Muhofaza qilish



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

Kimyoviy kompleks. 
Kimyo sanoati xissasiga tahminan 
atmosferaning ifloslanishining umumiy ko‘rsatkichiga nisbatan 3% 
to‘g ‘ri keladi. Havoda sulfid angidrid gazi changlar, tutun kabilar bilan 
ifloslanishi natijasida sanoat rayonlarida nam va sokin havoda quyun 
hosil bo‘ladi. U zaharli tumandan iborat bo‘lib, odamlar hayotiga 
havf solishi mumkin. London shahrida aka shunday sharoitda yurak 
xastaligi va o ‘pka kasalliklarining kuchayishi tufayli 1952-yilda 4000 
kishi nobud bo‘lgan.
Avtotransport havoni ifloslanishida katta o‘rin egallaydi. AQSh 
ning atmosfera havosi 60% avtomobillardan chiqadigan gazlar bilan 
ifloslanadi. Nyu-York, Los Anjeles, Tokio kabi yirik shaharlarda 
havoning ifloslanishi darajasi 80-90% ni tashkil etadi.
Avtomobildan chiqadigan gazlar tarkibida zararli moddalar 
mavjud. Atrof-muhitga is gazi oltingugurt va azot birikmaiari bilan 
birga 3,4 benzapiren va qo‘rg‘oshin kabi kantserogen moddalar 
ham ajralib chiqadi. Atmosferaga chiqadigan gazlar bilan 25-27%
102


qo‘rg‘oshin chiqadi. Dunyo bo‘yicha bugungi kunda 500 mln. dan 
ortiq avtomobillar harakatlanadi.
Los Anjeles shahrida havoni 2,5 mln. avtomobil, Parijda esa 
900 ming avtomobil zaharlaydi. Havoga ajralib chiqadigan gazlar 
o‘simlik hayvonlar va odam salomatligiga salbiy ta’sir etadi. 
Atmosferaning eng havfli ifloslanishi radioaktiv ifloslanishdir. Bu 
esa odam salomatligiga salbiy ta’sir etib, ulaming avlodlarida turli 
xildagi mutatsiyalami keltirib chiqarishi bilan havfli bo'ladi.
Radioaktiv ifloslanishning manbalari atom va vodorod 
bombalarini sinovdan o‘tkazish bo‘Isa bundan tashqari ridioaktiv 
ifloslanish yadro qurollarini tayyorlashda elektrostantsiyalarining 
atom reaktorlari va radioaktiv chiqindilardan atmosferaga tarqaladi.
Inson va boshqa tirik organizmlar uchun atmosfera havosining 
freonlar bilan ifloslanishi jiddiy salbiy oqibatlarga olib keladi. Ulardan 
sovutgich qurilmalarida, yarim o‘tkazgichlar va aerozol balonchalar 
ishlab chiqarishda foydalaniladi. Freonlar ozon qatlamiga ta’sir etadi. 
Ular qisqa to‘ lqinli ultrabinafsha nurlar ta’sirida parchalanadi, natijada 
xlor, ftorlarga ajraladi. Natijada xlor va ftorlar ozon bilan o‘zaro ta’sir 
etadi. Ozon qatlamining siyraklashishi havfli yerlarga ultrabinafsha 
nurlaming kirib kelishi natijasida teri raki kasalligi ortishiga sababchi 
bo‘lmoqda.
Havoning ifloslanishi natijasida odamlarda darmonsizlanish, ish 
qobiliyatini pasayishi, yo‘tal, bosh aylanishi, ovoz boylamlarining 
siqilishi, o‘pka, ko‘z bilan bog‘liq har xil kasallikiar organizmning 
umumiy zaharlanishi, kasallikka qarshi kurashishning susayishi 
kabilar kelib chiqadi.
Atmosferani ifloslanishiga qarshi kurashish juda murakkab 
va ko‘p qirralidir. Shuningdek, katta kuch va mablag‘ talab etadi. 
Atmosfera havosini muhofaza qilish uchun quyidagi chora-tadbirlami 
qo‘llash lozim:
1. Xavfli moddalami hosil bo‘lishini bartaraf etuvchi mavjud 
texnologiyalami takomillashtirish. Yangi texnologik jarayonlami 
joriy etish;
2. Yoqilg‘i tarkibi apparatlar va karbyuratorlarni yaxshilash, 
tozalovchi qurilmalar yordamida atmosferaga chiqindilar chiqishini 
kamaytirish va bartaraf etish;
103


3. 
Zararli chiqindilar chiqaruvchi manbalami to‘g‘ri joylashtirish 
orqali atmosferani ifloslanishini oldini olish va yashil maydonlami 
kengaytirish (2-ilova).
0 ‘zbekiston Respublikasida Bosh gidrometerologiya va Tabiatni 
muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi tomonidan atmosfera havosi va uni 
ifloslantiruvchi manbalari nazorat qilinadi. Bosh gidromet har sutkada 
atmosfera havosini zararlanish darajasini 39 aholi punktlarida kuzatib 
turadi. 16 turdagi gazlar (chiqindilar) va 6 turdagi og‘ir metallar 
hamda benzapiren nazorat ostidadir. Tabiatni muhofaza qilish Davlat 
qo‘mitasi tomonidan respublikamizning 136 aholi punktlarida sanoat 
korxonalarini va harakatdagi avtotransportlami nazorat qiladi. 
0 ‘zbekiston Respublikasining «Atmosfera havosi to‘g‘risidagi» 
Qonuniga binoan atmosfera havosining holati va unga tegishli 
ma’lumotlar yagona davlat nazorati, ya’ni tabiiy muhitni nazorati 
tizimida olib boriladi.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin