Muhofaza qilish



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

Qattiq yoqilg‘ilar. 
Ko‘mir, neft, tabiiy gaz energiya manbai 
bo‘lib, tiklanmaydigan resurslardir. Qattiq yoqilg'ilar yuz millionlab 
yillar davomida paydo bo‘lgan. Mashinalar, avtobuslar, poyezdlar va 
samolyotlar uchun ishlatiladigan benzin, dizel yoqilg'isi va raketa 
yoqilg‘isi neftdan olinadi. Ko‘mir ko‘pgina qudratli zavodlarda elektr 
ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Tabiiy gaz isitish va dvigatelni 
harakatga keltirish uchun va ba’zan transport yoqilg'isi sifatida 
ishlatiladi.
91


Qattiq yoqilg‘ilami hozirgi kunda tejash kelajak avlod uchun 
zahira sifatida qoldirishimiz uchun muhim hisoblanadi. Qayta 
tiklanmaydigan resurslar chegaralangan. Qattiq yoqilg‘ilaming 
meyordan ortiq yoqilishi natijasida chiqindi gazlar atmosferaga 
ko‘tarilib, uni ifloslanishiga olib kelmoqda. Bu esa ekotizimni 
buzilishiga olib keladi. Qattiq yoqilg‘ilami o‘miga boshqa energiya 
manbalarini ishlatish muhim ekanligi ko‘pchilik tomonidan 
m a’qullanmoqda.
Qazilma yoqiIg‘ilari aloqalari. 
Deyarli har kuni dunyodagi 
barcha odamlar qazilma boyliklaridan bevosita foydalanib kelishadi. 
Chunki, qazilma boyliklar qayta tiklanmaydi va yerda uning ta’minoti 
cheklangan. Kelajakda uning narxi qimmat bo‘lib ketishi va topilishi 
ham qiyinlashib ketishi mumkin. Yoqilg‘idan foydalanish atrof- 
muhitning eng dolzarb muammosidan biridir. Masalan: tog‘-kon 
ko‘miri ekotizimni buzadigan yoqilg‘i bo‘lsada, biz uni qazib olishga 
ehtiyoj sezamiz. Qazilma yoqilgilarini yoqish havoni zararlaydi, 
tarkibida smog va kislota bo‘lgan zaharli gazlami keltirib chiqaradi. 
Shu sababdan ko‘pgina olimlar yoqilg‘i yoqishni kamaytirishni 
va energiyaning boshqa manbalarini topishni taklif qilishadi, biz 
yoqilg‘idan foydalanishni kamaytirishning boshqa oddiy choralarini 
ham ko‘rishimiz mumkin. Xonadan chiqayotganda chiroqlami 
o‘chirish, televizomi ko‘rmayotgan vaqtda o‘chirish kabilardir. Bu 
tadbirlar bilan siz yoqilg‘i yoqish orqali energiya ishlab chiqaradigan 
elektr stansiyalaridan foydalanishni kamaytirgan bo‘lasiz. AQShda 
millionlab mashinalar undan foydalanadilar. Yoqilgidan foydalanishni 
kamaytirishning qulay tomoni - velosipeddan foydalanishdir.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin