Muhofaza qilish



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

Tayanch so‘zlar: 
Ozon qatlami, freonlar, chiqindilar, energetik 
komplekslar, tabiiy ifioslanish, suniy ifloslanish
Atmosfera havosi ko‘rinmas va elementlarga to‘liq bo‘lib, 
atrof-muhitning abiotik omili sifatida ahamiyatga ega. Atmosfera 
sayyoramizning gazsimon qobig‘i hisoblanib, Yer yuzasi har hil 
gazlar aralashmasi va suv bug‘lari, changlardan tashkil topgan. 
Havo o‘z ichiga 78% azot, 21% kislorod, 0, 94% argon, 0, 03% 
karbonat angidrid va boshqa gazlami oladi. Karbonat angidrid gazi 
fotosintez jarayonini amalga oshirishda qatnashadi. Fotosintez 
karbonat angidrid, suv va quyosh nuri ta’sirida borib, uning mahsuloti 
glyukoza, kislorod va suv bug‘idan iborat. Inson faoliyati karbonat 
angidrid gazini atmosferaga tashlanishini orttirib yubormoqda.
Yeming atmosfera qobig‘i keyin paydo bo‘lgan. Atmosfera 
yerning geologik tarixida yer qobig‘ining tarkibiy qismlari bilan 
tirik organizmlar faoliyati o ‘rtasidagi geokimyoviy jarayonlar 
oqibatida litosferadan ajralib chiqqan gazsimon moddalardan 
tarkib topgan.
Tabiat uchun atmosfera havosining ahamiyati juda katta. 
Atmosfera havosi nafas olish uchun kislorod, fotosintez uchun 
karbonat angidrid manbaidir. ¥ sayyorada suv bug‘larini tashuvchi 
hisoblanib, tirik organizmlami kosmik nurlanishdan saqlab turadi. 
Havo iqlimni idora etadi, havo uchib yuruvchi organizmlar uchun 
muhit bo‘lib, tuproq unumdorligiga ta’sir yetadi, bir qancha kimyoviy 
jarayonlar ro‘y berishiga imkon beradi.
96


Havo kishilarga kimyoviy xomashyo beradi, Undan energiya 
manbai sifatida foydalaniladi. Havo kislorodi yonish jarayoniga 
sabab bo‘ladi.
Yer sharida kislorodsiz hayot bo‘lishi mumkin emas. Kislorod 
quruqlikdagi o ‘simliklaming hayot faoliyati mahsulidir, o ‘simliklar 
fotosintez paytida suvni va karbonat angidridni yutib parchalab, 
atmosferaga erkin kislorod ajratib chiqaradi. Boshqa barcha tirik 
mavjudotlar kislorodni o‘zlashtiradi xolos.
Karbonat angidrid tirik organizmlaming naf'as olishi, yoqilg‘i 
yoqilishi, organik moddalaming chirishi va parchalanishi oqibatida 
atmosferaga tarqaladi.
Atmosferadagi azot muhim biologik ahamiyatga ega. U azot 
to‘plovchi bakteriyalar va ko‘k-yashil suv o‘tlari uchun ozuqa 
manbaidir. 
U boshqa o‘simliklar tomonidan 
o‘zlashtiriladi. 
Fiziologik nuqtai nazardan esa atmosfera bosimini ushlab turib hayot 
jarayonlarini amalga oshishiga imkon beradi.
Radioaktiv ifloslanishning manbalari 
atom va vodorod 
bombalarini sinovdan o‘tkazish bo‘lsa bundan tashqari ridioaktiv 
ifloslanish yadro qurollarini tayyorlashda elektrostantsiyalarining 
atom reaktorlari va radioaktiv chiqindilardan atmosferaga tarqaladi.
Inson va boshqa tirik organizmlar uchun atmosfera havosining 
freonlar bilan ifloslanishi jiddiy salbiy oqibatlarga olib keladi. Ulardan 
sovutgich qurilmalarida, yarim o‘tkazgichlar va aerozol balonchalar 
ishlab chiqarishda foydalaniladi. Freonlar ozon qatlamiga ta’sir yetadi. 
Ular qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nurlar ta’siridaparchalanadi natijada 
xlor, ftorlarga ajraladi. Natijada xlor va ftorlar ozon bilan o‘zaro ta’sir 
etadi. Havoning ifloslanishi natijasida insonlarda darmonsizlanish, 
ish qobiliyatini pasayishi, yo‘tal, bosh aylanishi, ovozboylamlarining 
siqilishi, o‘pka, ko‘z bilan bog‘liq har xil kasalliklar, organizmning 
umumiy zaharlanishi, kasallikka qarshi kurashishning susayishi kabi 
holatlar kelib chiqadi.
Qazilma yoqilg‘ilami ishlatilishi atmosferada C 0 2 gazini 
miqdorini orttiradi va bu gaz bir qator muammolami olib keladi. C 0 2 
gazini miqdorini atmosferada oshishi avvalo, Yerda global isishga 
olib keladi. AQShdagi eng issiq iqlim Kalifomiyadagi O iik vodiyda
97


1913-yil iyul oyida kuzatilgan. Yuqori harorat 57°C ni tashkil qilgan. 
Rekord darajadagi eng sovuq temperatura Antarktikada kuzatilib, -
89° С ni tashkil qilgan.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin