Multimediali pedagogik dasturiy vositalar yaratish texnologiyalari



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə3/7
tarix02.01.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#40985
1   2   3   4   5   6   7
multimediali pedagogik dasturiy vositalar yaratish texnologiyalari

Tekshiruvchi dasturlar bilimlar sifatini tekshirish va baholash uchun mo’ljallangan.Ular o’quvchiga: javobni umum qabul qilingan shaklga maksimal yaqin-lashtirilgan hollda kiritish; tekshirish natijalarini saqlash, yig`ish, raspechatka olish (qog`ozga ko’chirish) va statistik tahlil qilish; javobning shakli va sintaktik (gapning tuzilish) savodliligidan qat’iy nazar, adekvat baho olish imkonini berishi lozim.

Ma’lumotnoma tizimlari – bu ma’lumotnomaga o’xshagan turli o’quv axborotlarini saqlash va o’quvchiga ko’rsatish uchun mo’ljallangan dasturlardir. Bu dasturlarda o’quv materiali iyerarxik tartibda joylashtiriladi va axborotni turli belgilariga qarab tez izlab topish mumkin bo’ladi. Ular kontekst ma’lumotni olish, saqlash va nusha chiqarishni ta’minlaydi.

Videokompyuterli o’qitish texnologiyasi – talabalarning faol bilish, bilim orttirish jarayonlarini rag`batlantiruvchi texnologiyadir. Bu texnologiya o’quv axborotlarining verbal va tasavvurli shakllarini birgalikda namoyon etish, o’qitish jarayonini maqsadlarga moslashtirish imkonini beradi. Talabalar kompyuter bilan individual o’qitilganda darslarda kommunikativ faoliyat ko’rsata olmaydi, bundan tashqari, muammoli o’qitish zaminidagi evristik aspekt yo’qqa chiqadi..

O’qitishning videokompyuterli modelini ochiq tizim sifatida qarab, unga o’qitishning boshqa an’anaviy vositalari qo’shilishi mumkin. Albatta, har bir alohida holda verbal-vizual va tasvirli axborotning salmog`i o’zgarishi mumkin. Bularning barchasi kompyuterli va videotexnologiyalar tasvirlash vositalarining mazmuni va xususiyatlariga va mazkur mavzuni o’rganishda erishish lozim bo’lgan didaktik maqsadlarga bog`liq.

Hozirgi kunda kompyuterlar ta’lim tizimida asosan to’rt yo’nalishda foydalanilmoqda:

-o’rganish ob’ekti sifatida;



  • o’qitishning texnik vositalari sifatida;

  • ta’limni boshqarishda;

  • ilmiy-pedagogik izlanishda.

Kompyuterli o’qitishning afzalliklari juda ko’p: o’quvchilarda ma’lum malakalarni shakllantirish vaqti qisqaradi; mashq qilinadigan topshiriqlar soni oshadi; o’quvchilarning ishlash sur’ati jadallashadi; kompyuter tomonidan faol boshqarishni talab qilinishi natijasida o’quvchi ta’lim sub’ektiga aylanadi; o’quvchilar kuzatishi, mushohada qilishi qiyin bo’lgan jarayonlarni modellashtirish va bevosita namoyish qilish imkoniyati hosil bo’ladi; kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda darsni uzoqdagi manbalar bilan ta’minlash imkoniyati hosil bo’ladi; kompyuter bilan muloqot didaktik o’yin xarakterini oladi va bu bilan o’quvchilarda o’quv faoliyatiga motivatsiya kuchayadi va hokazo.

Kompyuterli ta’lim jarayonida ta’lim o’quvchi va kompyuter orasidagi munosabatlarga ko’ra tashkil etiladi, boshqariladi, nazorat qilinadi.

Kompyuterli ta’limni tashkil etish – o’quvchi bilan o’quv materiali o’rtasidagi bog`lanishni kompyuter vositasida yo’lga qo’yish. O’quvchi bilan o’quv materiali o’rtasidagi bog`lanishni tashkil etish uchun ta’lim loyihalanadi. O’quvchilarning o’quv ishlarini tashkil etish, ular faoliyatini rag`batlantirish tegishli vositalar asosida modellashtiriladi.

Ta’lim jarayonida foydalanishga mo’ljallangan ko’plab elektron o’quv materiallari yaratilganki, unga elektron darslik, elektron o’quv qo’llanma, o’rgatuvchi dastur vositalari kabilarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Ular o’zida boshqarilish imkoniyati, interfaol uslublar, sun’iy intellekt elementlari, hissiy moslashuvchanlik kabi xususiyatlar muvjudligiga ko’ra ta’limda ma’lum samaradorlikni ta’minlaydi.

Kompyuterlarni o’quv jarayonida qo’llash quyidagilarga imkon beradi:

- o’quvchilarda bilish ehtiyojini shakllantiradi;

- o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi;

- o’quvchilarda fanni o’rganishga qiziqishni oshiradi;

- kompyuter bilan ishlashni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqni oshiradi;

- kompyuterlardan foydalanish bilan bog`liq dunyoni ilmiy bilishning hozirgi zamon metodlari bilan tanishtiradi;

- ta’limda o’quvchining individuallik darajasini oshiradi;

- o’quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi;

- materiallar mazmunining xilma-xilligini ta’minlaydi;

- ta’limda foydalaniladigan o’quv materiallari doirasini kengaytiradi;

- ta’limda ko’rgazmalilikni kuchaytiradi;

- o’quvchilarning o’z-o’zini nazorat qilishi, ya’ni baholash jarayonining omillarini kengaytiradi va h.k.

Kompyuterli ta’lim tamoyillari:

-ilmiylik

-tizimlilik va ketma-ketlik

-ko’rgazmalilik

-o’quvchilar faoliyatini individuallashtirish

-nazariyaning amaliyot bilan aloqadorligi

-tushunarlilik

-fanlararo, ham fan ichidagi bog`liqlikni ta’minlash

-fanning turmush bilan bog`liq bo’lishi

-bilish faoliyatini faollashtirish

-izlanishga o’rgatish

Kompyuterli ta’lim vositalarini quyidagi to’rt guruhga ajratish mumkin:






Pedagogik, kompyuter va axborot texnologiyalar ta’lim jarayonini tashkil etish, tayyorlash, ilmiy-metodik materiallar bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini amalga oshirish, ta’lim natijalarining sifatini baholashdan iborat bo’lgan yaxlit tizimda o’z ifodasini topadi.

Matematika fanlarini o’qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta`minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir.

Kompyuter texnikalarini ta`lim muassasalariga tatbiq etish, o’qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo’l ochib beradi.

Keyingi o’n yillikda matematika fanini o’qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo’nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o’rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o’yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi.

Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan o‘quvchilarga ta’lim berish va qayta tayyorlash jarayonida keng foydalanish, kelajakda etuk va yuqori malakali mutaxassislarni kamol toptiradi.

Distant uslubi asosida o‘quvchilarni o‘qitish hozirgi kunning eng rivojlanib borayotgan yo‘nalishlaridan bo‘lib, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar ma’lum bir masofada joylashgan holda ta’lim berish tizimidir.

Multimedianing amaliy dasturlari.

Multimedia -tizimlar hozirgi paytda ta’lim va kasbga tayyorlash sohasida, nashriyot faoliyatida (elektron kitoblar), biznesni kompyuterlashtirish uchun (reklama, mijozlarga xizmat ko‘rsatish), axborot markazlarida kutubxona, muzey) va hokazolarda muvaffaqiyatli ko‘llanilmoqda. Bilimlarni chuqirlashtirishda, o‘qitish muddatini qisqartirishda va bir o‘qituvchiga tinglovchilar sonini oshirishga imkon beruvchi kompyuterli dars beruvchi multimedia tizimlar alohida o‘rin egallaydi.Kompyuterli dars berish tizimlari axborot izchil ravishda taqdim etiladigan videokassetadagi kurslarga qiyoslaganda kuchli tarmoq imkoniyatlariga ega va tinglovchilarni kiziqtirgan mavzuga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishga imkon beradi. Bundan tashqari, mazkur tizimlar bilimlarni o‘zlashtirish va ko‘nikmalarga ega bo‘lish jarayonlarini baholash va nazorat qilishning samarali vositalari bilan jihozlangan.

Elektron kitoblar. CD-ROM rusumidagi katta hajmli uncha qimmat bo‘lmagan xotira - qurilmalarning mavjudligi tufayli elektron kitoblarning paydo bo‘lishi mumkin bo‘ldi. Elektron kitob atamasi sahifalari displey ekranida tasvirlanadigan yangi rusumdagi kitobni anglatadi. Boshqacha aytganda, bu axborot interaktiv tizimi foydalanuvchi (o‘quvchi) uchun sahifama - sahifa tashkil etilgan axborotga kirishni ta’minlaydi.

Elektron kitob sahifalaridagi axborot uch xil bo‘lishi mumkin: estetik (kitobning "yoqimli" ko‘rinishini belgilovchi va uning o‘quvchiga ta’sirini kuchaytiruvchi), axborot (kitob mazmunini ochib boruvchi) va nazorat (piktogramma, ikona, dialogli darchalar, dinamik menyu va hokazolar ko‘rinishida taqdim etilgan material).

Elektron kitoblarni to‘rt sinfga:qomusiy, axborot, o‘qituvchi va imtihon oluvchilarga bo‘lish mumkin.

Elektron kitoblarning birinchi xili muayayn mavzu bo‘yicha ulkan hajm dagi axborotni o‘zida saqlaydi. Crolier Enceclopedia , Comptons Multi media Enceclopedia , Mikrosoft Bookshelf va boshqa shu kabi mashhur mahsulotlar misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Elektron kitobning ikkinchi xili birinchisiga o‘xshamaydi, biroq bu kitoblarda saq lanuvchi axborot unchalik keng emas va maqsadga yo‘naltirilgan xususiyatga ega. Masalan , Oxford extbook of Medicine on Compact Disk, Elsevie , s Aktive Library on Corrosion va bosh q alar . Uchinchi xil elektron kitoblar amaliyotda ko‘p tarqalgan va ta’lim jarayonida , bolalar bog‘chalarida ( masalan , Broderburd , s Living ook) hamda o‘qishdan keyingi malaka oshirish kurslarida foydalanishi mumkin . Bundan tash q ari , mazkur kitoblar badiiy asarlarni o‘zida sa q lashi mumkin ( masalan , Herman Melville , s Moby Dick, Gustave Flaubert , s adam e Bovary, Michael Crichton , s Jurassic Park, Adam Hitchhiker , s Guide to alaxy). T o‘ rtinchi xil kitoblarda uch mu h im komponent : masalalar ( vazifalar ) banki , testlash va javoblar moduli , ta h lil va ba h olash uchun o‘q uvchi javoblaridan foydalanuvchi ekspert tizimi ma vjud .

YUqorida keltirilgan elektron kitoblar tasnifi yagona emas. Masalan, elektron kitoblarda saqlanuvchi axborot turi: matnli kitoblar, statik

rasmlar, berilgan kitoblar, harakatlanuvchi rasmli kitoblar, "gapiradigan"

kitoblar, multimedia -kitoblar, gipermedia-kitoblar, telemedia-kitoblar va kibemetik kitoblarga ko‘ra tasnif qilish taklif etilgan edi.

Aftidan, faqat keltirilgan tushunchalardan ayrimlarigina qo‘shimcha sharhlashga muhtoj.

Multimedia-kitoblar bitta tashuvchida (CD - ROM yoki magnit diskda) yozilgan va bir chiziqda (to‘g‘ri) tashkil qilingan, ya’ni zarur axborot

izchil ravishda aks ettirilgan matn audio, statik tasvir va videodan foydalaniladi.

Polimedia - kitoblarda, avvalgilardan farqli ravishda o‘quvchi axborotni aqdim etish uchun bir necha turli tashuvchilar ( CD - RO M , magnitli disk, og‘oz va boshqalar) kombinatsiyasidan foydalaniladi. Gipermedia - kitoblar, multimedia - kitoblar bilan ko‘p umumiylikka ega bo‘lsa - da, o‘zidagi xborotning notekis tashkil etilishi bilan farqlanadi, masalan, o‘quvchi sichqon" yordamida asosiy materi alni bir chetga qo‘yib, kontekst va oydalanilayotgan usul bo‘yicha atama va tushunchalar tizimiga tuzatishlar, arhlar so‘rashi mumkin. Intellektual - kitoblar ma’nosi jihatidan lgari iritilgan imtihon oluvchi kitoblarga yaqinva o‘quvchi qobilyatlariga u bilan uloqot jarayonida jadal moslashishi mumkin. So‘nggi ikki kitobning stiqboli ham qiziqligi shubhasizdir. Telemedia - kitoblar masofadan urib o‘qitadigan taqsimlovchi interaktiv tizimni qo‘llab - quvvatlash uchun elekomunikatsiya imkoniyatlaridan foydalanadi. Kibemetik -kito blar ham matematik modellash vositalarini o‘zida saqlaydi va shu bois bayon tilgan hodisalar va ob’ektlarni har tomonlama o‘rganish hamda tadqiq tish mkoniyatini o‘quvchiga taqdim etadi.

O‘qitish axborot ta’minotini yaratish turli soha mutaxassislarini jalb etilishini talab qiladigan, uzoq muddatli va qimmat jarayondir. Bu holda axborot ta’minoti bo‘shlig‘ini kompyuter o‘quv ilovalarini yaratish bilan amalga oshiriladi.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin