Tamoyillar - asosiy nazariy bilim, ilmiy dalillarni tushuntirishda dasturilamal bo‘lib xizmat qiluvchi ustivor g‘oyalardir.
Tamoyillar - asosiy nazariy bilim, ilmiy dalillarni tushuntirishda dasturilamal bo‘lib xizmat qiluvchi ustivor g‘oyalardir.
Kategoriyalar- borliqning eng muhim tomonlari, xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi umumiy tushunchalardir.
Paradigma – fan tarixining muayyan davrida uning rivojlanishini belgilovchi barqaror tamoyillar, umumiy me'yorlar, qonunlar, nazariyalar va metodlar majmui.
Mantiqiy bilish darajasi va uning shakllari
Mantiqiy bilish darajasi va uning shakllari
Bilishning dialektik yo‘li sezgi a'zolari orqali bilish, dalillarni aniqlashdan mantiqiy tafakkur sari olib boradi. Tafakkur– bu insonning narsalar muhim xossalari va munosabatlarini izchil, bilvosita va umumiy aks ettirishidir. Tafakkurlash – muammolar qo‘yish va ularni yechishga qaratilgan faol jarayon. Tirishqoqlik – fikrlayotgan odamning muhim belgisi. Mantiqiy tafakkur – tafakkur qoidalari, qonunlari va tamoyillariga muvofiq bir haqiqatdan boshqa, yanada teranroq haqiqatga intilishdir.
Tafakkurning asosiy shakllari.Tafakkur jarayonining oqilona mazmuni tarixiy rivojlanish jarayonida yaratilgan mantiqiy shakllar qobig‘iga o‘raladi. Tafakkur o‘zining asosiy shakllari – tushunchalar, mulohazalar va xulosalar ko‘rinishida yuzaga kelgan, rivojlanmoqda va amalga oshirilmoqda.
Tafakkurning asosiy shakllari. Tafakkur jarayonining oqilona mazmuni tarixiy rivojlanish jarayonida yaratilgan mantiqiy shakllar qobig‘iga o‘raladi. Tafakkur o‘zining asosiy shakllari – tushunchalar, mulohazalar va xulosalar ko‘rinishida yuzaga kelgan, rivojlanmoqda va amalga oshirilmoqda.
Tushuncha– narsalar va hodisalarning umumiy, muhim xossa va aloqalari aks etuvchi fikr. Tushuncha – tafakkur, tushunish faoliyatining mahsuli.
Mulohaza – fikrning shunday bir shakliki, unda tushunchalarni bog‘lash yo‘li bilan biror narsa haqidagi biron-bir fikr tasdiqlanadi yoki rad etiladi.
Xulosa – mushohadaning nisbatan tugallangan birligi. Mushohada yuritish jarayonida mavjud mulohazalardan yangi mulohaza – xulosa chiqariladi. Xulosa chiqarish tafakkurning shunday bir amaliki, unda ayrim fikrlarni taqqoslash yo‘li bilan yangi mulohaza yaratiladi.