Multisim dasturi – kompyuterda virtual elektron laboratoriya bo’lib hisoblanadi. Unga asos qilib professional modellash dasturi pspice



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə18/20
tarix01.05.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#105654
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
di

Yong‘in xavfsizligi choralari
yongin nazorat qilib bo‘lmaydigan yonish jarayoni bo‘lib, yonuvchan moddalar va issiqlik energiyasi manbalari saqlanayotgan joylarda yuz berishi mumkin.
Qattiq moddalar (ko‘mir, yog‘och, qog‘oz), suyuqliklar (neft, kerosin, benzin, benzol) va gazlar (vodorod, metan, propan va hokazo) yonuvchan bo‘lishi mumkin. Elektr mashina va apparatlarda uchqun chiqishi yoki elektr yoy paydo bo‘lishi, o‘ta yuklanish toklari ta’sirida simlarning izolyatsiyasi alangalanish temperaturasigacha qizishi, simlarning ulangan joylarining kontaktdagi katta o‘tish qarshiligi hisobiga qizishi, gaz alangasida payvandlash va boshqa ishlarda o‘tdan extiyotsizlik bilan foydalanish, ba’zi materiallarning o‘z-o‘zidan yonibketishi va boshqa sabablar tufayli yong‘in chiqishi mumkin.
Muassasalardagi xonalar, omborlar va ochiq ustanovkalarda yong‘inni o‘chiradigan vositalar ko‘zda tutiladi. Yong‘inni o‘chirish uchun suv, suv bug‘i va maxsus ximiyaviy moddalardan foydalaniladi. Suv — eng arzon va keng tarqalgan vosita, ammo u benzin, benzol, kerosin va boshqa oson alangalanadigan, zichligi kichik suyuqliklarni, shuningdek suv bilan qo‘shilganda o‘zidan yonuvchan modda ajratadigan kalsiy karbid yoki selitra kabi moddalarni o‘chirishga yaramaydi. Kuchlanish ta’sirida bo‘lgan ustanovkalarni ham suv bilan o‘chirib bo‘lmaydi.
Suv bug‘i yopiq xonalarda chiqqan yong‘inni o‘chirishda ishlatiladi. U bo‘shlikni to‘ldirib bu yerdagi kislorod miqdorini kamaytiradi va yonayotgan moddaning temperaturasini pasaytiradi. Undan elektr mashinalarning chulg‘amlari xamda har xil qattiq va suyuq moddalarni o‘chirish uchun foydalaniladi.
Yonayotgan elektr ustanovkalarni o‘chirayotganda uni tarmoqdan uzib qo‘yish yuzasidan shoshilinch choralar ko‘riladi. Yong‘in o‘chirilgach, ishga tushirishdan oldin ustanovkani tozalash va ahvolini tekshirish zarur.
Samarali o‘chirish vositalaridan foydalanilganda ham yong‘in katta zarar yetkazadi. Yong‘inning oldini olish xalq boyligini saklab kolishga yordam beradi. Bu ish asosan Muassasada yong‘inga qarshi rejimga qat’iy amal qilinishidan iborat. Muassasa xonalarida tozalik va tartibga rioya qilinishi, ularda keraksiz narsalar saqlanmasligi kerak. Materiallar chiqindilari, latta-puttalar, qiriidi, qipiq muntazam ravishda maxsus ajratilgan joyga chikarib tashlanishi lozim. Artish uchun ishlatilgan materiallar (latta-puttalar) qopqokli metall yashiklarda saqlanishi lozim, chunki ular o‘z-o‘zidan yonib keti-shi mumkin. Ularni tashqariga chiqarib, yoqib tashlash yoki tuproq bilan ko‘mib yuborish zarur.
yongin jihatidan xavfli oson alangalanuzchan va yokuvchan suyuqliklarni ish o‘rnida bir marta ishlatishga yetadiganidan ortiq miqdorda saqlash qat’iy man etiladi.
Ximiyaviy o‘t o‘chirish vositalaridan eng ko‘p qo‘llaniladigani uglerod dioksid (SO2) dir. Bu modda tez bug‘lanib, qorsimon modda hosil qiladi va-yonayotganmoddani sovitadi hamda kislorod miqdorini kamaytiradi. Elektr o‘tkazuvchanligi kichikligi tufayli SO2 dan kuchlanish ta’sirida bo‘lgan, yonayotgan elektr ustanovkalarni o‘chirishda foydalanish mumkin.



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin