Multimediali pedagogik dasturiy vositalar yaratish texnologiyalari



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə2/7
tarix02.01.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#40985
1   2   3   4   5   6   7
multimediali pedagogik dasturiy vositalar yaratish texnologiyalari

Axborotlar va axborot texnologiyalari haqida umumiy ma`lumotlar.

Axborot – so’zi lotincha «informatio» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, «tushuntirish, bayon etish» - degan ma’nolarni anglatadi. Ko’p hollarda «axborot» so’zi o’rnida «berilganlar» degan ancha farq qiluvchi so’zi ham ishlatiladi. Axborot – aniq va amalda ishlatiladigan xabardir. Berilgan(ma’lumot)lar esa, xabar va kuzatishlarni o’z ichiga oladi. Biror zaruriyat bo’yicha imkoniyat tug`ilganda, masalan, narsa to’g`risidagi bilimini oshirish paytida u axborotga aylanadi.

Umuman axborot – keng ma’noda: haqiqiy dunyoni aks etishi; tor ma’noda: saqlash, uzatish, o’zgartirish va boshqarish predmetidan iborat ixtiyoriy ma’lumotlardir.

Zamonaviy mazmunda – axborot – odamlar orasidagi, odamlar bilan jonli va jonsiz tabiat, xususan EHM orasidagi ma’lumot almashinuvi bo’lib, keng ma’nodagi ilmiy tushunchadir.

Informatika – insoniyat faoliyatining bir sohasi bo’lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida ularni qayta ishlash, shu bilan bir qatorda tadbiq muhiti bilan o’zaro bog`liq bo’lgan jarayonlarning aloqadorliklarini o’z ichiga oladigan ko’nikma va vositalar tizimidir.

Axborot texnologiyalari – axborotni yig`ish, saqlash, uzatish, o’zgartirish, qayta ishlash usul va vositalari yig`indisidan iborat.

O’qitishning yangi axborot texnologiyasi deganda – faqat o’quv tarbiya jarayonga qo’llanishi mumkin bo’lgan eng yangi axborot texnologiyalarni tushuniladi.

Yangi axborot texnologiyalari - turli toifali foydalanuvchilar tomonidan EHM asosida axborot olish va qayta ishlash bo’yicha xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat.

Axborot texnologiyalari – ijtimoiy hayotining barcha sohalari uchun axborot yaratish, to’plash, uzatish, saqlash, va qayta ishlash hisoblash texnikasi va aloqa tizimlaridan foydalanishdir.

O’qitishdagi informatsion va telekommunikatsion texnologiyalar - bu talabalarga kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalari yordamida axborot uzatish usul va metodlarining majmui, bilimlarni o’zlashtirishni tekshirish, real hayotda olingan bilimlarni qayta ishlash va ulardan foydalanish.

Dasturli ta’minot boshqaruvchi muhit bo’lib, talabaning harakat-larida sodir bo’ladigan vaziyatga qarab, mos javob beradi. Dastur ta’minoti maxsus ishlab chiqilgan yoki o’qitishda qo’llanishga moslangan bo’ladi.

O’qitishda qo’llaniladigan dastur ta’minoti vazifasiga qarab quidagicha tavsiflanadi:



  • o’quv materialining interaktivligi, multimediyaligi, katta hajm va gipermatnliligini ta’minlaydigan elektron intellektual darsliklar asosida avtomatik o’qitish tizimlari;

  • mikromirlar deb ataluvchi fanga yo’naltirilgan muhitlar;

  • laboratoriya mashg`ulotlari;

  • trenajyorlar;

  • ma’lumotnoma tizimlar;

  • kompyuterli o’yinlar.

Avtomatlashtirilgan o’qitish tizimi o’quv kursini yoki uning katta bo’limini mustaqil o’zlashtirishga imkon yaratadi. Bu tizim o’zida oddiy darslik, masalalar to’plami, laboratoriya mashg`ulotlari, ma’lumotnoma va o’zlashtirilgan axborotni tekshiruvchi ekspert xususiyatlarini mujassamlantirgan:

  • materialni o’rganishning maqbul yo’lini ta’minlaydi, ya’ni talabaga nazariyani o’zlashtirish va misollar hamda namunaviy masalalarni yechish ko’nikmalarini ishlab chiqish navbat-tartibini mustaqil tashkil etishiga, shuningdek olgan bilim va ko’nik-malari sifatini o’zi tekshirishiga imkon beradi;

  • tahlil va tadqiqotchilik faoliyati ko’nikmalarini singdiradi;

  • o’quvchining vaqtini tejashga imkon beradi.

Fanga yo’naltirilgan muhit o’quv dasturlari paketidan iborat bo’lib, ma’lum klass ob’ektlari bilan ish ko’rishga, ular o’rtasidagi munosabatni va ob’ektlar hamda munosabatlar ustida olib boriladigan ishlarni bajarishga, shuningdek ob’ektlarni va ularning xossalarini yaqqol tasavvur etishga imkon beradi.

Talaba muhit ob’ektlari bilan ish ko’rganda topshirilgan didaktik masalaga erishish, yoki mustaqil tadqiqotlarni bajarishni maqsad qilib qo’yadi.




Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin