Muhofaza qilish



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

Nazorat savollari: .
1. Atmosfera tarkibidagi gazlami aytib bering.
2. Atmosferaning ifloslanishi deganda nimani tushunasiz?
3. Global isishniizohlang.
4. Issiqxona effekti nima?
5. Kislotali yomg‘irlaming qanday salbiy ta’siri bor?
6. Ozon tuynugi muammosi deganda nimani tushunasiz?
7. 0 ‘zbekistonda atmosfera havosini muhofaza qilish borasida 
qanday ishlar qilinmoqda?
104


9-MAVZU: SUV RESURSI VA UNING MUHOFAZASI
Reja
1. Suvning yer yuzidagi ahamiyati.
2. Suv zahiralari.
3. Suvni ifloslanish yo‘llari va manbalari.
4. Suvni tozalash usullari.
Tayanch so‘zlar: 
Suv resurslari, suv resurslarining ifloslanishi, 
tozalash-zararsizlantirish.
Suv yerdagi hayotning manbai bo‘lib, barcha tirik orgnaizmlar 
uchun asosiy ingridient hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, 
ko‘pchilik organizmlaming tanasini 50% dan 95% gacha suvdan 
tarkib topgan. Fotosintez, transpiratsiya va boshqa barcha hayotiy 
jarayonlar suv ishtirokida yuz beradi. Suv eng qimmatli tabiiy resurs. 
U hayotni tashkil qiluvchi moddalar almashinuvi jarayonida mu­
him rol oynaydi. Suv sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda, 
maishiy turmushda katta ahamiyatga ega.
Suv yer yuzasini shakllanishida ishtirok etadi, tabiatda aylanib 
turadi, shuningdek iqlimni, ob-havoni shakllanishiga katta ta’sir 
ko‘rsatadi.
Suv dunyoning eng katta boyligi, ammo chuchuk suv zahiralari 
cheksiz emas. Yer sharining ko‘pgina rayonlarida, chuchuk suv tan- 
qisligi dolzarb muammo hisoblanadi.
Suv resurslari; okeanlar, dengizlar, daryo va ko'llar, qutb va 
tog‘likdagi muzliklar, yerosti suvlari, tuproq va havodagi namlikdan 
iborat. Umumiy suvning miqdori 1,5 mlrd. km3, ni tashkil etadi. Bu 
miqdordagi suvning 94,2%i sho‘r suvlar hisoblanadi. Chuchuk suv 
zahiralari 
2-2,5%
dan iborat. Chuchuk suvlar asosan Antarktida 
muzliklarida, Grenlandiya, qutbdagi orollar va togiarda joylashgan 
( 1-2-3^4-ilovalar).
Dunyoning ko‘pgina rayonlarida chuchuk suv tanqisligi kuzatila- 
di. Hisob-kitoblarga qaraganda har xil maqsadlarda foydalaniladigan 
suv sarfi 150 km3 ni tashkil qiladi.
105


Tahminan insoniyatning 1/3 qismi “suv ocharchiligi”ga duchor 
bo‘lgan. Yer sharining qurg‘oqchil rayonlarida aholining suvga 
bo‘lgan talabi qondirilmaydi. Meksika, Eron, Pokiston, Jazoir, AQSh- 
ning 10 dan ortiq shtatlari, Rossiyaning ayrim viloyatlari va 0 ‘rta 
Osiyo davlatlari shular jumlasidandir.
Kishilar suv havzalari, daryolar va ko‘llardan foydalanilib, uy 
xo‘jaligi, biznes, qishloq xo‘jaligi va mahsulot ishlab chiqarishda 
foydalanishadi. Biroq hozirgi paytda suvdan foydalanish ortib 
ketmoqda. 0 ‘simlik va hayvonlarga suv yetishmasligiga ham 
insoniyat sababchi bo‘lib qolmoqda. Chunki tejamkorlikka hamma 
sohada bir maromda amal qilinmaydi.
Qishloq xo‘jaligida o‘g‘it qoldiqlarini suvga tashlanishi, yoki 
ko‘llarda va hovuzlarda suv o‘tlarining ko‘payib ketishi salbiy 
oqibatlarga olib keladi. Suv o‘tlarining ko‘payib ketishi suvda erigan 
kislorodni tanqisligini vujudga keltiradi va natijada zooplankton- 
laming nobud bo‘lishi olib keladi.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin