Qo‘riqxonalar
Qo‘riqxonalar atrof-muhitni muhofaza qilish ishida alohida
ahamiyatga ega bo‘lib, landshaftlami, tabiat yodgorliklarini, o‘simlik
va hayvonot dunyosini, tuproqlami muhofaza qilishda, ulami ilmiy
jihatdan o‘rganishda, ko‘paytirisfida, o‘simlik va hayvonlar naslini
saqlashda alohida rol ynaydi. Qo‘riqxonalaming tabiatni muhofaza
qilishdagi vazifalarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin.
1.
Biror o ‘lka va tabiat mintaqasining xarakterli landshaftlarini
tabiiy holda saqlash uchun bunyod etiladigan qo‘riqxonalar. Bunday
126
qo‘riqxonalarda har bir tabiiy mintaqa, balandlik mintaqasida tabiiy
landshaftlar namunasi va landshaft elementlari, masalan, xarakterli
manzara, relef shakllari, tabiat yodgorliklari, ayrim tur o‘simliklari va
hayvonlar saqlanib qolinadi.
2. Soni kamayib va turi yo‘qolib borayotgan o‘simlik va
hayvonlami qo‘riqlash va ulami ko‘paytirish uchun tashkil etiladigan
qo‘riqxonalar. Hozirgi vaqtda xalq xo‘jaliginmg, xususan, qishloq
xo‘jaligining rivojlantirilishi, ko‘plab yangi yerlar o ‘zlashtirib, ishga
solinishi natijasida, sanoat korxonalarining ta’siri oqibatida tabiiy
holda tarqalgan ayrim xil o‘simliklar va hayvonlar turlari toboro
kamayib, ba’zilarining yo‘qolib ketishi xavfi tug‘ilmoqda. M a’lumki,
inson barcha madaniy o ‘simlik va hayvonlaming tabiatdagi yow oyi
turlarini chatishtirish yo‘ li bilan vujudga keltiradi. Agar tabiiy o ‘ simlik
va hayvonlar yo‘qolib ketsa, biz yangi turlar yaratish imkonidan
mahrum bo‘lamiz yoki hozircha foydasiz va hatto zararli hisoblangan
ayrim o‘simlik va hayvonlar kelajakda juda foydali bo‘lib chiqar.
Shuning uchun yo‘qolib va kamayib borayotgan har qanday tumi
ham saqlab qolish zarur.
3. Qo‘riqxona tabiatni, uning elementlarini, tabiat bilan orga
nism o‘rtasidagi aloqalami, ekologik sharoitni asl holida o ‘rganish
uchun tabiiy laboratoriya vazifasini bajaradi. Qo'riqxonalarda ilmiy
tadqiqot ishlari olib boriladi. Chunki taraqqiyot qonun lari ni. tabiiy ja
rayonlar xarakteri va yo‘nalishlarini faqat qo‘riqxonalardagina tabiiy
holda o‘rganish mumkin.
4. Qo‘riqxonalar xalq xo‘jaligi nuqtai nazandan ham g ‘oyat katta
ahamiyatga ega. Qo‘riqxonalarda o‘rmon va o ‘tloq o‘simliklarini,
ov hayvonlarini, ayniqsa, moynali hayvonlar, suv parrandalarini,
baliqlarni ko‘paytirish va ular yashash joylarini yaxshilash borasi-
da katta ishlar amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizdagi
qo‘riqxonalar noyob hayvon va o‘simliklar ko'paytiriladigan man-
baga aylanib qolgan.
5. Qo‘riqxonalar madaniy, estetik va istirohat jihatidan ham
ahamiyatlidir. Qo‘riqxonalarda tabiatning go‘zal manzara]ari, tabiat
yodgorliklari, estetik ahamiyatga ega boigan o ‘simlik va hayvonlar
namoyish qilinadi. Bu esa kishilarda estetik zavq iayg‘otadi, tabiatni
127
muhofaza qilish ishining zarurligini his etishga va kishilami Ona ta-
biatga muhabbat ruhida tarbiyalashga yordam beradi. Bu vazifalami
bajarishda xalq hiyobonlari alohida o‘rin tutmoq kerak. Chunki xalq
istirohat bog‘larining vazifalari qo‘riqxonalar vazifalariga qaraganda
ancha keng36.
Dostları ilə paylaş: |