Muhofaza qilish



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

Tuproq zararlanishi
Hosildor yerlar о ‘ simlik о‘ sishi uchun zarur hisoblanadi. Hosildor 
yerlar shakllanishi yuz ming yillarga borib taqaladi. Yomg‘ir yog‘ib, 
yerni bo‘shatib, uning ustki qisrrfini oqizib ketadi, shamol ham uning 
ustki qismini ozi bilan uchirib ketadi. Tuproqning bir joy dan ikkinchi 
joyga ко‘chib harakatlanishi eroziya deb ataladi. Eroziyaga uchra- 
gan yerlar daryo va kichik daryolar tomonidan yuvilib turiladi va qu-
31 Peter Rillero, Dinah Zike Ecology, 2005. (8-132-betlar).
112


yosh nuriga to‘sqinlik qilib fotosintez jarayoniini sekinlashtiradi. Bu 
esa baliqlar, molyuskalar va boshqa organizmlarga talofat keltiradi. 
Eroziya tabiiy jarayon, lekin u inson ta’siri ostida kuchayib boradi, 
ekinzorlar haydalib, o‘rmonlar kesilishi oqibatida yerlar ocbiq holga 
kelib qolmoqda. Ochiq holdagi yerlami esa shamol va yomg‘ir oson- 
lik bilan yuvib oqizib ketadi.32
Tuproq resursi
Tuproq yer qobig‘ining yuza unumdor qismidan iborat b o ‘lib, 
tabiiy-tarixiy jismdir. Uning qalinligi o‘rtacha 18-20 sm ni tashkil 
etib, Yer yuzasining turli joylarida bir necha mm dan 1,5-2 metrgacha 
bo‘ladi. Tuproqning hosil bo‘lish jarayoni bir necha ming yillami o‘z 
ichiga oladi. Bunda tuproq hosil qiluvchi tog‘ jinsi bilan, suv, havo, 
harorat, o ‘simlik va hayvon organizmlari, ayniqsa mikroorganizmlar 
o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.
Tuproqning eng muhim hossasi, uning unumdorligi hisoblanadi, 
ya’ni o‘simlikni suv, havo va ozuqa moddalar bilan ta’minlash 
hususiyatiga ega.
Tuproq barcha elementlami o ‘zida saqlab, ularai suv bilan yuvilib 
ketishidan asraydi. Tuproqning gumusi, uning umumiy unumdorligini 
belgilab beradi.
Tuproq inson omilining ko‘pgina ta ’sirlariga nihoyatda sezgir. 
Tuproqning unumdorligi ko‘pincha inson faoliyatiga bog'liq.
Tuproq barcha moddiy farovonligimiz manbaidir, u oziq-ovqat 
mahsulotlari, chorva uchun yem-xashak, kiyim-kechak uchun tola, 
yog‘och materiallari va boshqalami beradi.
Tuproq noyob tabiiy resurs hisoblanadi. 0 ‘zbekistonda umumiy 
yer fondining atigi 10% i sug‘oriladigan yerlar hisoblanadi. 
Sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik maydonlari 4, 2% ni tashkil etadi.
Mamlakatimizning yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 95% 
i ana shu sug‘oriladigan yerlardan olinadi. Yerlaming o‘zlashtirilishi 
va foydalanilishi natijasida sho‘rlanishning darajasi ortib bordi. Paxta 
maydonlari ko‘pchilikni tashkil etib, bu soha tuproq unumdorligini 
pasayishiga, tuproq xossalarini o‘zgarishi va eroziyani kuchayishiga
32 Peter Rillero, Dinah Zike Ecology, 2005. (8-75-bet).
113


olib keldi. Shuning uchun tuproq resursidan foydalanganda, uning 
meliorativ holatini yaxshilash, eroziyaga qarshi kompleks chora- 
tadbirlami tizimli ravishda olib borish kerak.
Haydalma erlardan samarali foydalanish va uni muhofaza 
qilishda 
ekologik 
nuqtai 
nazardan 
asoslangan 
ekinlardan 
foydalanish, tuproq gumus miqdorini saqlashda muhim ahamiyat 
kasb etadi. Tuproq unumdorligini qayta tiklash va ekinlami ekishni 
keng qo‘llashda, yem-xashak va don ekinlarini navbatlab ekish, 
yaxshi samara beradi.
Respublikamizda paxta ekin maydonlari qisqartirilib, g ‘alla ekin 
maydonlari ortib bormoqda.
Tuproq murakkab tizim bo‘lib, u doimo rivojlanishda va 
o‘zgarishda. Suv, shamol va antropogen omillar tuproqga salbiy 
ta’sir etishi natijasida uning ustki unumdor qatlamini yuvilib va uchib 
ketishiga eroziva (lotinchada erosia - kemirilish, emirilish) deyiladi. 
eroziya jarayonlari kelib chiqishiga ko‘ra, normal, tezlashgan va
*
antropogen eroziyalarga ajratiladi.
Shamol eroziyasi yoki deflyatsiya tuproqning quruq va mayda 
zarrachalarini shamol ta’sirida uchirilishidan kelib chiqadi. Quruq, 
yengil, qumoq tuproqlar, nam tuproqqa nisbatan bunday eroziyaga 
ko‘p uchraydi. Shuning uchun qurg‘oqchil rayonlarda shamol 
eroziyasi uchraydi.
Suv eroziyasi ko‘pincha sug‘oriladigan dehqonchilik bilan 
shug‘ullanadigan, qiyalik joylarda kuzatiladi. Bunda o‘simlik uchun 
zarur bo‘lgan gumus va boshqa ozuqa elementlari yuvilib ketadi. 
Unumdorlik pasayib sug‘orish shahobchalari ham ishdan chiqadi.
Antropogen eroziya - suv va shamol bilan bog‘liq ravishda 
insonning xo‘jalik faoliyatini noto‘g‘ri yurgizilishi tufayli yuzaga 
keladi.
0 ‘simlikni normal o ‘sishi v# rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi, 
tuproqning yuza qatlamida natriy, kaltsiy, magniy, tuzlarining 
to‘planishi sho‘rlanish deyiladi.
Sho‘rlanish Misr, Iraq, Hindiston, Tojikiston, Markaziy Osiyo va 
boshqa qurg‘oqchil rayonlarida keng tarqalgan.
114


Har yili Yer shari bo‘yicha tuproqni sho'rlanishi natijasida 200- 
300000 ga sug‘oriladigan erlar ishdan chiqadi. 0 ‘zbekiston bo‘yicha 
tuproqning sho‘rlanish darajasi nisbatan barqaror.
Tuproqning ifloslanishi, pastitsidlardan noto‘g ‘ri foydalanish 
tufayli kelib chiqadi. Pestitsidlar barqaror moddalar hisoblanib, 
tuproqda ko‘proq to‘planadi va tuproq organizmlami nobud bo‘ lishiga 
olib keladi. Tuproqda pestitsidlaming to‘planishi va organizmlaming 
nobud bo‘lishi, tuproq hosil bo‘lish jarayoniga va unumdorlikning 
pasayishiga sabab bo‘ladi.
Tuproq ifloslanishi qishloq xo‘jalik ekinlariga meyyoridan ortiq 
mineral o‘g‘itlar berilishi ham sabab bo‘ladi. Bunda tuproqning holati 
e’tiborga olinishi lozim.
Bundan tashqari yoqilg‘i-surkov moylarini saqlash va tashishda 
ham ifloslanadi. Bu moddalar tuproqning biologik aktivligini 
pasaytiradi. Neft qazish va qidiruv ishlari ham tuproqni ifloslanishiga 
olib keladi, natijada tuproq yuzasida bitum hosil bo‘ladi, shuningdek 
burg‘ulash 
ishlarida 
foydalaniladigan 
suyuqliklar 
tuproqni 
sho‘rlanishiga olib keladi, bu esa shu erdagi o‘simliklami nobud 
bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Havodan sanoat chiqindilari hisoblangan turli xil chiqindilar 
atmosfera yog‘inlari bilan tuproqga tushib, uning hususiyatlarini 
o‘zgartiradi.
Tuproq maishiy xo‘jalik chiqindilari bilan ham ifloslanadi. Bunga 
turli xildagi ahlatlar, politelin plyonkalar va boshqa xil qadoqlash 
chiqindilari tuproqni ifloslaydi.
0 ‘zbekiston Respublikasida «Yer haqidagi kodeks» 1998-yil 
joriy etildi. Bundan tashqari yerdan to‘g‘ri foydalanish, uni muhofaza 
qilish va yer yagona davlat mulki ekanligi qayd etilgan, bir qancha 
qarorlar qabul qilingan.
Mamlakatimizda yerdan foydalanish, muhofaza qilish va nazorat 
qilish masalalari bilan Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi 
hamda yerlami muhofaza qilish Davlat qo'mitasi shug'ullanadi.
Yerlami muhofaza qilish qonuni buzilgan taqdirda tartibga 
chaqiriladi, zarur topilganda hatto chora ko'riladi (l-jadval).
115



Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin