atmosferani dimiqishini keltirib chiqaruvchi karbonat angidrid gazi
atmosferaga chiqadi. Atmosfera dimiqishi hisobiga Yeming o ‘rtacha
harorati XXI asr boshlarida 1-1,5°C ortadi. Atmosferaning quyi
qatlamlari ortiqcha isishi yirik shaharlarda yaxshi seziladi. Yillik
o‘rtacha haroratning qutb muzliklarini erishi, dunyo okeanlarining
satxini ko‘tarilishi, ba’zi qit’alarda ayrim joylaming suv bosishi,
tektonik jarayonlaming kuchayishi va iqlimning o‘zgarishi kabi
oqibatlar kelib chiqadi. 1 kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarishda
havoga 6, 0 tonna chiqindi chiqadi.
Qora va rangli metallurgiya sohasida atmosferaga 123, 6 ming
tonna chiqindi chiqarilib uning 95 ming tonnasi sulfid angidrid gaziga
to‘g‘ri keladi. Rangli metallurgiya korxonalari og‘ir metallaming
aerozollari, sulfat kislota, tsianidlar va ftoridlar kabi maxsus
ifloslantiruvchi moddalar chiqaradi.
Qurilish sohasidagi korxonalar tomonidan 27,6 t chiqindi
chiqarilib uning m a’lum miqdori chang va is gazidan iborat.
Ohangaron, Bekobod, Qarshi, Navoiy, Nukus kabi shaharlarda
atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy manba qurilish sanoati va
tsement ishlab chiqarish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: