Multisim dasturi – kompyuterda virtual elektron laboratoriya bo’lib hisoblanadi. Unga asos qilib professional modellash dasturi pspice


“Multisim14” dasturida elektr o’lchov asboblari



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə3/20
tarix01.05.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#105654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
di

1.2. “Multisim14” dasturida elektr o’lchov asboblari
Multisim-14da oddiy o'lchov asboblari (voltmetr va ampermetr) Indicators (indikator qurilmalar) guruhida joylashgan

tugmasi bosilganda Indicators menyusi paydo bo'ladi (1.1-rasm)





1.1-rasm. Indikatsiya elementlarini tanlash menyusi.


Indicators menyusidan maydonga tushiriluvchi asboblarning soni cheklanmagan. Agar element tasviriga sichqonchaning o’ng tugmasi (SO'T) bosilsa, ekranda menyu paydo bo'ladi, bu menyu yordamida “Sxemalarni tayyorlash” bo'limidagi qator amallarni bajarish mumkin.


Bu buyruq Circuit menyusida ham takrorlangan. Bu buyruq bajarilganda bir necha oynachali dialog oyna paydo bo'ladi. Bu oynachalar komponentlar parametrlarini o'rnatish uchun qo'llaniladi (1.2. a - rasm voltmetr va 1.2.b - rasm ampermetr uchun).






  1. b)

1.2 - rasm. Voltmetr (a) va ampermetr (b) ni sozlash oynasi


Bu oynachalarda Resistance satrida voltmetr ichki qarshiligi (katta qiymat bo'lishi kerak) va ampermeir ichki qarshiligi ( kichik qiymat bo'lishi kerak). Mode satrida o'lchanayotgan kuchlanish tok) turi belgilanadi:
– DC – doimiy kuchlanish (tok);
– AC – o'zgaruvchan kuchlanish (tok).
Murakkab kontrol-o'lchov asboblari va labview asboblar paneli ishchioynaning o’ng tomonida joylashgan. 1.2-rasmda murakkab o’lchov asboblarining paneli ko’rsatilgan.

1.3 - rasm. Murakkab kontrol-o'lchov asboblari paneli.


Sxema yig`ilayotgan paytda o'lchov asbobi tasviri kursor bilan siljitilib maydonga tushiriladi va simlar yordamida tekshirilayotgan sxemaga ulanadi. O'lchov asbobini ishchi (yoyilgan) holatga keltirish uchun uning tasviri ustida ikki marta kursorni bosish kerak.





1.4 - rasm. Multimetrning old paneli.





Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin