Multisim dasturi – kompyuterda virtual elektron laboratoriya bo’lib hisoblanadi. Unga asos qilib professional modellash dasturi pspice



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə2/20
tarix01.05.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#105654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
di

ElectronicsWorkbench dasturida modellash va natijalarni olish o’zining tezkorligi va qulayligi bilan ajralib turadi. Lekin to’g`ri natijalar olish uchun foydalanuvchi dastur bilan ishlash qoidalari va usullarini o’zlashtirgan va ularni elektron sxemalardagi jarayonlarni o’rganish va tadqiq qilish uchun qo’llash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. Workbench dasturi standart yondoshishda murakkab bo’lgan jarayonlarda elektron zanjirlarni tahlil qilishga imkon beradi. Yelectronics Workbench elektron zanjirlar ishlab chiaruvchi sanoat korxonalarida ham va elektron qurilmalarni o’rganayotgan oliy o’quv yurtlarida ham foydalanish mumkin. Undan narhi qimmat bo’lgan uskunalar o’rnida foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi - Oliy ta’lim muassasalarida ixtisoslik fanlarini o‘qitishda fanning nazariy va amaliy masalalarni yechish, laboratoriya mashg’ulotlarini bajarishga, injenerlik masalalarni amaliy jihatdan yechishga yordam bera oladigan kompyuter dasturini tuzish, o’qitishning yangi texnologiyalarini qo’llashdan iborat.
Ishning vazifasi – Elektron Workbenche kompyuter dasturida elektron qurilmalarning sxemalarini tuzish va virtual laboratoriyasini yaratishdan iborat.


I-bob. “MULTISIM” DASTURIDA SIMULYATSIYA QILISH USULLARI



    1. Multisim” modellashtirish dasturi

Multisim dasturi radioelektron qurilmalarni kompyuterda modellashtirish texnologiyalarini o'rgatish uchun xizmat qiladi. Bu dastur elektron komponentlarni o`rganishda, analog va raqamli elektron qurilmalarni sxemotexnik modellashtirishda, fizika va elektrotexnika qonunlarini o`rganishda ishlatiladi. Multisim dasturi sxemotexnik modellashtirish, elektron sxemalarni tuzish va tahlil qilish uchun mo'ljallangan.
Multisim dasturida sxemalar tahlilini o'zgarmas (DC) va o'zgaruvchan (AS) toklarda olib borish mumkin.
O'zgarmas tokda o'rnatilgan ish rejimida ishchi nuqtasi aniqlanadi. Bu rejimda ishchi nuqtasi parametrlari o'lchov asboblarida o'z aksini topmaydi, ular keyingi tahlillarda ishlatiladi. O'zgaruvchan tokda sxemalar modellari va ularning tahlili real vaqt va chastota sohalarida olib boriladi.
Multisim dasturida kirishga turli shakllardagi signallar berib, o'tish jarayonlarini tadqiq qilish mumkin. Dastur etarli darajadagi murakkab analog, analog- raqamli va raqamli sxemalarni analiz qila oladi.
Multisim dasturi ommalashgan elektron komponentlar kengaytirilgan kutubxonasiga ega.
O'lchov asboblarining ko`p va etarli darajada mavjudligi ko'p miqdordagi kattaliklarni aniq o'lchash, tahlil qilish va grafiklar tuzish imkonini beradi. O'lchov asboblari real asboblar darajisiga etkazilgan, ular bilan ishlash oson va qulay, noto'g`ri ulanganda dastur xatoni darrov ko`rsatadi. Multisim dasturi elementlarning ulanishini va umuman to'liq sxemani yaqqol ko'rsatib turadi. Modellashtirish natijalarini printerga chiqarish yoki matnli va grafik redaktorlarga import qilish mumkin. Dastur Windows standart interfeysida ishlaydi, bu holat uni ishlatishni osonlashtiradi.
Multisim dasturining “Multisim12” versiyasida rus tili xam mavjud, qolgan versiyalar asosan ingliz tilida chiqarilgan. Komponentlar kutubxonalariga passiv elementlar, tranzistor va diodlar, boshqariladigan manbalar, boshqariladigan klyuchlar, gibrid elementlar, indikatorlar, mantiqiy elementlar, trigger qurilmalari, analog va raqamli elementlar, maxsus kombinatsion va ketma- ketlik elementlari sxemalari kiradi.
Aktiv elementlarning ideal yoki real modellarini ishlatish mumkin, hamda elementlar kutubxonalariga yangi elementni kiritish mumkin.



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin