Multimetr. Multimetrning old paneli (1.4 - rasm) o'lchov natijalarini qayd qiluvchi displey, sxemaga ulash uchun «–» va «+» klemmalari, va quyidagi boshqaruv tugmalari:
– tok, kuchlanish, qarshilik va susayish (so'nish)ni tanlash rejimlari;
– multimetr parametrlarini o'rnatish rejimi
paydo bo`ladi.
Bu tugmani bosilgandan keyin dialog oynasi paydo bo'ladi (1.5 - rasm). Bu oynada quyidagilar keltirilgan:
– Ammeter resistance – ampermetrning ichki qarshiligi;
– Voltmeter resistance – voltmetrning kirish qarshiligi;
– Ohmmeter current – o'lchanayotgan tok diapazoni;
1.5 - rasm. Multimetr parametrlarini sozlash oynasi.
dB relative value – susayish yoki kuchayishni detsibellara o'lchashda etalon kuchlanish VI ni o'rnatish (maxsus talab qilinmasa, V1=1 V). Bu vaqtda o'tish koeffitsienti quyidagi formula bilan aniqlanadi:
K[dB] = 20log(V2/V1), bu erda V2 - kontrol nuqtadagi kuchlanish.
Funksional Generator. Generator oldi panelining tasviri 1.6 - rasmda berilgan. Generatorni boshqarish quyidagi organlar bilan amalga oshiriladi:
– chiqish signali shakli (sinusoidal, uchburchakli va to'rtburchakli);
– frequency – chiqish signali chastotasini o'rnatish;
– duty cycle – to'ldirish koeffitsienti qiymatini % larda o'rnatish. Impuls signallari uchun bu qiymat impuls uzunligini qaytarilish davriga nisbati bilan, uchburchak signallar uchun oldingi va keyingi frontlar uzunliklari nisbati bilan o'lchanadi.
– amplitude – chiqish signali amplitudasini o`rnatish ;
– offset – chiqish signali siljishini (doimiy tashkil etuvchisini) o'rnatish;
– chiqish qisqichlari. COM klemmasini (obshiy) erga ulaganimizda «–» i «+» klemmalarida parafazali signal olamiz.
1.6 - rasm. Funksional generatorning old paneli.
Dostları ilə paylaş: |