Mulkchilik shakllarini o`zgartirish yo`llari va usullari



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/25
tarix05.08.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#138695
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va jihatlari10

beshinchi bosqichi
O’zbekiston Respublikasi ‘rezidentining 2003 yil 24 
yanvardagi «O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini 
tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni bilan bog’liq. Mazkur Farmon 
asosida iqtisodiy nochor korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va 
barqaror rivojlantirish uchun to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida 
xususiylashtirilgan obhektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi. 
Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang’ich narxlarini 
sekin-asta ‘asaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va ‘ast likvidli 
obhektlarni nolg’ darajadagi xarid qiymati bo’yicha tanlov asosida investitsiya 
majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi
25
.
Mamlakatimizda hozirda ham xususiylashtirish jarayonlari bosqichma-bosqich 
davom ettirilmoqda. Mahlumotlardan mahlum bo’lishicha, 2004-2017 yillar davomida 
6682 ta davlat obhekti xususiylashtirilib, buning natijasida tushgan mablag’larning jami 
hajmi 1229,6 mlrd. so’mni tashkil etgan (2-jadval).
2-jadval
O’zbekistonda davlat obyektlarining xususiylashtirilishi holati 
Yillar 
Xususiylashtirilgan obyektlar 
soni (birlik) 
Xususiylashtirishdan tushgan 
pul mablag’lari, mlrd. so’m
2004 
1228 
78,5 
2005 
980 
80,5 
2006 
673 
70,5 
2007 
631 
111,1 
25
Валижонов А.Р. Особенности современного этапа разгосударствления и приватизации. – Восемнадцатые 
Международные Плехановские чтения «Реформирование и модернизация национальной экономики – 
стратегический курс на демократизацию и обновление общества»: Тезисы докладов профессорско-
преподавательского состава и специалистов-практиков (26 марта 2005г). Выездная сессия в г.Ташкенте. – М.: изд-
во РЭА, 2005, с.22-23. 


34 
2008 
392 
130,6 
2009 
135 
35,7 
2010 
96 
23,0 
2011 
95 
39,2 
2012 
83 
32,1 
2013 
82 
44,1 
2014 
288 
88,0 
2015 
848 
103,2 
2016 
609 
164,8 
2017 
542 
228,3 
Jami
6682 
1229,6 
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari. 
Respublikada xususiylashtirishning manzilli yo’naltirilganligi uning navbatdagi 
xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va natijaliroq 
qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning manzilli yo’naltirilganligi uy-
joylarning o’z egalariga imtiyozli yoki be’ul berilishida, aholining ko’’roq muhtoj va 
zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning turli xil dasturlari byudjet mablag’lari hisobiga 
qo’lanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi xo’jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda 
ifodalanadi. 
O’zbekistonda xususiylashtirishning to’lovliligi uning navbatdagi muhim 
xususiyatidir. pulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va obhektlarni 
xususiylashtirishda mulkni be’ul taqsimlash bilan bog’liq salbiy holatlar bartaraf etilishi 
bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi 
avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlashning moliyaviy manbalari ‘aydo bo’ladi, bozor infratuzilmasini bar’o etish 
uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini ro’yobga 
chiqarish uchun mablag’lar jamlanadi. Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish 
yo’li orqali ularni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga 


35 
xususiylashtirishdan olinadigan mablag’lar shu korxonaning o’zini qo’llab-
quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar bar’o etishga ham sarflanadi. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin