Multisim dasturi – kompyuterda virtual elektron laboratoriya bo’lib hisoblanadi. Unga asos qilib professional modellash dasturi pspice



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə5/20
tarix01.05.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#105654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
di

Otsillograf. Otsillografning old panedi 1.7-rasmda ko'rsatilgan.

1.7 - rasm. Otsillografning old paneli.

Otsillograf ikkita kanalga - Channel A va B ga ega bo'lib, sezgirliklar diapazonini 1 fV/katak (V/Div)dan to 100 TV/del (kV/Div)gacha alohida-alohida o'zgartirish, vertikal bo'yicha siljishni (Y POS) o'zgartirish imkoniyatiga ega.


Kirish bo'yicha rejim quyidagi tugma bilan amalga oshiriladi:



AC rejimi faqat o'zgaruvchan tok signallarini kuzatish uchun mo'ljallangan (uni boshqacha qilib “yopiq kirish” rejimi deyiladi, sabab bu rejimda kirishga ajratuvchi va o'zgarmas tashkil etuvchini o'tkazmaydigan kondensator ulanadi). 0 rejimida kirish qisqichi yerga ulanib qoladi. DC rejimida (maxsus talab qilinmaganda shu rejim o'rnatilgan bo'ladi) Otsillografik o'lchashlar o'zgamas


tokda ham, o'zgaruvchan tokda ham amalga oshiriladi. Bu rejimni yana “ochiq kirish” rejimi ham deyiladi, chunki kirish signali bevosita vertikal kuchaytirgich kirishiga ulangan bo'ladi. DC tugmasi o'ng tomonida kirish qisqichi joylashgan.

Yoyish (razvertka) rejimlari quyidagicha:


–Y/T rejimi (odatdagi rejim, maxsus talab qilinmasa shu rejim o'rnatilgan bo'ladi)


– vertikal bo'yicha signal kuchlanishi ko'rsatiladi, gorizontal o'q bo'yicha vaqt o'rnatiladi;


–B/A rejimi–vertikal bo'yicha B kanal signali, gorizontal bo'yicha –A kanal signali beriladi;

–A/B rejimi – vertikal bo'yicha A kanal signali, gorizontal bo'yicha –B kanal signali beriladi.


Y/T razvertka (yoyish) rejimida razvertka uzunligi (TIME BASE) 1 fs/kat (ns/div)dan to 1000 Ts/kat (s/div)gacha diapazonda o'rnatilishi mumkin, xuddi shu kattaliklarda o'lchanadigan siljish kattaligini, ya'ni X (X POS) o'qi bo'yicha o'lchashni amalga oshirish mumkin. Y/T rejimida kutish (jdushiy) rejimi (TRIGGER) ham ko'zda tutilgan, bu rejim (EDGE) razvertka rejimida ishga tushiruvchi signalning oldi yoki orqa fronti bilan yoqiladi va quyidagi tugmacha:




qo'llaniladi, boshqarilish va yoqilish darajasi (LEVEL), hamda AUTO rejimida (A yoki V kanaldan), A kanaldan, V kanaldan yoki TRIGGER boshqarish blogidagi qisqichga ulangan tashqi manbadan (EXT), ishga tushirilishi mumkin. Yuqorida keltirilgan ishga tushirish rejimlari quyidagi tugmachalar bilan amalga oshiriladi:



Otsillografni yerga ulash old panelning yuqori o'ng tarafida joylashgan GROUND klemmasi bilan amalga oshiriladi. Old paneldagi Expand tugmachasi bosilganda Otsillografning old paneli keskin o'zgaradi (1.8-rasm) – ekran o'lchami kattalashadi, tasvirni gorizontal yo'nalishda aylantirish imkoni tug`iladi, tasvirni vertikal vizir chiziqlari (ko'k va qizil rangli) bilan skanirovka qilish imkoni tug`iladi, bu chiziqlar uchburchak quloqchalar bilan kursor yordamida ekranning ixtiyoriy qismiga o'rnatilishi mumkin (ular 1 va 2 raqamlari bilan ham belgilangan). Bu vaqtda ekran pastidagi indikator oynachalarida kuchlanishlarni o'lchash natijalari, vaqt intervallari va ularning o'sishlari (vizir chiziqlar o'rtasidagi) qayd etiladi. Tasvirni REVERSE tugmachasi bilan invertirlash mumkin va natijalarni SAVE tugmachasini bosish bilan faylga yozib qo'yish mumkin. Otsillografni boshlang`ich holatga REDUCE tugmasini bosish bilan keltirish mumkin.





Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin