Muhofaza qilish



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

Quyosh energiyasi. 
Quyoshdan quvvat oladigan suv isitgich 
moslamalari quyosh kollektorlari orqali suv haroratini oshirish uchun 
quyosh nurlari energiyasidan foydalanadi. Shaffof qoplamali, havo 
o ‘tkazmaydigan korpusli, qora rangga bo‘yalgan, suv o‘tkazgich 
naychalarga ega singdiruvchaft metall plastina va korpusning 
orqa hamda yonbosh devorlarida issiqlikni yo‘qotmaslik uchun 
izolyatsiyalangan yassi quyosh kollektorlari keng tarqalgan (1-rasm).
Shamol energiyasi. 
Shamol generatorlari. Shamol energiyasidan 
mexanik yoki elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun foydalanish
92


mumkin. Bu energiya esa, bevosita shamol tezligiga bog‘liq. 
Shamol generatorining standart turbinasi quvursimon po‘lat tirgakda 
joylashgan uch parrakli rotordan iboratdir. Burilish mexanizmi 
rotomi shamol esayotgan tomonga yo‘naltirib turadi. Rotor reduktor 
va asinxron generatomi ishga tushiradi. Shamol generatori sekundiga 
3-4 metrdan yuqori tezlikda ishlaydi. Uning maksimal ishlash tezligi 
sekundiga 25-30 metmi tashkil etadi. Shamol generatorlaridan 
foydalanishning afzalliklari:
1. Ishlab chiqarilgan elektr energiyasining narxi yoqilg‘i 
narxlarining o‘zgarishiga bog‘liq emas;
2. Foydalanish xarajatlari past;
3. Zararli chiqindilar chiqarmaydi.
Shamol generatorlaridan foydalanishning kamchiliklari:
1. Mustaqil ishlashi uchun zahira ta’minot manbai kerak bo‘ladi, 
ya’ni energiya ishlab chiqarish shamolning kuchi ga bogliq;
2. Boshlang‘ich kapital sarflanishi darajasi yuqori;
3. Shovqin chiqarishi va vizual ta’siri katta.
Biomassadan 
foydalanish. 
Chorvachllik 
va 
oziq-ovqat 
sanoatining organik chiqindilari biogaz ishlab chiqarish xomashyosi 
hisoblanadi. Biomassani anaerob qayta ishlash paytida biogaz 
qurilmasida 
maishiy 
iste’molchilar 
tomonidan 
tabiiy 
yoki 
suyultirilgan neft gazi (LPG) o ‘rniga foydalaniladi yoxud uni issiqlik 
yoki elektr energiyasiga aylantirish mumkin. Ishlab chiqarilgan 
biogaz tarkibida 60-70 foiz metan (CH4), 30-40 foiz uglerod oksidi 
(C 0 2) va 500 ppm (promill) vodorod sulfid (H,S) bor. Biogaz 
moslamalarida foydalaniladigan biomassaning 80-90 foizi go‘ngdan
- sutchilik fermasi va qushxonlarning organik chiqindilari qo‘shilgan 
holda tayyorlanadi. Qoramollaming bir tonna go'ngidan 25 m3, 
parrandachilik go‘ngidan 190 m3, sanoat chiqindilaridan 130 m3 
biogaz ishlab chiqarilishi mumkin. Biogaz ishlab chiqarish da go‘ng 
yig‘ish uchun, odatda, qoramollami fermalarda boqish talab etiladi. 
Biogaz moslamalaridan foydalanish quyidagi afealliklarga ega:
1. Biogaz C 0 2 ga qaraganda neytral yoqilg'i hisoblanadi, undan 
foydalanish esa, atmosferada organik chiqindilami achitishda yuzaga 
keladigan metan gazi miqdorining ko‘payishini oldini oladi;


2. Achitilgan biomassadan olinadigan o‘g‘itlaming qiymati 
miqdori boshlang‘ich xomashyonikidan ancha yuqori;
3. Fermerlarga qarashli yerlarda ozuqa moddalarini ekologik 
xavfsiz va iqtisodiy foydali uslubda, ikkilamchi qayta ishlash - qattiq 
biomassani biogaz olish uchun achitishning afzalligi hisoblanadi.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin