2.2.Katta guruhda bolalarni buyumlarning miqdor, kattaliklari bilan tanishtirish Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning nazariy jihatlari psixologik, pedagogik va boshqa fundamental fanlar asosida yaratiladi:
— ko‘rgazmali dasturli hujjatlar (bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar va hokazo);
— metodik adabiyotlar (maxsus jurnallarda chop etilgan maqolalar, masalan, maktabgacha tarbiya to‘g‘risida o‘quv qo‘llanmalar, o‘yinlar va hokazo);
— jamoa va yakka tartibda ish olib borish, ilg‘or tajriba va olimlarning fikrlari.
Hozirgi kunda bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish muammosi ilmiy asoslangan metodik tizimga ega. Ularning asosiy elementlari maqsad, mazmun, metodlar, ishni tashkil etish shakl va usullari bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ular orasidagi asosiy maqsad tasavvurni shakllantirishga qaratiladi.
Matematik tushunchalarni shakllantirish - inson ijodiy faoliyatining butun maqsadli amalga oshiriladigan pedagogik jarayonidir. Uning maqsadi - bolalarni faqat matematikani bilishdan emas, balki ularni hayotga tayyorlash, o‘zlarining hayotdagi o‘rinlarini topa olishlariga yordam berishdan iborat.
Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish fanining asosiy masalalari quyidagilardan iborat: — bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi nuqtai nazaridan ikkinchi kichik, o‘rta, katta va maktabga tayyorlov guruhlari uchun shartlar rejasini asoslash;
— matematik tushunchalarni rivojlantirish maktab matematikasini o‘rganishga tayyorlashni rejalash;
- matematik tushunchalarning rivojlantirish yo‘llari va shartlarini ishlab chiqish;
— bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishni ta’minlovchi metodik ko‘rsatmalar berish.
Gnedenko o‘z ishlarida matematik qobiliyatlarning ikki darajasini ajratib ko‘rsatadi: “Oddiy o‘rta qobiliyat” (ushbu qobiliyat boshlang‘ich maktab kursini o‘zlashtirish uchun zamin bo‘lgan) va “o‘rtadan yuqori bo‘lgan qobiliyat”, ya’ni matematik bilimlarni osonlikcha egallashda masalalarning aql yechimini topishda namoyon bo‘ladigan qobiliyatdir.