Muhofaza qilish



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

Tabiiy ifloslanish. 
Atmosferada doimo m a’lum miqdorda 
changlar uchraydi. Ular tabiatdagi hodisalar natijasida hosil
30 Peter Rillero, Dinah Zike. Ecology, 2005 ( 103-104;113-114-betlar ).
100
/


bo ladi. Changlaming uch tun ajratiladi: 
mineral, organik, kosmik.
Mineral changlar tog‘ jinslarining yemirilishi, vulqonlar otilishi, 
o‘rmon yong‘inlari, dengizlar yuzasidan suvlaming bug‘lanishi 
kabilar natijasida kelib chiqadi. Organik changlar havo qatlamidagi 
aeroplanktonlar shuningdek, o ‘simlik va hay von laming qoldiqlar va 
parchalanish mahsulotlaridir (1-ilova).
Kosmik 
changlar 
metioritlaming 
atmosfera 
qatlamidan 
o‘tayotganda yongan qoldiqlari hisoblanadi.
Sun’iy ifloslanish. 
Atmosfera havosini asosan ifloslantiruvchi 
manbalar bugungi kunda tobora rivojlanib borayotgan insorming 
sanoat ishlab chiqarishidagi va avtotransportlaming rivojlanishidir. 
Havoga ko‘p miqdorda karbon kislota, uglevodorodlammg oksidlari, 
sulfid angidrid va boshqa moddalar chiqarilib, ular tabiiy muhitga 
va odamlarga juda katta zarar yetkazmoqda. Bu holat ayniqsa yidk 
shaharlarda ko‘zga tashlanadi. Atmosfera havosini ifloslanishi 
muammosi barcha insoniyatni tashvishlantirmoqda.
Insonning hayot faoliyati uchun eng muhim mahsulot havo 
hisoblanadi. Odam ovqatsiz 5 hafta, suvsiz 5 kun, havosiz 5 daqiqa 
yashashi mumkin. Insonlar normal yashashlari uchun nafaqat havo, 
balki uning tozaligi ham muhim hisoblanadi. Havoning ifloslanishi 
odam salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
0 ‘zbekistonda atmosferaga chiqariladigan nisbiy ifloslantiruvchi 
moddalaming miqdori keyingi yillarda ikki martaga qisqardi, ya’ni 
jon boshiga 90 kg ni tashkil etdi. Ifloslantiruvchi moddalaming 
umumiy miqdoriga nisbatan 51, 9% -S02, 16%-N02, 17, 9%-N2S lar,
8, 9% -S02, 6, 1%-qattiq moddalar va 0, 2% boshqa maxsus zararli 
moddalarga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga ba’zi bir shaharlarda 
ifloslanishning sanitar-gigienik normadan ortiqligi kuzatilmoqda,. 
Masalan Olmaliq, Navoiy, Samarqand, Toshkent kabi shaharlarda 
changlar, Olmaliqda SO, Navoiy, Farg‘ona, Marg'ilon, Termezlarda, 
Angren, Navoiy, Farg‘onada fenol; Andijon, Navoiy, Chirchiq, 
Toshkentda ammiak bilan ifloslanadi.
Energetik komplekslar tomonidan 2000-yilda atmosfera havosiga 
255,5 ming tonna ifloslantiruvchi moddalar chiqarilgan. Uning 59% 
i sulfid angidrid gaziga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, 40-60% gacha
101


atmosferani dimiqishini keltirib chiqaruvchi karbonat angidrid gazi 
atmosferaga chiqadi. Atmosfera dimiqishi hisobiga Yeming o ‘rtacha 
harorati XXI asr boshlarida 1-1,5°C ortadi. Atmosferaning quyi 
qatlamlari ortiqcha isishi yirik shaharlarda yaxshi seziladi. Yillik 
o‘rtacha haroratning qutb muzliklarini erishi, dunyo okeanlarining 
satxini ko‘tarilishi, ba’zi qit’alarda ayrim joylaming suv bosishi, 
tektonik jarayonlaming kuchayishi va iqlimning o‘zgarishi kabi 
oqibatlar kelib chiqadi. 1 kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarishda 
havoga 6, 0 tonna chiqindi chiqadi.
Qora va rangli metallurgiya sohasida atmosferaga 123, 6 ming 
tonna chiqindi chiqarilib uning 95 ming tonnasi sulfid angidrid gaziga 
to‘g‘ri keladi. Rangli metallurgiya korxonalari og‘ir metallaming 
aerozollari, sulfat kislota, tsianidlar va ftoridlar kabi maxsus 
ifloslantiruvchi moddalar chiqaradi.
Qurilish sohasidagi korxonalar tomonidan 27,6 t chiqindi 
chiqarilib uning m a’lum miqdori chang va is gazidan iborat. 
Ohangaron, Bekobod, Qarshi, Navoiy, Nukus kabi shaharlarda 
atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy manba qurilish sanoati va 
tsement ishlab chiqarish hisoblanadi.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin