Muhofaza qilish



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

Ko‘l ekotizimi. 15-rasm
Suv resurslarini ifloslantirishda temir yo‘l, aviatsiya transport 
vositalari, shuningdek avtokorxonalarning ham hissalari bor. Maishiy 
chiqindilar aholining o‘sishi, yangi shaharlaming barpo qilinishi tu- 
fayli oqova suvlarni ko‘payishiga olib keladi. Maishiy turmushdagi 
oqova suvlar daryo va ko‘l suvlarini kasallik tug‘diruvchi bakteri- 
yalar va gelmintlar bilan ifloslanish manbai bo‘lib qolgan, shu bilan 
birga suv havzalarini maishiy turmushda keng foydalanayotgan sinte- 
tik yuvuvchi vositalar ifloslantirmoqda.
65


JAMOA, BIOTSENOZ VA BIOGEOTSENOZ HAQIDA
TUSHUNCHALAR
Jamoa deyilganda rivojlanishning turli pog‘onasida bo‘lgan bir 
guruh tirik organizmlaming muayyan sharoitda birgalikda yashashi 
tushuniladi.
Biotsenoz yoki hamjamoa deyilganda bir xil muhitga moslashib 
olgan bir joyda yashaydigan organizmlar yig‘indisi tushuniladi. 
Biotsenoz ham populyatsiya kabi o ‘ziga xos xususiyatlarga ega 
bo‘lib, bularga turlar tarkibi, ozuqa to‘rining tuzilmasi, biomassa va 
uning mahsuldorligi kabilami ko‘rsatish mumkin.
Biotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri uning turlar 
tarkibidir. U ayrim turlar populyatsiyalarining miqdori nisbatini 
ifodalaydi.
Muayyan tashqi muhit sharoitida o‘simliklar, hayvonlar, ayrim 
zamburug‘lar va mikroorganizmlaming birgalikda yashashiga 
biogeotsenoz deyiladi.
BIOTSENOZNING TUZILMASI
Biotsenoz ham xilma-xil tuzilmaga ega. Odatda u tur, fazo va 
ekologik tuzilmalarga bo‘lib o‘rganiladi. Biotsenozning tur tuzilmasi 
deyilganda biotsenozdagi turlaming xilma-xilligi, miqdori, ulaming 
fenologik holati va hokazolar e’tiborga olinadi.
Biotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri uning turlar 
tarkibidir. Ayni bir biotsenoz uchun xos boigan o ‘simlik va hayvon 
turlarining umumiy soni deyarli doimiy bo‘lib, har xil turdagi 
biotsenozlarda u keskin o‘zgarib turadi.
Biotsenozning fazoviy tuzilmasi. Har qanday jamoa uning tarkibiy 
qismi hisoblangan o‘simlik bilan bog‘langan. Jamoaning shakllanish 
davrida turlar har xil holatlargla joy oladi. Ba’zi bir turlar tuproqda, 
ikkinchilari uning yuzasida, suvli joyda va hatto troposferaning 
ancha yuqori qismlarida tarqalishi mumkin. Ba’zi bir turlar daraxt 
tanalarida (epifit) va barglarida (epifil) yopishgan holda yashaydi. 
Natijada fitotsenozning tuzilishida qavatlilik kelib chiqadi. Qavatlilik 
deyilganda jamoadagi turlaming tuproq yuzasiga nisbatan har xil



Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin