Muhofaza qilish



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

Yaylovlar degradatsiyasi.
Chorva mollarining ortiqcha 
o‘tlatilishi, o‘tloqlarda qayta 
tiklanish 
jarayonlarini 
olib 
bormaslik 
(fitomelioratsiya) 
natijasida yaylovlarning degra­
datsiyasi kuzatiladi (4-rasm).
4-rasm.
0 ‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida 22 million gektar yaylovdan 
foydalaniladi, shundan: 17,4 million gektar - cho‘l; 4 millon gektar 
- adir; 1,0 million gektar - tog4; 0,6 million gektar - baland tog‘ 
(yaylov) hududlariga to‘g ‘ri keladi.
Cho‘llanish natijasida:
- yaylovlarda hosildorlik pasayadi;
- chorva mollari yemaydigan begona o‘tlar ко ‘ pay ad i;
- yaylov tiplarida barqaror va rang-barang turlar yo‘qolishi yuz beradi;
118


- tur tarkibi kamayadi;
- chorva mollarini boqish uchun yaroqslz bo‘lgan oduq 
yalangliklar paydo bo‘ladi.
Tuproqning pestitsidlar va mineral o‘g‘itlar bilan ifloslanishi
Ko‘p yillar davomida paxta yakkahokimligining olib boriHshi va 
almashlab ekishga rioya qilmaslik, chorvachilikka e ’tiborberilmaslik 
(chorva mollaridan olinadigan organik o‘g‘itlar taqchilligi) 
natijasida,
keng miqyosda, yerga mineral o ‘g ‘it va pestitsidlarni qo‘Hashga olib 
keldi. Bulaming hammasi tabiiy biologik jarayonlarning buzilishiga, 
tabiatni boshqarib turadigan mexanizmlarning degradatsiyasiga olib 
keldi, tuproqning mineral o ‘g ‘itlar bilan ifloslanishi kuchaydi. Ushbu 
jarayonda kimyoviy preparatlaming samaradorligi past koeffitsiyentga 
egaligi tufayli 30% dan ortiq fosfor-kaliyli va 50% dan ortiq azotli 
o ‘g‘itlar o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilmay, tuproqdan yuvilib 
ketadi, bu esa, o ‘z navbatida, yuza va yerosti suvlarini tuz, zaharli 
ximikatlar, og‘ir metallar va boshqa xavfli moddalar bilan zararlaydi.
Qishloq xo‘jaligi organik, mineral o‘g ‘itlar va o'simliklarning 
kimyoviy himoya vositalarisiz rivojlanmaydi. Shu sababdan ham 
respublikamizning har bir hududlarida maqbul dozani qo‘llash zarur
Og‘ir metallaming yuqori miqdori tuproqda 
sanoat
rivojlangan 
shaharlar (Toshkent, Olmaliq, Bekobod, Chirchiq) atrofida ko‘zga 
tashlanadi.


Respublikamiz hududidagi sug‘orma dehqonchilikda xlororganik 
pestitsidlaming parchalanishi va migratsiyasi kuzatiladi. 1983-yildan 
e ’tiboran, DDT preparatidan foydalanish to‘xtatilgan bo‘lsada, 
hamon yuqori qoldiq miqdori tuproq namunalarida kuzatiladi. GXSG 
(geksoxlorsiklogeksan)ning tuproqda to‘planishi karn darajada, 
chunki bu preparat suvda yaxshi eriydi va u dalani sug‘orish orqali 
yo‘qotiladi (5-rasm).
Keyingi yillarda, pestitsidlardan foydalanish keskin pasaydi. 
Amalda GXSG, tiodan, sevin kabi preparatlardan foydalanilmaydi. 
Ulaming o ‘miga, yuqori biologik faol moddalar hisoblanadigan 
karate, danitol, detsis, simbush kabi preparatlar ishlatilmoqda, chunki 
ular inson organizmi uchun past toksiklik xususiyatiga ega.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin