qarshi
ko’riladigan chora-tadbirlar passiv va aktiv xillarga bo’linadi.
Passiv chora - tadbirlarga quyidagilar kiradi:
1.Qiyaliklarda suv to’planuvchi chuqurliklar hosil qilmaslik, suvlarni har
tomonga betartib oqib ketishini to’xtatish;
2.Qiyaliklarni ustiga chiqindi, tosh va tuproqlarni tashlamaslik;
3.Qiyaliklar ustiga og’ir, bino va
inshootlarni qurmaslik;
4.Surilish xavfi bor joylarda, portlatish ishlarini bajarmaslik;
5.Surilish zonalari atrofida poezdlarning harakat tezligi oshishiga yo’l
qo’ymaslik;
6.Qiyaliklarga ekin ekib, ularni sug’ormaslik kerak;
94
7.Qiyaliklarni tekislab, nishabliklarni kamaytirish choralarini ko’rish kerak;
8.Surilish xavfi bor joylarda chiqindi suvlarni va atmosfera suvlarini oqib
o’tishiga yo’l qo’ymaslik;
Binolar va inshootlarni asosini tanlashda poydevor chuqurligi, nurashga
uchramagan jinsgacha qadar kovlanishi lozim. Bu maqsadda esa, elyuviy
yotqiziqlarni maxsus
choralar bilan zichlansa, asos sifatida ishlatsa ham
bo’laveradi. Nurashni oldini olish yoki nurashga uchragan jinslarni xossalarini
yaxshilash uchun turli tadbirlar qo’llaniladi:
1.Tog’ jinslarini nuratuvchi ta’sirdan saqlovchi maxsus qoplamalar bilan
qoplash;
2.Jinslarni tarkibiga turli moddalarni shimdirish yo’li bilan;
3.Nurash agentlari (suv, havo, gaz va boshqa.) ta’sirini yo’qotish;
4.Yer hududlarini tekislash va oqava suvlarni tartibga solish;
5.Tog’ jinslarini yuzalarini turli materiallar; gudron, bitum, beton,
asfal’tobeton, sement qorishmasi,
gillar bilan qoplanib, ularning turi, nurashning
xiliga, chuqurligiga qarab aniqlanadi. Masalan; gudron, bitum, sement va boshqa
sun’iy qoplamalar suvni yo’lini to’sish uchun ishlatiladi, lekin ular ham
haroratning issiq - sovuq o’zgarishlaridan saqlay olmaydi. Jinslarni zichligini
oshirish uchun
ularni suyultirilgan shisha, bitum, gudron, sement qorishmasi,
giltuproq bilan shimdirish mumkin.
Aktiv tadbirlarga esa surilishni oldini olish, uni kuchini kamaytirish,
to’xtatish uchun ko’riladigan inshootlar kiradi. Bular o’z vazifasiga ko’ra quyidagi
guruhlarga bo’linadi:
1.Dengiz, ko’l, daryo qirg’oklaridagi sodir bo’ladigan, yuvilish va uyilish
jarayonida sodir bo’ladigan yemirilish – abraziya jarayoni sodir bo’ladi.
Qirg’oqlarni abraziyadan saqlash uchun, qirg’oqlarga betondan,
temirbetondan
ishlangan – qaytargichlar, to’lqin so’ndirgichlar, deb ataladigan bloklar quriladi.
Bular qirg’oklarni yuvilishdan saqlaydi va suriladigan massaga tayanch bo’ladi;
2.Bu guruhga surilish massasini kuch bilan ushlab turuvchi inshootlar
kiradi. Suriladigan massani siljitmaslik uchun asosan tayanch devorlari, yer osti
95
ustun qoziqlari, va kontrbanketlardan foydalaniladi. (14.3, 14.4, 14.5, 14,6 -
rasmlar);
Dostları ilə paylaş: