Muhofaza qilish



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

Yo‘qolgan turlar
Hech bir inson dinozavrlaming yo‘q bo‘lib ketish sababini aniq 
dallillar bilan aytibberolmaydi. Bir narsa aniqqi, inson faoliyati va 
tabiatga ta’siri dinozavrlardan keyin paydo bo‘ldi. Bugun boshqacha 
hayot. Yo‘qolib borish arafasidagi turlar soni oshmoqda. 1980-yildan 
2000-yilgacha AQSH da 40 ga yaqin o‘simlik va hayvon turlari yo‘q 
bo‘lib ketdi. Sababi, insoniyatning yeryuzini katta maydonlarini 
egallashi va o‘zlashtirish, ehtiyojlarini qondirishi hisobiga turlar soni 
kamayibketmoqda.35
Biologik xilma-xillik - bu jamiyat ehtiyojmi iqtisodiy, ekologik 
va madaniy-estetik jihatdan qondirishning zaruriy potensial zahirasi 
hamdir. Hozirgi kunda biologik resurslarga insonlaming ta’siri 
o‘smoqda. Bunga asosiy sabab, aholining o'sishi, qishloq xo‘jaligi 
va sanoatning rivojlanishi, savdo, ishlab chiqarish, dunyo bo‘yicha 
ehtiyojlaming turli-tumanligidir. Inson faoliyatining rivojlanishi 
natijasida o ‘rmonlami kesish, cho‘llami haydash, botqoqliklarni 
quritish, sahroga suv chiqarish kabi ekotizimlarning buzilishi ro‘y 
bermoqda. 0 ‘simlik, hayvon yoki biron bir mikroorganizm turini 
yo‘qotilishi ozuqa zanjirining uzilishiga olib keladi. Bu holatni 
yuqori rivojlangan texnologiya ham to‘xtata olmaydi. 1992-yilda 
Braziliyaning 
Rio-de-Janeyro 
shahrida 
tabiiy 
ekotizimdagi 
turlaming yo‘qolishi va notirik komponentlaming o‘zgarishiga 
qarshi kurashishga qaratilgan biologik xilma-xillikni asrash bo‘yicha 
Xalqaro Konvensiyaga imzo chekildi. Ushbu hujjatda biologik xilma- 
xillikni saqlash, biologik xilma-xillikning komponentlari dan oqilona 
foydalanish, davlatlararo genetik resurslar va moddiy resurslardan, 
xalqaro savdoda teng huquqlilik, hamma qonun doirasiga mos 
keluvchi texnologiyalardan foydalanib ish yuritish ko‘zda tutilgan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, biologik xilma-xillik 
Yeryuzida barcha ekotizimlarda mavjud. Biron bir turning 
yo‘qolishiyoki kamayib ketishi har xil tur populyatsiyasi uchun 
noqulaylik keltiribchiqaradi, zero, turlar doimo bir-biri bilan 
turlichao‘zaro bog‘langan. Suv ekotizimi va quruqlik ekotizimlarida 
turlar xilma-xilligini saqlash hozirgi kunning dolzarb muammolaridan
35 Peter Rillero, Dinah Zike Ecology, 2005. (139-140-141-betlar)


biri bo‘lib qolmoqda. Tabiat resurslaridan oqilona foydalanmasligimiz 
oqibatida, qanchadan-qancha turlar va notirik komponentlar xavf 
ostida qolayapti. Tabiatning chiroyli manzarasi, ko‘rkam go‘shalari, 
o‘zining hayvonot va o‘simlik olamining g‘aroyibotligi bilan ajralib 
turuvchi biosferani saqlash har birimizning insoniylik burchimizdir.
Biologik xilma - xillik tropik o‘rmonlarda, ya’ni doimiy 
namiqlimli hududlarda, jumladan, Ekvadordagi Yasuni milliy 
bog‘ida yuqoribioxilma-xillik mavjud. Quruqlik bioxilma-xilligi 
okean bioxilma -xilligidan 25-marotaba yuqori. Yeryuzida mavjud 
bo‘lgan 8, 7 million turning 2, 1 millioni okean uchun xos ekanligi 
baholandi. Kolumbiya yuqori bioxilma - xillikka ega bo‘lgan 
mamlakathisoblanib, u yerda endemik turlar ko‘p., ya’ni bu turlar 
boshqa biromamlakatda uchramaydi. Yerda mavjdu bo‘lgan turlaming 
10% gayaqini Kolumbiyada uchraydi va 1900 dan ko‘proq qush turlari 
Yevropava Shimoliy amerikaga qaraganda ko‘proq. Kolumbiyada 
dunyo sutemizuvchi turlarining 10% i uchraydi. Dunyoning suvda 
va quruqdayashovchilarining 14 % i va dunyo *qushlarining 18%i 
Kolumbiyada uchraydi. Indoneziya dunyo gulli o ‘simliklarining 10% 
ini, sutemizuvchilaming 12% ini, sudralib yuruvchilar, amfibiyalar 
vaqushlaming 17% ini o‘z ichiga oladi. Madagaskar orolidagi florada 
o‘simlik turlarining 66% iendemik, Yangi Zelandiya orolida esa 
72 
%,
Gavaya orollarida 82-90%. Janubiy Xitoy ning Chjetszyan 
proventsiyasida Sharqiy osiyoningginko daraxti yow oyi holda faqat 
shuyerda o‘sadi. AQSH g‘arbidagibir qancha rayonlarda mamont 
daraxti faqat shuyerlarda o ‘sadi.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin