Mulkchilik shakllarini o`zgartirish yo`llari va usullari


Xo’jalik jamiyati va shirkatining mulki



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/25
tarix05.08.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#138695
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va jihatlari10

Xo’jalik jamiyati va shirkatining mulki. 
Yuridik shaxs hisoblangan xo’jalik 
jamiyati va shirkatining mulki qatnashchilarning qo’shgan hissasi hisobidan, xo’jalik 
faoliyati natijasida olingan hamda qonunda man etilmagan boshqa asoslarda ular 
tomonidan qo’lga kiritilgan mol-mulkdan hosil bo’ladi. Xo’jalik jamiyati va shirkati 


20 
qatnashchisi qo’shgan hissa tarkibiga asosiy va axborot fondlar, pul mablag’lari va 
qimmatli qog’ozlar, o’zga mol-mulk hamda mulkiy huquqlar kirishi mumkin. Yuridik 
va 
jismoniy 
shaxslar, 
davlat 
boshqaruvi 
idoralari, 
basharti, 
O’zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, xo’jalik 
jamiyatining va shirkatining qatnashchilari bo’lishi mumkin. Aktsiyali jamiyat 
aktsiyalar sotish hisobiga hosil bo’lgan, shuningdek o’z xo’jalik faoliyati natijasida 
olingan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qo’lga kiritilgan mol-
mulkning egasidir. 
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, davlat boshqaruvi idoralari, O’zbekiston 
Respublikasi fuqarolari, ajnabiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, basharti, 
O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan 
bo’lsa, aktsiya egalari bo’lishlari mumkin. Davlat korxonasi vakolat berilgan davlat 
idorasining qaroriga asosan korxonaning butun mol-mulki qiymati miqdorida aktsiya 
chiqarib, aktsiyali jamiyatga aylantirilishi mumkin. Aktsiyalarni sotishdan olingan 
mablag’ davlat korxonasining qo’langanidan keyin tegishli byudjetga tushadi. 
Xo’jalik uyushmalari (birlashmalari)ning mulki. 
Korxona va tashkilotlarning 
xo’jalik uyushmasi (shu jumladan kontsern, tarmoq, tarmoqlararo va territorial 
birlashma) unga korxona va tashkilotlar ixtiyoriy ravishda bergan, shuningdek uning o’z 
xo’jalik faoliyati natijasida olingan mol-mulkning egasidir. Xo’jalik uyushmasi unga 
kiruvchi korxona va tashkilotlarning mol-mulkiga egalik qilish huquqiga ega emas. 
Xo’jalik uyushmasining faoliyati to’xtatilgandan keyin qolgan mol-mulk unga kirgan 
korxona va tashkilotlar o’rtasida kelishuv asosida hamda ularning qo’shgan hissalarini 
(ulushlarini) ehtiborga olgan holda taqsimlanadi. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin