Multisim dasturi – kompyuterda virtual elektron laboratoriya bo’lib hisoblanadi. Unga asos qilib professional modellash dasturi pspice


Mantiq sxemalar va mantiqiy elementlar haqida umumiy tushunchalar



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə8/20
tarix01.05.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#105654
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
di

Mantiq sxemalar va mantiqiy elementlar haqida umumiy tushunchalar
Mantiqiy elementlar(ME) deb turli xil raqamli signallar ustida Bull algebrasi qonunlariga bo’ysungan holda mantiqiy amallar bajaradigan mantiqiy sxemalarga(MS) aytiladi. MS larning asosiy elementi tranzistor hisoblanadi. MSlarda tranzistorlar faqat kalit rejimida ishlaydi, yani tranzistor yoki to’liq ochiq yoki yopiq bo’lishi mumkin. MSlarning tarkibiga kiruvchi barcha elementlar yarim o’tkazgich materiallardan tayorlanadi. MS lar integral sxema ko’rinishida ishlab chiqariladi. mantiqiy elementlarning sxemalarda belgilash uchun maxsus belgilardan foydalaniladi yani uning tarkibiga kiruvchi barcha elemantlar ko’rsatilmasdan maxsus belgilardan foydalanishga kelishilgan. Mantiqiy elemenlarning bajaradigan amaliga qarab bir necha xillari mavjud. Ular asosan 4ta. Qolgan barcha mantiqiy elementlar shu 4 elementni turli xil kombinatsiyalarda ulab xosil qilish mumkin. Mantiqiy elementlarda hisoblash jarayoni faqat ikkilik sanoq sistemasida bajariladi. Mantiqiy elementlar ikki xil kuchlanish qiymatini tushunadi yani 0V kuchlanishni 0 deb 3.5……12Vgacha 1deb qabul qilinadi. Mantiq algebrasida 0 ifoda yolg’on 1 ifoda rost deb qabul qilinadi.

  1. Mantiqiy inkor elementi. Belgilanishi (2.1-rasm).


2.1-rasm. Mantiqiy inkor “not” elementining belgilanishi va rostlik jadvali.
Mantiqiy inkor elementi ayrim adabiyotlarda invertor xam deyiladi. Mantiqiy inkor elementining chiqishidagi signal doim kirishga teskari bo’ladi. Chiqishda Aning ustidagi chiziq bu chiqish inverslangan chiqish ekanini bildiradi. Sxemada inverslangan chiqish aylana belgisida ko’rsatilgan bo’ladi. Mantiqiy inkor elementi yordamida RS triggerlardan D triggerlar hosil qilishda va ma’lumotlarni inverslash va konvertatsiyalashda foydalaniladi.

  1. Mantiqiy “YOKI” elementi. Mantiqiy yoki elementi ikkita kirish va bitta chiqish uchlariga ega bo’lib kirish uchlarining hech bo’lmaganda bittasiga 1 signali berilsa ham ikkalasiga berilsa ham chiqishda 1 signalini olinadi. Faqat ikkala kirishga ham 0 signal berilsagina chiqishda 0signal olishimiz mumkin. Mantiqiy “YOKI” elementining belgilanishi


2.2-rasm. Yoki elementining belgilanishi va rostlik jadvali.
Mantiqiy VA elementi belgilanishi: & mantiqiy VA elementining sxemada belgilanishi quyidagicha belgilanadi(2.3-rasm). Mantiqiy VA elementida ham ikkita kirish va bitta chiqish uchi mavjud. Mantiqiy VA elementida qachonki ikkita kirishga 1(rost) signal berilgandagina chiqishda rost signal olishimiz mumkin. Qolgan barcha holatlarda chiqishda yolg’on natija olinadi.

2.3-rasm. Mantiqiy VA elementining belgilanishi va rostlik jadvali.
Mantiqiy “istisno qilingan yoki elementi” yoki XOR elementi. Bu element yordamida mantiqiy qo’shish amali bajriladi. XOR elementi sumatorning asosiy elementi hisoblanadi. XOR elementining faqat bitta kirishigagina rost ifoda berilgandagina chiqishda rost natija olishimiz mumkun. XOR elementi yordamida kompyuter qo’shish amalini bajaradi. XOR elementiniing sxemada belgilanishi va rostlik jadvali 1.4-rasmda ko’rsatilgan. Mantiqiy elementlar sxemalarda asosan uch xil standartda belgilanadi, ГОСТ, DIN va ANSI.



2.4-rasm. XOR elementining sxemada belgilanishi va rostlik jadvali.


2.5-rasmda mantiqiy elementlarning turli standartlar bo’yicha belgilanishi ko’rsatilgan.



2.5-rasm. Mantiqiy elementlarning turli standartlar bo’yicha belgilanishi.
Oldinda aytilganiday barcha raqamli qurilmalar sodda mantiqiy elementlar asosida quriladi. Asosan bu mantiqiy elementlarni mantiqiy algebraning sodda funksiyalari bajaradi. Eng sodda mantiqiy elementlar bir argumentli funksiyalar orqali tavsiflanadi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan mantiqiy funksiyalarni va ularning sxemalardagi tasvirlarini ko‘rib chiqamiz. Barcha bir argumentli funksiyalar orasidan faqat (mantiqiy YOQ) funksiya amaliy axamiyatga ega.
16 ta funksiyadan biz uchun f1, f6, f7, f8 и f14 lari asosiy bo‘ladi

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin