Muhofaza qilish



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

Global isish. 
1895 -yildan 1995-yilgachaYerdagi o‘rtacha kunlik 
harorat 100 yillik davr mobaynida 1° С ga ko‘tarilgani aniqlandi. 
Hech kim buning sababi insonlar faoliyati natijasi yoki Yeming tabiiy 
ob-havosi natijasi ekanligini aniq aytolmaydi. Global isish qanday 
o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin? Dovullar sonining oshishi 
mumkin. Muz qutblarining erishi boshlandi, bular dengiz suv sathini 
ko‘taradi va qirg‘oqboyi hududlarini suvga g‘arq qiladi. Ob-havoning 
isishi tropik kasalliklarni keltirib chiqarmoqda, misol uchun bezgak 
kasalligi ko‘p tarqalishi kuzatilmoqda.
Ozon qatlamining yemirilishi. 
Ozon ( 0 3) - gaz, atmosferaning 
yuqori qatlamida tashkil topib, 70 kilometr balandlikkacha kuzatiladi, 
ammo uning asosiy massasi 20-55 kilometr balandlikdagi masofada 
joylashgan. Ozonning atmosferadagi umumiy massasi 3,2xl09 tonna 
atrofida (1-rasm). Ozon Quyosh radiatsiyasining. tahminan 3% ini, ya’ni 
ultrabinafsha nurlaming 0,22-0,29 mkm uzunlikdagi to‘lqinlarini yutadi. 
Ultrabinafsha nurlar bakteriyalami o‘ldiradi, organizmda D vita’minining 
shakllanishidayordam beradi. Ammo ortiqcha ultrabinafsha nurlar kuyish, 
teri kasalliklariga olib keladi. Agar ozon bo‘lmaganda, ultrabinafsha 
nurlar organik olamni o‘zgartirib yuborgan bo‘lar edi.


Ozon kunduzi maksimum, kechasi minumum uchraydi va fasllar 
bo‘yicha bahorda maksimum, kuz va qishda minimumni tashkil 
etadi.29 Наг yili bahor faslida ozon qatlamining vaqti-vaqti bilan 
yupqalashib borishi kuzatilmoqda. Ozon qatlamining yupqalashib 
borishi 
ozon qatlamining yemirilishi
deyiladi. ffloslangan gazlar bu 
muammoning asosiy sababi bo‘lib, ozon qoplami uchun eng havfli 
gaz CFC (xlor-ftor-uglerod)dir, u sovitish tizimida ishlatiladi. CFC 
havoga chiqarilgandan so‘ng, toki u ozon qatlamiga yetmaguncha 
atmosferada ko‘tarilib boraveradi. CFC ozon qatlamiga kimyoviy 
ta’sir etadi va ozon molekulalarini parchalaydi. Ozon qatlami hayotni 
ta’minlash uchun juda muhim sanaladi, shu sabab butun dunyo 
davlatlari sanoatida CFC ni ishlatishni to‘xtatishi lozim.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin