Muhofaza qilish



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

Chiqindilar muammosi
Atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol qilish chiqindilaridan 
muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanish 
hamda ekologik toza texnologiyalami amaliyotga tatbiq etish 
muammolari, ayni chog‘da dolzarb hisoblanadi. Energetika, rangli 
va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish industriyasi obektlari 
chiqindilami hosil qiluvchi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy 
manbalar hisoblanadi.
Shaharlarda qattiq maishiy chiqindilar va katta oicham li axlatlar 
yig‘ilmoqda-ki, ular o ‘z vaqtida va to‘g ‘ri olib chiqilmasa hamda 
zararsizlantirilmasa, atrof tabiiy muhitni jiddiy ifloslantirishi mumkin.
Qattiq maishiy chiqindilaming chiqindixonalarda to' plan ib 
qolishi, changlarning hosil bo‘lishiga va yoqimsiz hidlaming 
tarqalishiga olib keladi. Bir qator mamlakatlarda chiqindilami 
utilizatsiya qilish, ya’ni kuydirish, poligonlarga ko'misli yoki yig‘ish, 
shuningdek kompostlash texnologiyalari bilan amalga oshiriladi 
(1-jadval).


0 ‘zbekistonda har yili 100 million tonnadan ortiq sanoat 
chiqindilari hosil bo‘ladi, ulaming 14 % i toksik (zaharli) toifaga 
mansub hisoblanadi. Bundan tashqari, Respublikamiz hududida va 
unga yaqin hududlarda radioaktiv rudalami qazib olish o‘tgan asming 
40-yillarida kuchaygan. Shu davr mobaynida 150 ga yaqin radioaktiv 
ifloslanish maydonlari paydo bo‘ldi. 0 ‘zbekistonning Andijon 
viloyatidan 30 kilometr uzoq masofada joylashgan Qirg‘iziston 
Respublikasining Maylu-Su daryosi qirg‘oqlari bo‘ylab joylashgan 
umumiy hajmi 2,5 million m3 bo‘lgan radioaktiv chiqindilar ko‘milgan 
23 ta ombor va 13 ta balanslangan rudalar to‘plamlari mintaqaviy 
ekologik falokat yuzaga kelishida katta xavfdir. Sel kelishi va yer 
ko‘chishi hollari yuz berganda radioaktiv chiqindilar Maylu-Su, 
Qoradaryo va Sirdaryo suvlariga tushishi mumkin, bu esa 1,5 million 
kishi yashaydigan 300 km2maydondagi 0 ‘zbekiston hududini 
radioaktiv chiqindilar bilan ifloslanishiga olib keladi. Radioaktiv 
chiqindilar tarkibini radionuklidlar va sinov maydonlaridagi yadro 
portlashlar tashkil etadi. Radionuklidlar o‘zidan radioaktiv nur 
chiqaradigan elementlaming izotoplari hisoblanadi. Hozirgi paytda 
Maylu-Su daryosi vodiysida reabilitatsiya ishlari davom etmoqda.
Chiqindilar hosil bo‘ladigan korxonalar ustidan davlat nazoratini 
“Chiqindilar to‘g‘risida” gi (2002-yil) qonunga muvofiq, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amalga 
oshiradi.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin