Multisim dasturi – kompyuterda virtual elektron laboratoriya bo’lib hisoblanadi. Unga asos qilib professional modellash dasturi pspice


Mantiqiy elementlar sxemotexnikasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə13/20
tarix01.05.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#105654
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
di

Mantiqiy elementlar sxemotexnikasi.
Mantiqiy elementlar sxemotexnikasiga oid bie nechta misollarni ko’rib chiqamiz.
2.13-rasm. Ko’rib chiqilayotgan misollarimizda oddiy elementlardan mantiqiy elementlarning ekvivalent sxemasi sifatida foydalanilgan.



2.13-rasm. Diod asosida yig’ilgan oddiy mantiqiy element sxemalari.


a) diodli mantiqiy ko’paytirish elementi б) diodli qo’shishi mantiqiy elementi в) kaskadli ulanish sxemasi.
to’g’ri mantiq uchun a) mantiqiy ko’paytirish b) mantiqiy qo’shish amalini bajaradi. Teskari mantiq uchun esa aksincha. Agar manba kuchlanishini E=5V deb hisoblasak kirish signallarini 0 yoki 5V deb qabul qilish mumkin. Kirishlar (2.3-a rasm) X1 X2 X3 larning hech bo’lmaganda bittasiga nol signal berilgan bo’lsa signal berilgan diod ochiq holatda bo’ladi va chiqishdagi signal 0V ga yaqin bo’ladi va yolg’on ifoda deb qabul qilinadi. Agar hamma kirishlarga 1 yani 5V rost ifoda berilsa chqishda ham 1 rost ifoda olishimiz mumkin. Diodlardan tuzilgan bunday mantiq sxemalardan hozirgi kunda foydalanilmaydi. Har qanday mantiqiy sxema birinchhi navbatda kompyuterda modellashtiriladi. Kompyuterda modellashtirishni o’rganishda multisim dasturi eng qulay dasturlardan hisoblanadi.
2.2 Multisim dasturida mantiq sxemalarni qurish.
Multisim dasturida mantiq sxemalarni qurishda mantiq sxemalarni ishlash tamoyili haqida tushuncha hosil qilishimiz uchun avval tranzistorli kalit sxemalardan mantiqiy elementlarga ekvivalent bo’lgan sxemalarni tuzamiz.
Rezistor tranzistorli mantiq(RTM): bunday sxemalarning tarkibiy elenmentlari resistor va tranzistor xisoblanadi. RTM li mantiq sxemasini Multisim dasturida yig’ish uchun quyidagi ketma-ketliklarni bajaramiz.

  1. Multisim dasturini ishga tushiramiz.

  2. Multisim dasturi kutubxonasidan kerakli elementlar va o’lchoc asboblarini ishchi oynaga joylashtiramiz.

Kerakli elementlar va asboblar:

  1. Istalgan past quvvatli tranzistor, pnp va npn.

  2. Ortsillograf va logik analizator

  3. Manba 5……12v DC

Birinchi kuradigan sxemamiz bu mantiqiy inkor NOT elementining sxemasi. Yig’ilgan sxema multisim dasturida quyidagicha ko’rinad(2.2.1-rasm).



2.2.1-rasm. Multisim dasturida yig’ilgan bir tranzistorli mantiqiy yo’q elementi sxemasi.
Sxemani yig’ishda signal manbayining va ta’minot manbayining qiymati 5V deb olinadi chunki hozirgi raqamli sxemalar uchun 1ya’ni rost ifoda 5V hisoblanadi. Sxemani tuzishda tranzistorning baza tokini cheklash uchun R1va kollektor tokini cheklash uchun R2 rezistorlar hisoblanadi.
R1 va R2 rezistorlar quyidagicha hisoblanadi:

  1. Tranzistorning tok bo’yicha kuchaytirish koeffitsiyentini bilishimiz kerak( sxemadagi tranzistor uchun h21e=40; model: 2N2222A tip: NPN IKmax=800mA)

  2. Baza tokini topamiz:



  1. Baza toki uchun R1ni hisoblaymiz:



  1. Kollektor toki uchun R2ni hisoblaymiz:



Sxemadan kurinib turibdiki kirishdagi signal nol bo’lganda(kalit ulanmaganda) chiqishdagi signal 1ga tenga. Agar kirishga 1 signal bersak chiqishda not(yo’q) ifoda bo’ladi. Bunday sxema ayrim adabiyotlarda invertor xam deyiladi. Bunga sabab kirishdagi signal inverslanadi yani qarama qarshisiga o’zgaradi. Mantiq elementlarida tranzistorlar kalit rejimida ishlagani uchun sxemalardagi toklarni hisoblash ham kalit sxemalarniki kabi bo’ladi. Sxemadagi kalitning o’rniga signal generatorini ulab natijalarni logic analizatorda yana ham aniqroq ko’rishimiz mumkin(2.2.2-rasm).



2.2.2-rasm. Mantiq sxemasiga logic analizatorning ulanishi.
Sxemada logic analizator XLA1deb nomlangan. Unga kirish va chiqish signallari ulangan. Bunda kirish va chiqish signallarining satxlari nisbatlarini ko’rishimiz mumkin.
Signal manbayi sifatida V2 1kHz chastotali to’g’ri burchakli impuls manbayidan foydalanilgan. Simulyatsiya tugmasi bosiladi va sichqonchani logic analizator ustiga olib borib chap tugmasi ikki marta bosiladi. Ekranda quyidagi tasvir paydo bo’ladi(2.2.3-rasm). Rasmda kurinib turganimizdek chiqishda kirish signali teskarisig o’zgarayapti.
Mantiqiy inkor elementi turli raqamli qurilmalarda signallarni inverslash vazifasini bajaradi. Mantiqiy inkor elementlari bir necha o’ntada bir nech mingtagacha bitta korpusga joylashtirilib integral sxema ko’rinishida ishlab chiqariladi.
Integral sxemalarga bir nechta misollar ko’ramiz.

2.2.3-rasm. Logic analizatorning ko’rsatkich diagrammasi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin