21
xizmat
qiladigan mol-mulk, pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar va mol-mulk bo’lishi
mumkin.
Jamoat birlashmalari mulkida, shu birlashmalar mablag’lari hisobidan ularning
ustavlarida ko’rsatilgan maqsadlarga muvofiq vujudga keltiriladigan
korxonalar ham
bo’lishi mumkin. Jamoat birlashmalarining pul mablag’lari ahzo bo’lish va ahzolik
badallaridan, ixtiyoriy badallar,
xayr-ehsonlar; o’tkazilgan lotereyalardan tushgan
mablag’lar; ishlab chiqarish-xo’jalik va noshirlik faoliyatidan olingan daromadlar;
qonunda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi.
Uyushmalar va
ularga kiruvchi birlashmalarning shu uyushmalarga qarashli mol-mulkdan foydalanish
va uni tasarruf etish sohasidagi vakolatlari uyushmalar va birlashmalarning ustavlari
bilan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida milliy
xavfsizlik manfaatlarini
ko’zlab yoki O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq jamoat
uyushmalarining mulki bo’la olmaydigan mol-mulk turlari belgilab qo’yilishi mumkin.
Jamoat uyushmalari o’z ustavlarida yozib qo’yilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq
hamda qonunlarda belgilanadigan tartibda o’zga
davlatlardan keladigan pul
mablag’larini hamda boshqa mol-mulkni olishlari mumkin. Siyosiy maqsadlarni
ko’zlaydigan ‘artiyalar va ijtimoiy harakatlar o’zga davlatlarning yuridik va jismoniy
shaxslaridan moliyaviy va o’zga moddiy yordam olishga haqli emaslar.
Jamoat
uyushmalari tugatilganidan keyin qolgan mol-mulk uning ustavidan ko’zda tutilgan
maqsadlarda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: