Respublikamiz hududidagi sug‘orma dehqonchilikda xlororganik
pestitsidlaming parchalanishi va migratsiyasi kuzatiladi. 1983-yildan
e ’tiboran, DDT preparatidan foydalanish to‘xtatilgan bo‘lsada,
hamon yuqori qoldiq miqdori tuproq namunalarida kuzatiladi. GXSG
(geksoxlorsiklogeksan)ning tuproqda to‘planishi karn darajada,
chunki bu preparat suvda yaxshi eriydi va u dalani sug‘orish orqali
yo‘qotiladi (5-rasm).
Keyingi yillarda, pestitsidlardan foydalanish keskin pasaydi.
Amalda GXSG, tiodan, sevin kabi preparatlardan foydalanilmaydi.
Ulaming o ‘miga, yuqori biologik faol moddalar hisoblanadigan
karate, danitol, detsis, simbush kabi preparatlar ishlatilmoqda, chunki
ular inson organizmi uchun past toksiklik xususiyatiga ega.
Dostları ilə paylaş: