Mundaraja kirish I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni kitob o'qishga qiziqtirish


II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR UCHUN KITOB VA ULARNING AHAMIYATI



Yüklə 463,3 Kb.
səhifə4/6
tarix02.06.2023
ölçüsü463,3 Kb.
#123062
1   2   3   4   5   6
Maktabgacha yoshdagi bolalarni kitobni sevishga òrgatish 1

II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR UCHUN KITOB VA ULARNING AHAMIYATI
2.1.Bolalarda kitobga mehr qòyishga yordam berish
Maktabgacha yoshdagi bolalarga kitob tavsiya qilayotganda rasm ko’rsatish usuli ayniqsa muhimdir. Ularo’quv texnikasini yaxshi bilishmaydi, kitobdagi rasmlar ularni shu kitobga qiziqtiruvchi asosiy kuch bo’lib hisoblanadi. Tavsiya suhbati kitobxonni rasmni va matini chuqur qabul qilishga tayyorlaydi. Suhbat davomida bolaga kitobga chizilgan rasmni, kitob muallifining va rassomning familiyasini voqea sodir bo’lgan vaqti va joyini ko’rsatib, kitobxon diqqatini kitobning asosiy tomonlariga tortadi.
Bolaga ertak kitoblar tavsiya qilinayotganda u shu kitobning boshdan ozginao’qib berib, kitob qahramonini harakterlab beradi. Ertaklarda ko’rsatilgan rasmlar ham muhim rolo’ynaydi. Bunda rasmlarning hammasini birdan ko’rsatish maqsadga muvofiq mas. Rasmlar bolaning hayajonini kuzatgan holda asta – sekin ko’rsatish kerak. 1-2 ta asosiy rasmlarni ko’rgan bola kitob bilan birga shu kitobdagi epizodlarga, qahramonlarga, voqealarga, qahramonlarning harakteriga qiziqib qoladi. Masalan, Qadim Saidmurodovning “Men opamdan kattaman” kitobini tavsiya qilayotib, unda rassom Iambarov chizgan rang – barang, chiroyli rasmlarga bolalar va tibat tasviriga e‟tibor beriladi.
Bolalar asardagi badiiy detallarni esda yaxshi saqlab qoladilar. Asarni eslatishga va detallarni oydinlashtirishga qaratilgan savollar bolalarning asar mazmunini to’liq eslab qolishlariga yordam beradi. Ularning kuzatuvchanliginio’stiradi va so’zga mehr uyg’otadi. Ayrim paytda badiiy adabiyotlar yuzasidano’tkazilgan suhbat davomida savollarga kitobxonning faktik tomonlarini qandayo’zlashtirganligini, u kitobni oxirigachao’qigan yokio’qmaganligini, uning mazmunini tushungan yoki tushunmaganligi kabilar bilib oladi. Bu kabi savollar o’qiganlarini yaxshi tushuna olmaydigan, kitobni oxirigacha o’qimaydigan o’quvchilar yoki bolalar bilan suhbat o’tkazilganda qo’llaniladi. Bunda tarbiyachi bolaningo’qiganlarini, asardagi yorqin epizodlarni yodga olishiga harakat qiladi.
Bu usul, bola kitobni topshirayotgan paytda kitobning qaysi joylarda ko’proq yoqib qolgani haqida gappirgan vaqtda qo’llaniladi. Bu esa kitobning qiziq – qiziq joylarini qaytao’qib chiqishga havas uyg’otadi. Bolalarning ma‟lum asardagi qahramonlar va voqealarni tasvirlab chizgan rasmlari ham shu kitobning mazmunini esda yaxshi saqlab qolishda katta yordam beradi. Ko’pincha tarbiyachilar odatdagi savollar bilan, birga shu kitob qanday rasm chizish haqida ham uylab ko’rishni taklif qiladilar. Kitob bilan ommaviy ish olib borilganda, bolalarni vatanimiz va boshqa mamlakatlarda sodir bo’layotgan ijtimoiy –siyosiy voqealar va hodisalar, tabiatda yuzaga kelayotgan o’zgarishlar bilan tanishtiriladi.
Mashhur shoirlar va yozuvchilar, peadgoglar A.Avloniy, H.H.Niyoziy,
S.Ayniy, S.Delimov, S.Rajavob, X.To’xtaboyevlar ifodali o’qishga yuqori baho berganlar. Ovozli o’qish va so’zlab berish bolani kitobga jalb qilishning tabiiy usuli bo’lib, undan oilada ham keng foydalaniladi. Mashhur pedagog
A.S.Makarenko oilada ovozli o’qish muhim ahamiyatga ega ekanligini takidlab:
Imkoni borichao’qish har kuni va doimiy ravishda olib borilishi lozim. Avvalo ota – onalar o’qib berilsa, so’ngra bu ishni bolalarning o’ziga topshirishsa maqsadga muvofiq bo’ladi” degan edi. Ovozli o’qish va so’zlab berish maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda muhimo’rin egallaydi. Ular hamo’qish texnikasini yaxshi egallamagan bo’ladilar. Shuning uchun bu yoshdagi bolalar birinchi – ikkinchi yilda o’qishga qiynalishlari sabablio’qishdan ko’ra eshitishni yaxshi ko’radilar. Bundan tashqari, bolalaro’qishgagina emas, diqqat bilan eshitishga ham, eshitganlarinio’zlashtirishga va aytib berishga hamo’rganishlari kerak.
Ovozli o’qishga yoki so’zlab berishga xalq ertaklari juda qiziq manba bo’lib xizmat qiladi. Har xil fantastik sehrli ertaklarni so’zlab berish maqsadga muvofiq. Aniq va yorug’ obrazli kichik, qiziqarli ma‟nodor ertaklar bolalarni atroflarinio’rab turgan dunyo bilan tanishtiradi. Ularning ko’pgina savollarga javob beradi. Xalq ertaklariga xos bo’lgan xususiyat haqiqatni yomonini, rostni yolg’on ustidan g’alaba qilish xususiyati bolalarda haqgo’ylikni tarbiyalaydi. Natijalar ertaklar bolalarda badiiy adabiyotga qiziqish uyg’otadi. Ammo hamma xalq ertaklari ham bolalarga to’g’ri qilavermaydi. Ertak tanlayotganda bolalarning yosh xususiyatiga, ertakning g’oyasi va mazmuniga e‟tibor berish kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni kitobxonlikka qiziqtirishning yana bir usuli so’zlab berishdir. So’zlab berish asar tanlangandan so’ng birinchi marta o’qib, hamma tomoniga e‟tibor berish kerak. Uning mazunini bilan shunday tanishishi va eshituvchilarga ham hikoyaga asardan qanday ta‟sirlangan bo’lsa, shunday ta‟sirlanishlari kerak. Shundagina kitobdagi hamma narsalar eshituvchilarning esida qoladi, ular holatlarini hatto so’zma – so’z bilib olishadi. So’zlab berishda manoga amal qilish lozim.

Yüklə 463,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin