Iqtisodiyotni erkinlashtirish — bu iqtisodiyotni tartibga solishni to’la bozor
mexanizmiga topshirish emas, balki bozor mexanizmi bilan davlat aralashuvini optimal darajada bo’lishini ta’minlashdan iborat. Sababi, hozirgi iqtisodiyot davlat aralashmasa samarali rivojlana olmaydi. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirishning asosini davlat tasarrufidan chiqarish tashkil etadi. Davlat tasarrufidan chiqarish deganda davlat mulkini turli mulk va xo’jalik yuritish shakllariga
aylantirish tushuniladi. Davlat tasarrufidan chiqarish raqobatni, tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Turli
mulk va xo’jalik yuritish shakl-lari tengligi e’tirof etilib, ularga qonun doirasida barcha faoliyat bilan shug’ullanish imkoniyati yaratiladi.
Davlat tasarrufidan chiqarish davlat korxonalari va tashkilotlarini jamoa, shirkat, ijara, aktsionerlik va boshqa shakldagi korxona va davlatga tegishli bo’lmagan tashkilotlarga aylantirishni bildiradi. Ular hammasi nodavlat sektorini tashkil etadi.
Davlat tasarrufidan chiqarishning asosini xususiylashtirish tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |