86
14. SURILISHLAR. NURASH JARAYONI. SHAMOLNING
GEOLOGIK ISHI. EOL YOTQIZIQLAR. KARSTLANISH HODISASI.
14.1. Surilishlar
Tog’ jinslari massalarining suv o’tkazmaydigan qatlamining o’z og’irligi
kuchi ta’sirida surilishlari ro’y beradi. Surilishlar uchun ko’chayotgan tog’
massasini aylanmasligi va ag’darilmasligi xarakterlidir. Ko’chayotgan tog’
massasining ko’pchilik nuqtalari traektoriyalari, surilish yuzalari yo’liga mos
keladi.
Surilish hodisasi geologik jarayon bo’lib, tog’ jinslarining mustahkamligi
buzilishi va tabiiy omillar oqibatida o’z muvozanat turg’unligini yo’qotishi
oqibatida ro’y beradi. Surilish hodisalari yer sharining hamma joyida tarqalgan
bo’lib, xalq xo’jaligiga
katta zarar yetkazadi, unga qarshi kurash tadbirlari ko’p
mablag’ talab etadi.
Surilish natijasida tog’ yon bag’irliklari, dengiz va dar’yo qirg’oqlari, soy
bo’ylari hamda ochiq usul bilan kavlanayotgan konlarning chetlari buziladi, yer
rel’efi o’zgaradi, tekis qiyaliklar o’rniga tik yonbag’irliklar vujudga keladi.
Surilishlar hajmi, hosil bo’lish sharoiti harakat tezligiga qarab turlicha
bo’ladi. Ba’zan surilayotgan ko’chki shunday tezlikda harakat qiladiki,
undan
odamlar saqlanib kolaolmaydilar. Masalan; Ohangaron vodiysidagi 1991 yili sodir
bo’lgan surilish natijasida ko’plab odamlar tuproq ostida qolib ketdilar.
O’zbekistonning kon sanoati rivojlangan Ohangaron, Olmaliq, Oltintopkan
tumanlarida, Yuqori Chirchiq tumanidagi Xumson, Bog’iston, Xo’jakent,
Chibortog’a va boshqa qishloqlarda, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining
tog’li tumanlarida ham kuchli surilishlar ruy berib kelmoqda.
Surilish har - xil
morfologik tuzilishga va dinamik harakatga ega. Surilish morfologiyasi deganda
ularning ichki va tashqi tuzilishini tushunamiz. Surilishga uchragan yon
bag’irliklar tashqi va ichki qiyofasining tuzilishi turlicha bo’lib, u yon
bag’irliklarning geologik va geomorfologik tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Surilib,
ko’chib tushayotgan jinsning hajmi har - xil bo’lib,
bir necha kub metrdan, bir
necha million kubmetrgacha yetadi.
87
Surilishning yuzasi, surilish uyimi, surilish bazisi, surilish terrassasi,
(supachasi),
uzilish devori, surilish tanasi, surilish tili deb ataluvchi elementlari
bo’ladi.
• Surilish yuzasi yoki surilish chizigi deb, surilayotgan massaning ma’lum
bir yuza buyicha harakat traektoriyasiga aytiladi (14.1- rasm).
14.1 – rasm
. Surilish bazisining yotish sxemasi: a – surilish bazisining qiyalik
chizig’iga mos kelgan holat, b – surilish bazisining qiyalik chizig’iga mos
kelmagan holat ( B.O.Mavlonov va boshqalar rasmi).
Surilish yuzasining shakli turlicha, tulqinsimon,
yoysimon, tekis to’g’ri
chiziq shaklida bo’ladi.
Surilish yuzasining shakli, tog’ jinsi tarkibiga, joyning geomorfologik
tuzilishiga va surilishning turiga bog’liq.
Surilish yuzasining yonbag’irlikning
pastki qismidan, yer yuziga chiqqan
joyiga, surilishning -
Dostları ilə paylaş: