muhitga, jonajon tabiatimizga bo‘lgan ongli munosabatlarini to‘g‘ri
shakllantirishdan iboratdir.
Buning uchun, barcha aholi ekologiyaga oid umumta’lim davlat
standartlari darajasida bilim egallashlari, yetarli ko‘nikma va malakaga,
o‘zining ekotizimga dahldor ekanligini anglatu vchi dunyoqarashga ega
bo‘lishi va buni ma’nan hamda ruhan his qilishi darkor.
Inson ongiga ekologik ta’lim-tarbiyani singdirish uchun uzluksiz
ekologik ta’lim-tarbiyanijoriyetishzarur.Bu,birmcliinavbatda,oilada
o‘z aksini topadi va maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim
maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, oliy o ‘quv
yurtlarida, kadrlami tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida va
aholining katta yoshdagi qatlamlari (mahalalar) da ekologik ruhda,
shaxs kamolotini yuksaltiruvchi uzluksiz ekologik ta’limni amalga
oshirish maqsadga muvofiqdir. Masalan: umumiy o‘rta ta ’lim
maktablarida uzluksiz ekologik ta’limni o‘quv predmetlaridan bilim
berish jarayonida, festivallar, konferensiyalar, uchrashuvlar, davra
suhbatlari, “ochiq darslar”, tanlovlar kabi turli tadbirlar va sahna
ko‘rinishlaridan iborat chiqishlarga jalb qilgan holda amalga oshirish
mumkin.
Tabiatdan foydalanish sohasida insonmng ekologik jihatdan
saviyasiga ta’sir ko‘rsatish borasida oqilona tadbirlami amalga
oshirish bosh vazifa hisoblanadi. Bu ishlar atrof-muhitni saqlash
bo‘yicha uzoq yillarga mo‘ljallangan yagona uzluksiz ta’lim-tarbiya
tizimini yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshinladi.
Dostları ilə paylaş: