Mundaraja kirish I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni kitob o'qishga qiziqtirish



Yüklə 463,3 Kb.
səhifə2/6
tarix02.06.2023
ölçüsü463,3 Kb.
#123062
1   2   3   4   5   6
Maktabgacha yoshdagi bolalarni kitobni sevishga òrgatish 1

Kurs ishi maqsadi: Ushbu ishning maqsadi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ta'lim tarbiyasida, ularni estetik jihatdan tarbiyalashda badiiy adabiyotining o'rni va ahamiyatini, shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqining o’sishida bolalar adabiyotining o'ziga xos xususiyatlar hamda shakllarini tahlil qilishdan iboratdir.
Kurs ishi vazifasi: Maktabgacha yoshdagi bolalarni kitob o’qishga qiziqtirish vazifasini muhokama qilishga qaratilgan bo’lib,mazkur vazifani hal qilishda psixologiyaning o’rni qanchalik muhim ekanligi qator tajriba va ma’lumotlar asosida isbotlab berilgan.
Kurs ishi tarkibi kirish, 2 ta bobdan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.


I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI KITOB O'QISHGA
QIZIQTIRISH
1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni kitob o'qishga
qiziqtirish
Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgachabo’lgan maktabgacha yoshi bolalik davrining katta bir qismini tashkil etadi. Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyatlari rivojlanadi hamda shaxsiy individual xususiyatlari (shaxsiy fazilatlari) tarkib topa boshlaydi. Rus pedagoglaridan P.F.Les Gaftning fikricha, insonning maktabgacha yoshidagi davri shunday bir davrki, ana shu davr mobaynida kelgusida qanday xarakter xislatlari paydobo’lishi belgilanadi va axloqiy sifatlarining asoslari yuzaga keladi. A.S.Makarenko bolalarni juda kichik davridan boshlab tarbiyalash zarurligi haqida gapirib, tarbiyaning eng muhim asoslari bolaning besh yoshgachabo’lgan davri mobaynida yuzaga keltiriladi. Mana shu davrda qilingan butun tarbiya, tarbiya jarayonining 90% ini tashkil etadi, degan edi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda endigina narsalarni idrok etish, fikrlash tasavvur etish shakllanib boradi. Ular kitoblardagi qahramonlarning qiziqarli qiliqlari, kulgili voqea va hodisalarni tasodiflarni ko’proq eslab qoladilar. Agar tarbiyachi kitobni ovozli o’qib ularning diqqatini o’qilgan narsaga tartib tushuntirib bersa, bolalar uni eslab qoladilar. Bu yoshdagi bolalar o’yin orqali voqea va hodisalarni, kishilarning xarakteri va munosabatlarini bilib oladilar ko’rgan eshitgan,o’qigan narsalardagi holatlarni, kishilarni, hayvonlarni “yaxshi” va “yomon”ga ajratadilar va ulargao’z munosabatlarini bildiradilar. Bu yoshdagi bolalarni o’zlarini o’rab turgan muhit, tabiat va undagi hayvonlar,o’qimliklar qiziqtiradi.
Shuning uchun ham ularo’z qiziqishlarini qondirish uchun kattalarni xilma–xil savollarga ko’mib tashlaydilar. Endi ular voqea va hodisalarga boshqacha ko’z bilan qaraydilar, voqeilikni bilishga intiladilar va xotirada saqlab qoladilar. “Nima uchun qaroqchi bo’ladi?”, “Nima uchun qushlar uchadi-yu odamlar uchmaydi?”, “Nima uchun qor yog’adi?” va boshqa savollar bilan kattalarga murojaat qiladilar. Chunki bu davrda ularning rivojlanishi alohida bir bosqichni tashkil etib, aqliy va jismoniy o’sishida, o’qitish va tarbiyalashda o’ziga xos yosh xususiyatlarga amal qilishini talab etadi.
Kitobxonlar uchun konkret narsani obrazli fikrlash xarakterlidir,o’qish davomida shu obrazli fikrlash orqali ularning tushunchalario’sib boradi. Bu yoshda bolani kitobning yozlishi masalaning qo’yilishi emas, kitobdagi obraz, voqea va hodisa qiziqtiradi.
Tarbiyachi kitobxonlarning qiziqishlarini shakllantirishi va rivojlantirish ularo’qishga rahbarlik qilishi, haqiqiy kitobxonlar bilan til topishib ishlashi lozim. Biz bu yerda alohida kitobxonlarga ta‟rif berdik xolos. Bolalaro’qishni sifatli ravishda tashkil etish va ularni davr talabiga javob bera oladigan kishilar qilib tarbiyalash uchun, avvalo ularni har tomonlamao’rganish lozim. Ba‟zi bolalar haqiqiy kitobsevarbo’lsa, boshqalari esao’qishni yoqtirmaydilar.
Shunga qaramay, barcha bolalarni ham kitob mutolaasiga qiziqtirish mumkin.
Pedagoglar tomonidan berilgan quyidagi ko’rsatmalar bolalarni kitobga mehr qo’yishiga yordam beradi.

1-rasm. Bolalarni kitobga mehr qo’yishiga yordam beruvchi ko’rsatmalar
Zamonaviy texnologiyadan foydalanish: Ota ona farzandining kitobo’qishini istaydi, u esa kompyutero’yinini xohlaydi. Nima qilish kerak? Kitob mutolaasini ana shu jarayonga yaqinlashtirish, ya‟ni zamonaviy texnologiyalardan foydalanish lozim. Ota-onalar internetda ko’plab bepul elektron kitoblar topishi va kompyuter yoki planshetdan foydalangan holda elektron kitoblardano’qib berishi mumkin. Ularni onlayno’qish yoki yuklab olish ham mumkin. Ba‟zi elektron kitoblarning qogo’oz nusxasiga nisbatan imkoniyatlari keng. Masalan, audio va video tasvirlar bilan boyitilganligi ularning imkoniyat darjasini yanada oshiradi. Bu esa bolalarni qiziqtirishi aniq.
Mutolaa burchagi qilish: Bolalarni chalgo’itmaydigan, tashqi shovqin-surondan holi bo’lgan mo’jazgina “uycha” yoki burchak qilib berish ularrning kitobga bo’lgan qiziqishini yanada oshirishi mumkin. Ana shunday mo’jazgina chodirchalar ham bolalar uchun “uycha” sifatida xizmat qilishi mumkin.
Bolalarni tez-tez kutubxonaga olib boorish: Ota-onalar farzandida doimiy ravishda kitobo’qish ko’nikmasini shakllantirishni istashsa, haftasiga hechbo’lmagamda bir marta kutubxonaga olib borishi lozim.Chunki kutubxonada bola turli xil kitoblarni ko’radi va uning kitobga bo’lgan qiziqishi tobora oshadi
Kitoblarni tez-tez suhbat mavzusiga aylantirish: Agar ota-onalar bolalarini kitobo’qishgago’ayratini oshirmoqchibo’lishsa, tez-tez ertaklar, hikoyalar aytib bering, umuman kitoblar va ularning mazmun – mohiyati haqida suhbatlashib turishi kerak.
Hayotda sodirbo’lgan haqiqiy voqealarni bolalaro’qigan ertak va hikoyalar bilan bogo’lashga harakat qilish lozim. Bu esa bolalarni nafaqato’qishga chorlaydi, balki, mushohada qilishgao’rgatadi, tahlil qilish qobiliyatini shakllantiradi.
Bolalarga namuna bo‘lish:Bolalar ota-onasida namuna oladilar. Agar ota-onalar muntazam kitob mutolaa qilsangiz, boshqa oila a‟zolaringiz bilan turli kitoblar to’go’risida tez-tez suhbatlashsa, kitobdan zavq olgangizni ko’rsatsa, buo’z navbatida bolalar ongiga,psixologiyasiga ta‟sir qiladi.Va natijada kitobo’qish asta-sekin bolalarning ham sevimli mashgo’ulotiga aylanib boradi.
Har kuni kitob o‘qib berish:Agar ota-onalar vaqtni ayamasdan, bolalarga har kuni kitobo’qib bersa, u asta-sekino’zi ham muntazam mustaqil tarzda kitob mutolaa qiladiganbo’ladi. Uning hayotida kitobxonlik an‟anaga aylanadi.
Bolalarni kitobxonlikkao’rganish har xil usullarda olib borilsa ham quyidagi tamoyillarga asoslanadi.
Asosiy tamoyillardan biri – yosh kitobxonni o’rganishni uning shaxsini o’rganish bilan bog’liq holda olib borish. Avvalo tarbiyachi suhbat, kuzatish va boshqalar birgalikda kitobxon haqida to’liq ma‟lumot bera oladigan bo’lish lozim.
Shunday qilib biz yosh kitobxonning qiziqishi va talablarini o’rganish bilan birga uningo’zini hamo’rganamiz. Zero, kitobxonning qiziqishi, talabi uni o’rab turgan muhit (oila, maktabgacha ta‟lim muassasasi, o’rtoqlari) bilan munosabatini qo’shibo’rganishga, u haqda to’liq ma‟lumot beradi.
Ikkinchi tamoyil, pedagogik va psixologik xususiyatlardan kelib chiqadigan fikrlar va xulosalar asosida yosh kitobxonni o’rganish bilan birga uning qiziqishlarini to’g’ri yo’lga solib, yanada rivojlantirishdan iboratdir.
Uchinchi tamoyil bolalar kitobini ilmiy va estetik jihatdan o’rganish bilan uzviy alohida olib boriladi. Tarbiyachi bolalarga atalgan badiiy, ilmiy, ommobob kitoblarni yaxshi bilishi, uni pedagogik tomondan tahlil qila olish kerak. Tarbiyachi bu kitoblanio’zining mulohazasi va xulosalari bilangina baholab qolmasdan, kitobxonning yosh xususiyati, saviyasi hamda nuqtai nazarini ham hisobga olish lozim.

Yüklə 463,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin