Multimediali pedagogik dasturiy vositalar yaratish texnologiyalari



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə6/7
tarix02.01.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#40985
1   2   3   4   5   6   7
multimediali pedagogik dasturiy vositalar yaratish texnologiyalari

Diqqatning bo‘linishi. Axborotlarni taqdim etishning murakkab usullaridan foydalanish aksariyat hollarda har xil nomutanosibliklar tufayli ta’lim oluvchilar diqqatini o‘rganilayotgan asosiy mavzudan chalg‘itishi mumkin. Multimedia vositalarida taqdim etilayotgan katta hajmdagi ma’lumotlar, turli havola (ssbilka) va shu kabilar dars jarayonida o‘quvchi diqqatini bo‘lishi mumkin.

O‘quv materiallarini yaratishdagi murakkabliklar. Multimedia vositalarining audio, video, grafik va boshqa elementlarini yaratish an’anaviy matn ko‘rinishidagi materiallarni yaratishdan ancha murakkab.

Vaqtning ko ‘proq talab etilishi. Multimediali materiallarni mustaqil

ravishda yaratish singari multimediadan ta’lim oluvchi sifatida foydalanish ham birmuncha ko‘proq vaqt sarflanishini talab etadi. Ayniqsa, multimediali ta’lim vositalarini yaratish uchun ko‘p vaqt va diqqat kerak bo‘ladi.



Dasturiy ta ’minot va texnika vositalarini sozlash va foydalanishda

vujudga keladigan muammolar. Multimediali ta’lim vositalaridan samarali foydalanishni ta’minlash uchun dasturiy ta’minot va texnika vositalari talab darajasida sozlangan bo‘lishi zurur. Bunda multimediali ta’lim materiallarini taqdim etish jarayoni matnlarni tahrirlash va aks ettirishning oddiy vositalariga qaraganda yanada yuqori sifat va keng imkoniyatlar talab etadi.

Axborotlarni kompyuter ekranidan o ‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar.

Kompyuter ekranidan axborotlarni o‘qish qog‘ozga chop etilgan axborotlarni

o‘qishga qaraganda noqulayroq. To‘liq o‘qib chiqishni talab etadigan katta hajmdagi matnli axborotlarni, shuningdek, gazeta, kitob va jurnallarni qog‘ozda chop etilgan variantda o‘qish birmuncha qulay. Aksariyat hollarda multimedia vositalarida zarur axborotlarni topish va uni qog‘ozga chop etib olish uchun ma’lumotlarni qidirish quroli taqdim etiladi.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin