Mulkchilik shakllarini o`zgartirish yo`llari va usullari



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/25
tarix05.08.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#138695
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va jihatlari10

Koo’erativ mulk. 
Xo’jalikni birgalikda yuritish yoki boshqa faoliyat bilan 
shug’ullanish uchun ahzolik asosida ixtiyoriy birlashgan fuqarolarning birgalikdagi 
mulki — koo’erativ mulkdir. Koo’erativ mulk uning ahzolari bergan pul yohud boshqa 
mol-mulk shaklidagi badallar, ular ishlab chiqarilgan mahsulot va uni sotishdan hamda 
koo’erativ ustavidan nazarda tutilgan boshqa faoliyatdan keladigan daromad hisobiga 
tashkil to’adi va ko’’ayib boradi. Koo’erativ tugatilgan taqdirda byudjet, banklar va 


19 
boshqa qarz beruvchilar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulk 
koo’erativ ahzolari o’rtasida ustavda nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi. 
Ijaraga olingan korxona mulki. 
Ishlab chiqarilgan mahsulot, olingan 
daromadlar va ijaraga olingan korxona mablag’i hisobidan qo’lga kiritilgan boshqa mol-
mulk shu korxona kollektivining mulkidir. Ijaraga olingan korxona mehnat kollektivi 
ahzolarining kollektiv ishlarini idora qilishda ishtirok etish hamda foyda (daromad)ni 
taqsimlash tartibi va shartlari O’zbekiston Respublikasining ijara to’g’risidagi Qonuni 
asosida belgilanadi. 
Kollektiv korxonasining mulki.
Kollektiv korxonasining mulki davlat 
korxonasining butun mol-mulki mehnat kollektivi ahzolarining mulkiga o’tgan, ijaraga 
olingan mol-mulk sotib olingan yoki qonunda ko’zda tutilgan boshqa usullar bilan mol-
mulk qo’lga kiritilgan taqdirda vujudga keladi. Kollektiv korxonasining mol-mulki, shu 
jumladan ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadlar kollektivning umumiy 
mulkidir. Kollektiv korxonasining mol-mulki tarkibida uning xodimlari qo’shgan 
hissalar belgilab qo’yiladi. Bunday hissa tarkibiga xodimlarning kollektiv korxonasi 
vujudga kelishiga asos bo’lgan davlat korxonasi yoki ijaraga olingan korxona mulkiga 
qo’shgan umumiy summasi, shuningdek mazkur korxona vujudga keltirilganidan keyin 
xodim korxona mol-mulkini ko’’aytirishga qo’shgan ulushlari kiradi. 
Xodimning mol-mulkni ko’’aytirishga qo’shgan ulushi miqdori korxona 
faoliyatida o’z mehnati bilan ishtirok etganiga qarab aniqlanadi hamda xo’jalik faoliyati 
natijalariga asoslanib shu ulushga mehnat kollektivi belgilaydigan miqdorda ‘rotsentlar 
ajratiladi va to’lanadi. Korxona bilan mehnat munosabatlarini to’xtatgan xodimga, 
shuningdek vafot etgan xodimning vorislariga qo’shilgan hissasining qiymati beriladi. 
Kollektiv korxonasi tugatilgan taqdirda hissaning qiymati xodimlarga (ularning 
vorislariga) byudjet, banklar bilan va boshqa qarz beruvchilar bilan hisob-kitob 
qilingandan keyin qolgan mol-mulkdan to’lanadi. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin