Muhofaza qilish


INSONNING BIOSFERAGA TA’SIRINI ASOSIY



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

INSONNING BIOSFERAGA TA’SIRINI ASOSIY
YO‘NALISHLARI
Inson dastlab biosferaning tuzilmasiga deyarli ta ’sir etmay, 
ibtidoiy hayot kechirgan. Ovchilik qurollari va olovdan foydalanish 
kabilaming kashf etilishi bilan insonning atrof-muhitga bolgan ta ’siri 
biroz kengaydi. Yovvoyi hayvonlami qo‘lga o‘rgatish, o'simliklarni 
madaniylashtirish kabilar oziq-ovqat mahsulotlarining ko‘payishiga 
va aholi sonining ortishiga sabab bo‘lib, bu esa o ‘z navbatida 
insonning biosferaga bo‘lgan ta’sirini kuchaytirdi.
Dehqonchilikning rivojlanishi davomida o'rmonlar kesilib, 
unumdor 
yerlarga 
aylantirildi, 
chorvachilikning 
rivojlanishi 
o‘ simliklar qoplamining kamayishiga, payhon qiluii shiga sabab bo‘ldi. 
Natijada million yillar davomida shakllangan barqaror hamjamoalar 
sun’iy beqaror ekotizimga aylandi. Insonning biosferaga ta’sirini 
shartli ravishda quyidagi yo‘nalishlarga ajratish mumkin:
1. 
0 ‘rmonlami kesish va yangi yerlami o'zlashtirish birinchi 
navbatda biosferaning suv rejimiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Natijada 
daryolar sayozlanib qolishi, botqoqlanish, o'tbosish, baliqlar sonining 
kamayishi kuzatiladi. Yer ostki suvlari zahirasi kamayadi, qor va
81


yomg‘ir suvlari tuproqqa singimay, uning yuza qismini yuvib ketadi. 
Suv eroziyasi bilan qo‘shilib tuproqqa yanada kuchli ta’sir etadi.
2. Insonning biosferaga ta’sirida muhim rol o‘ynaydigan 
omillardan yana biri sug‘orishdir. Inson qadim zamonlardan beri 
sug‘oriladigan dehqonchilik bilan shug‘ullanib keladi. Sug‘orish 
ishlari unumsiz yerlami unumdor yerlarga aylanishiga imkon berishi 
bilan birga gidrologik sharoitni ham o ‘zgartirib yuboradi. Chunonchi, 
bunda yer ostki suvlari sathining botqoqlanishi va suv bosishi mumkin. 
Bundan tashqari, sug‘oriladigan yerlaming kengayishi, daryolar suv 
rejimining o ‘zgarishiga, ba’zan daryolaming qurib qolishiga olib 
keladi.
3. Insonning biosferaga ta’siridan yana biri kimyoviy o‘g‘itlardan 
foydalanish hisoblanadi. Sug‘oriladigan dehqonchilikda kimyoviy 
o‘g‘itlardan foydalanish hosildorlikni bir necha marta oshiradi. 
Shu bilan birga o‘g‘itlardan foydalanish ichimlik suvlari sifatining 
yomonlashishiga, evtrofikatsiya jarayonining susayishiga, nitrit va 
nitratlaming suvda to‘planishi natijasida xavfliTcantserogen modda -
nitrozaminlar hosil bo ‘ lishiga sabab bo ‘ lmoqda. Ushbu moddalar odam 
salomatligiga salbiy ta’sir etadi. Bundan tashqari chuchuk suvlarda 
nitratlar va fosfatlaming ortib ketishi fito va zooplanktonlaming 
hayotiga ham ta’sir etib (azot va kaliy miqdorini cheklaydi) 
fitoplanktonlami ko‘payib ketishiga olib keladi. Suvda yashovchi 
ko‘k-yashil suv o‘tlari mineral o‘g‘itlar bilan ifloslangan suvlarda 
juda tez ko‘payib ketib, suv havzasining yuzini berkitib qo‘yadi, bu 
esa baliqlaming yalpi qirilishiga, shuningdek botqoqlanishga olib 
keladi.
4. 
Nihoyat 
insonning 
biosferaga 
ko‘rsatadigan 
kuchli 
ta’sirlaridan biri o‘simliklar kasalliklari, zararkunanda hasharotlar va 
begona o‘tlarga qarshi kurashda foydalaniladigan kimyoviy kurash 
vositalaridir.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin