Muhofaza qilish


NOOSFERA BOSQICHI TUSHUNCHASI



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

82


NOOSFERA BOSQICHI TUSHUNCHASI
Insoniyat jamiyati o ‘zining barcha xususiyatlari bilan birga Yer 
yuzidagi hayot rivojlanishi (biogenez)ning navbatdagi bosqichidir. 
U eng kuchli tabiiy omil sifatida nafaqat sayyoramiz, balki kosmik 
fazoni ham o‘zgartirib yubormoqda. Kelajakda inson va biosferaning 
rivojlanishi qanday ketadi, degan savol tug‘iladi. Qanday qilib 
biosferani parchalanib ketishining oldini olish mumkin?
Shuni ta’kidlash lozimki, jamiyatning rivojlanish jarayonini 
to‘xtatib bo‘lmaydi. Ammo insonning biosferaga ta’sirini boshqarish 
orqali ulaming har ikkisini ham rivojlanishiga ziyon yetkazmaslik 
mumkin. Biogenez bosqichidan boshlab hozirgi davrdagi hayot 
evolyutsiyasi aql yoki tafakkuming rivojlanish bosqichi, ya’ni 
neogenez deb qaraladi. Keyingi yillarda biosferaning asta-sekin 
noosferaga aylanishi kuzatilmoqda. Noosferaning lug‘aviy ma’nosi 
“fikrlovchi qobiq” demakdir. V. I. Vemadskiy fikricha noosfera 
biosferaning qonuniy rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan bosqich 
bo‘lib, inson bilan tabiat o‘rtasidagio‘zaro onglialoqamunosabatlarini 
o‘z ichiga oladi.
Nazorat savollari:
1.
Biosfera deganda nimani tushunasiz?
2. Biosferaning tarkibiy qismlarini sanang.
3.
Noosfera tushunchasini izohlab bering.
4.
Bugungi kundagi hayot qobig‘ini siz qanday ifodalagan bo‘lar 
edingiz?
83


7-MAVZU: TABIIY RESURSLAR VA ULARDAN OQILONA
FOYDALANISH
Reja:
1. 0 ‘zbekiston tabiiy resusrslaming holati.
2. Tabiiy resurslar klassifikatsiyasi.
3. Tabiatni muhofaza qilish aspektlari.
Tayanch so‘zlar: 
Foydali qazilmalar, rudali metallar, rudasiz 
metallar, neft, gaz, ko‘mir, torf, yerosti suvlari
Foydali qazilmalarga rudali va rudasiz metallar, nefit, gaz, ko‘mir, 
torf, yer osti suvlari kiradi. Foydali qazilmalar insoniyat va uning 
xo‘jaligi taraqiyoti uchun energiya va yoqilg‘i manbai bo‘lib, yildan- 
yilga ulardan foydalanish ortib bormoqda. So‘nggi 25 yil ichida dun- 
yoda ko‘mirga boTgan talab 2 marta, temir rudasiga 3 marotaba, neft 
va gazga bo‘lgan talab 6 marotaba, marganes, kaliy, fosfor tuzlariga 
talab 2-3 marotaba oshgan. Har yili 150 mlrd. tonna mineral xom- 
ashyo qazib olinmoqda. Tabiiy jarayon oqibatida daryolar dengiz, 
okeanlarga har yili 15 mlrd. tonna tog‘ jinslarini oqizib ketmoqda, 
3 -4
mlrd. tonna chiqindi gazlar atmosfera havosiga ko‘tarilmoqda. 
Inson foydali qazilmalami o ‘zlashtirishi oqibatida 1500-2000 mlrd. 
tonna tog‘ jinslari bir joydan ikkinchi joyga joylashtiriladi. BMT 
ning m a’lumotiga qaraganda, dunyoda yiliga 32 mlrd. tonna ko‘mir, 
2.6 mlrd. tonna neft, 6 mlrd. tonna temir rudasi, 3.6 mln. tonna 
xrom rudasi, 7.3 mln. tonna mis rudasi, 3-4 mln. tonna qo‘rg‘oshin 
rudasi, 159 mln. tonna tuz, 120 mln. tonna fosfotlar, 1.2 mln. tonna 
uran, simob, molebdin, nikel, kumush, oltin, platina rudalari qazib 
olinmoqda.
Mutaxassislaming bergan m a’lumotlariga ko‘ra, agar qazilma 
boyliklaridan hozirgi sur’atda foydalanilsa, oltin 30-35, rux 36, 
surma 70, kaliy 40, uran 47, mis 66, simob 70, ko‘mir, neft, gaz 150 
yilda tugashi mumkin. Shu sababli ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar
- Yaponiya, Angliya, Germaniya, Italiya, Gollandiya, Belgiya kabi 
mamlakatlarda xomashyo, yerosti boyliklarining yetishmasligi
84


oqibatida ikkilamchi chiqindilami qayta ishlash va boshqa 
mamlakatlaming boyliklaridan foydalanishlariga to‘g ‘ri kelmoqda. 
Fan-texnika rivojlanishi olimlami yana-da yangi mineral konlami 
kashf qilishga majbur qilmoqda. Masalan, Yaponiya olimlarining 
ma’lumotlariga ko‘ra, okean tagidagi metall konsentrasiyalari 
hisobiga dunyo sanoatini hozirgi iste’mol darajasi mis bilan 2000- 
yil, nikel bilan 70 000 yil, marganes bilan 14 000 yil ta’minlash 
mumkin. Bu boyliklardan dunyo sanoati ehtiyoji uchun 1% dan 20 
% gacha foydalanilmoqda. Bundan tashqari yer osti mmerallari ko‘p 
hollarda bir yoki ikki metall hisobiga qazib olinib qolgan qismi atrof- 
muhitga tashlab yuboriladi. Masalan, 100 tonna granitdan 8 tonna 
alyuminiy, 5 tonna rux, 0,5 tonna titan, 80 kg. marganes, 30 kg. xrom, 
17 kg, nikel, 14 kg. vanadiy ajratib olish mumkin. Ayniqsa, neft, 
ko‘mir, kaliy tuzi, qurilish materiallari, qora va rangli metallar, tog‘ 
kimiyoviy xomashyolarini qazib olishda ko‘plab isrofgarchilikka yo‘l 
qo‘yilmoqda. Dunyoda juda ko‘p neft konlaridan neftning 50-60%i 
qazib olinib, qolgan qismi qolib ketmoqda.
Shunday qilib, hozirgi kunda Yer sharining litosferasidan har yili 
150 mlrd. tonna ruda qazib olinadi va undan kerakli elementlar ajratib 
olinib qolgan 95—98%i atrof-muhitga tashlanadi.
Qazilma boyliklami qidirib topish, qayta ishlash va tashish 
jarayonida yer yuzasi strukturasi buziladi, hosildor maydonlar 
qisqaradi, o ‘simliklar nobud bo‘ladi, tuproq eroziyasi tezlashadi, 
oqibatda yaroqsiz yerlar maydoni oshadi. Hozirgi kunda dunyoda 
yaroqsiz yerlar 10 mln. gektami tashkil qilsa, 2 050 yilga borib 5-6 
barobar oshadi. Masalan, 1 tonna temir olish uchun 5-6 tonna ruda,
1 tonna qo‘rgoshin olish uchun 60-90 t, 1 tonna rux olish uchun 80- 
100 tonna, 1 t mis olish uchun 100-140 t, 1 tonna mis olish uchun 
esa 60 000-80000 tonna ruda ishlatiladi. Natijada yer yuzasida mil- 
lionlab tonna metallurgiya chiqindilari, issiqlik elektr stansiyalaridan 
chiqqan ko‘plab tog‘ jinslari uyumlari to'plangan. Hisoblarga ko‘ra, 
so‘nggi 100 yil ichida dunyoda 20 mlrd. tonna dan ortiq shpak, 3mlrd. 
tonna kul, 17 mln. tonna mishyak, 1 mln. tonna nikel, 1 mln. tonna 
kobalt va boshqa foydali elementlar chiqarib tashlangan. Zarafshon 
shahridagi Muruntov oltin konidan qazib olinayotgan chiqitlar tash-
85


lanadigan maydon 5 200 ga maydonni tashkil qilib, hozirgi kunda 
bu maydon to‘lgan. Ikkinchisini maydoni 6 200 ga ni tashkil qila­
di. Chiqindining tarkibida natriy seonid 150 mg/1, temir birikmasi 9 
mg/1, mis 5, 5 mg/1, nikel 17 mg/1, kobalt 0, 25,rux 0. 5 mg/1, moleb- 
dan 17 mg/1, mishyak 2.5 mg/1, alyuminiy 25 mg/1, qo‘rgoshin 3mg/l 
ni tashkil qiladi.
0 ‘zbekiston zaminida mavjud boyliklarga ega davlatlar jahon 
haritasida ko‘p emas. Mavjud boyliklaming ko‘pchiligi hali ishga 
solinmagan. Bu esa butun dunyoga mashhur chet el komponiyalari 
va banklarining e’tiborini jalb etishi aniq. 0 ‘zbekiston o ‘z yer osti 
boyliklari bilan faxrlanadi. Mamlakatimizda mashhur Mendeleyev 
davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga 
qadar 2, 7 mingdan ziyod turli foydali qazilma zahiralari va madanlar 
mavjud bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 gayaqin mineral 
xomashyo turlarini o ‘z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig‘i ishlab 
chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo‘lib, 
ulaming tasdiqlangan zahiralari 970 mln. AQSH dollarini tashkil 
etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral xomashyo potensial 3,3 trilion 
AQSH dollaridan ortiqroq baholanayotganini ham aytib o‘tish kerak. 
G‘oyat muhim strategik manbalar neft va gaz kondensati, tabiiy gaz 
bo‘yicha 155 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo‘yicha 40 dan 
ortiq, rangli, nodir va radioaktiv metallar bo‘yicha 40 ta, konchilik 
kimyo xomashyosi bo‘yicha 15 ta kon qidirib topilgan. Qidirib 
topilgan foydali qazilmalaming hozirgi darajasi va u bilan bog‘liq 
holda qimmatbaho, rangli va nodir metallar, barcha turdagi yonilg i 
zahiralari - neft va gaz kondensati, tabiiy gaz, ko‘pgina mineral- 
xomashyo va qurilish materiallari turlarining g‘oyat boy konlarini 
o‘zlashtirish respublikaning kelajagiga ishonch bilan qarash imkonini 
beradi.
Har yili respublika konlaridan tahminan 5,5 mlr. dollar miqdorida 
foydali qazilmalar olinmoqda Va ular yoniga 6, 0-7, 0 mlr. dollarlik 
yangi zahiralar qo‘shilmoqda. Bir qator foydali qazilmalar, chunonchi, 
oltin, kumush, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kalsiy tuzlari, 
fosforitlar, kaolitlar bo‘yicha 0 ‘zbekiston tasdiqlangan zahiralar va 
istiqbolli mdalar jihatidan MDH dagina emas, balki butun dunyoda
86


ham yetakchi o‘rinni egallaydi. Masalan, oltin zahiralari bo‘yicha 
respublika dunyoda 4-o‘rin, uni qazib olish bo‘yicha 4-o‘rin, mis 
zahiralari bo‘yicha 10-11-o‘rin, uran zahirasi bo‘yicha 7-8-o‘rinda 
turadi.
0 ‘zbekiston noyob yonilg‘i - energetika resurslariga ega. 
Mamlakatimizda topilgan gaz zahiralari 2 tin. m3 ga yaqin, ko‘mir
2 mlr. tonnadan ortiq. 160 dan ortiq neft koni mavjud. Neft, gaz va 
kondensat zahiralari o‘z ehtiyojlarimizni to‘la ta’mmlabgina qolmay, 
shu bilan birga energiya manbalarini eksport qilish imkonini ham 
beradi. Mutaxasislaming baholashiga ko‘ra, 0 ‘zbekistonning Ustyurt, 
Buxoro, Xiva, Surxondaryo, Fargona mintaqalarida juda katta neft va 
gaz qatlamlari mavjud. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trilion 
AQSH dollaridan ziyod baholanmoqda.
0 ‘zbekistonda ko‘mir Angren, Sharg‘un va Boysun konlarida 
qazib chiqariladi. Ulaming umumiy zahirasi 2 mlrd. tonna. Ko‘mir 
bilan birga juda qimmatbaho mineral xomashyo zahiralari: kaolinlar, 
ohaktoshlar, kvars quzimlar, tosh qotishmalar va kam uchraydigan 
boshqa elementlar ham qazib olinmoqda. Ular hozirgi ko‘pgina 
ishlab chiqarish turlarini rivojlantirish uchun kuchli xomashyo 
bazasi bo‘lib hizmat qiladi. Navoiy azot kombinati o ‘zining zaharli 
chiqindilarini (570000 m3) 50 ga maydonga ega b o ig an havzalarga 
tashlamoqda. Uning asosini polimerlar 25%, rodonitlar 10% hamda 
qattiq aralashmalar tashkil qiladi. Tarkibida sianit 50 mg/1, ammiak 
150 mg/1, sul’fat tuzlari 15000 mg/1, mis 2500mg/l ni tashkil qiladi.
Navoiy elektrokimyo zavodining chiqindisi 7,8 mln. m3. ni tashkil 
qilib 125 ga maydonni egallab turibdi. Uning tarkibi o‘ta murakkab 
organik birikmalardan iborat. Atrof-muhitni toza saqlash maqsadida 
va tabiiy yoqilg‘i resurslarini tejash borasida so'nggi yillarda 
vodoroddan foydalanish masalasi yuzaga keldi. Uning afzalligi 
shundaki, birinchidan zahirasi cheklanmagan, uni ishlab chiqarish 
tobora oshib bormoqda. Ikkinchidan vodorod universal yoqilg‘i 
hisoblanib elektr ishlab chiqarishda, avtotranstport, aviatsiya, dengiz 
transportida uni suyuq, gaz holida ishlatish mumkin.
Keyingi paytlarda bioenergetikaga ham katta e’tibor berilmoqda. 
Bioenergetikada 
chorvachilik, 
parrandachilik, 
cho‘chqachilik ^
87


korxonalaridan chiqayotgan go‘ng, ahlatxonalar mikroorganizmlar, 
bakteriyalar, chuvalchanglar yordamida chiritilib tabiiy gaz va 
biogumus olinadi. 1 tonna quruq go‘ngdan 400-600 m3 biogaz ajratib 
olish mumkin. 0 ‘zbekistonda har yili 19 mln. tonna go‘ng hosil 
bo‘ladi. 1 tonna quruq barg, o‘simlik qoldiqlari 300-500 m3 biogaz 
beradi.
0 ‘zbekiston zaminida 94 turdan ortiq mineral xomashyolaming 
850 konlari qidirib topilib, ishga tushirilgan. Aniqlangan yoqilgi 
energetikasi, tog‘ rudalari va kimyo xomashyolari, qurilish ashyolari, 
yerosti ichimlik suv konlarida 370 ta neft-gaz va 290 ta yer osti suv 
konlaridan foydalanilmoqda. Birgina Ko‘kdumaloq gaz konlarining 
sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan zahirasi 143. 7 mlrd/m3. Neft 54. 2 
mln. t, kondenit-67. 4 mln. tonna.
Respublikaning 
umumiy uglevodorod xomashyo 
zahirasi 
quyidagicha: gaz - 1828 mlrd/m3. (tahminiy hisoblar - 2970 mlrd/m3), 
kondensat -1 3 6 mln/tonna (tahminiy hisob -1 7 5 mln. t) - neft 103 mln. 
tonna (tahminiy hisob - 435 mln. t). Respublik^mizning 20 dan ortiq 
maskanlarida toshko‘mir zahiralari yuzasidan geologik qidiruv ishlari 
o‘tqazilgan va uning zahirasi 3500 mln. t deb tahmin qilinmoqda. Bu 
konlaming katta zahirasi Angren, Sharg‘un, Boysunda joylashgan.
Angren toshko‘mir konining zahirasi 1885 mln. tonna bo‘lib, 
har yili 5 mln. tonna qazib olinmoqda. Ochiq holda qazib olish 10 
mln. tonna ga teng yetkazish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Sharg‘un, 
Boysun konlarining zahirasi 60 mln. tonna deb baholanadi. Farg‘ona 
vodiysida topilgan qora ko‘mir zahirasi esa 30-35 mln. tonna deb 
tahmin qilinmoqda. Mamlakatimizda 32 tur rangli metallaming 33 
ta koni ishga tushirilib, 16 ta tog‘ metallurgiya korxonalari faoliyat 
ko‘rsatmoqda. 27 ta oltin zahiralari konlaridan 16 tasida qidiruv ish­
lari olib borilib, 7 tasi ishlatilmoqda. Respublikamizda fosforidlar- 
ning zahirasi 100 mln. tonna deb baholanmoqda. Fosforli o‘g‘itlar 
ishlab chiqaruvchi zavodlar Qozog‘istondan keltirilayotgan xo­
mashyo hisobiga ishlamoqda. ^ dan ortiq volfram konlarida qidiruv 
ishlari o‘tqazilib, shundan 2 tasidan foydalanilmoqda.
Respublika hududida 32 ta mineral shifobaxsh suv konlari aniq­
langan bo‘lib, shundan 12 tasida shifoxona, sanatoriyalar tashkil qi­
lingan va 9 ta zavodda qadoqlanmoqda.


Yer osti boyliklarini qazib olishda juda katta isrofgarchilikka yo‘l 
qo‘yilmoqda. Sharg‘un ko‘mir konidan olinayotgan xomashyoning 
25% i atrof-muhitga tog‘ jinslari bilan chiqib ketadi. Qattiq chiqitlar 
100 mln. tonna bo‘lib, shundan 60 mln. tonna si fosforgips, suyuq chi- 
qindilar 10 mln. m3. Bu chiqindilar bir necha o ‘n ming ga maydonni 
tashkil qiladi. Har yili birgina Angren ko‘mir konidan 6 mln. tonna 
kaolin qazib olinadi, shuning 10—15%i ishlab chiqarishga yuborilib, 
qolgan qismi tog‘ jinslari bilan qo‘shilib chiqarib tashlanmoqda.
Shifobaxsh yer osti mineral suvlarining isrofgarchiligi xanuzgacha 
yuqoriligicha qolmoqda. 27 ta shifo maskanlarida shifobaxsh 
mineral suvlaridan foydalaniladi. Shifobaxsh suvlarni isrofgarchiligi 
(shifoxonalarda) 50% ni tashkil qiladi, o‘zi oqar quduqlarda esa 30% 
dan yuqoridir.
Shunday qilib, Respublikamizda tabiiy boyliklami qo‘riqlash, 
tejab-tergash, unumli foydalanish, isrofgarchilikka chek qoyish 
hamda chiqindisiz texnologiyaga o‘tish konsepsiyasi toiiqligicha 
ishlab chiqilganicha yo‘q.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin