Mulkchilik shakllarini o`zgartirish yo`llari va usullari


foydalanish – bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda  ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishidir. Mol-mulkni o’zlashtirish



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/25
tarix05.08.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#138695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va jihatlari10

foydalanish
– bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda 
ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishidir. Mol-mulkni
o’zlashtirish
yuz 
berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini 
bildiradi. Mulkni 
tasarruf etish
– bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U 



mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi holatlarni erkin 
tanlash imkoniyati orqali namoyon bo’ladi
4

Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning ajralmas jihatlari (egalik 
qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf etish) belgilab bersada, bu munosabatlar 
tavsifi nafaqat alohida mulk shakllarida, balki bitta mulk shakli doirasida ham 
farqlanishi mumkin. Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar 
mazmunini o’zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o’zaro 
bog’liq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham 
huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko’rsatilganidek, hal qiluvchi 
rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Mulkchilik xo’jalik va tadbirkorlik 
faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqariladi. Agar mulk 
iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqarilmasa, yahni o’zlashtirilmasa, ishlab chiqarishda 
foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» kategoriya 
sifatida qoladi. Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy 
tomoniga nisbatan faqat bo’ysunuvchi rol o’ynamaydi. Bu shunda ko’rinadiki, ishlab 
chiqarish vositalariga ma’lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish 
jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan 
mahsulotdan foydalana olmaydi. shu sababli mulkchilikning huquqiy mehyorlari (egalik 
qilish, tasarruf qilish, foydalanish huquqi) iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan 
ko’rinishi hisoblanadi. 
Huquqiy mehyorlar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini muhofaza 
qilish zarurati bilan bog’liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan, ular tovar ishlab 
chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g’oyat muhim rolg’ 
o’ynaydi. Bu rolg’ shunda ko’rinadiki, tovar xo’jaligi sharoitida ayrim ijtimoiy 
qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida 
ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish imkoniyati ‘aydo 
bo’ladi. shunday qilib, mulkchilikning huquqiy mehyorlari, birinchidan, ishlab chiqarish 
vositalari va yaratilgan moddiy nehmatlarning muayyan shaxslarga (huquqiy yoki 
jismoniy) tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan qo’riqlanadigan 
4
Ш.Ш.Шодмонов, Б.Ю.Ходиев.
 
Иқтисодиёт назарияси: Дарслик. – Т.: «Молия -Иқтисод» нашриёти, 2017, 109-б. 



vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan, mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab 
beradi. 
Mulkchilik munosabatlari uning obhektlari va subhektlari bo’lishini shart qilib 
qo’yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik obhektlaridir. Mulk obhekti 
bo’lib, inson yaratgan moddiy va mahnaviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat 
mahsuli, insonning mehnat qilish qobiliyati – ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. 
Mulk obhektida asosiy bo’g’in – bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish 
hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo’lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham 
unga tegishli bo’ladi
5

Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, yahni 
ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi turli darajada va 
turli shakllarda amalga oshiriladi. shunga mos ravishda mulk subhektlari vujudga 
keladi. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin