Mundarija : kirish I. Bob. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasining maxsus buyruqlari ham yuridik huquqlari


Inson ekologiyasi tashqi muhitdagi xilma-xil omillarning ta’siri



Yüklə 159,5 Kb.
səhifə7/7
tarix01.06.2023
ölçüsü159,5 Kb.
#121706
1   2   3   4   5   6   7
inson hayot muhitni muhofaza qilishda xalqaro hamkorlik

2.3.Inson ekologiyasi tashqi muhitdagi xilma-xil omillarning ta’siri
Inson ekologiyasi deganimizda tashqi muhitdagi xilma-xil omillarning ta’siri tufayli kishi jismida yuz beradigan o’zgarishlarni anglaymiz. Inson ekologiyasi juda serqirrali fan bo’lib, tashqi muhitning barcha omillari, havo harorati, yorug’lik, namlik, radiatsiya, shovqin, vaznsizlik holati shuningdek, xar-xil tabiiy ofatlar, zilzila, dovul, qurg’oqchilik, suv toshqini, yong’inlar hamda tirik organizmlarning o’zaro bir-biriga ta’siri tushuniladi. Bu barcha omillarning ta’siri kishini hoxishga bog’liq emas. Bulardan tashqari kishilar o’zlari qurgan korxonalar, irrigatsiya inshootlari, transport vositalaridan chiqqan zaharli chiqindilar, qishloq xo’jaligida keng qo’llanilgan kimyoviy moddalar ham havoni, suvni, yerni, oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini buzib inson sog’ligiga katta zarar keltiradi.
Inson ekologiyasi yoki antropoekologiya ijtimoiy jamiyatning markaziy bo’lagi, uning ijtimoii-tabiiy va tabiiy-ilmiy asosidir. Inson ekologiyasi o’zida demografiya, tibbiyot, morfologiya, antropologiya, genetikaning tegishli qarashlarini umumiylashtiradi. Bu fanlar tadqiqot ob’ekti bir ekanligi negizida bir bo’lakda uyg’unlashadi. O’sha ob’ekt inson bo’lib, u ikki dunyo tabiiy va ijtimoii dunyoga tegishli nodir jonzotdir. Bunda shu narsani ta’kidlash lozimki, «inson - tabiiy muhit» muammosi munosabati bilan insonni o’rganishda e’tibor beriladigan asosiy ob’ekt umuman inson va hatto uning ekologiyasi emas, balki inson ekologiyasining tabiat bilan aloqasi orkali namoyon bo’ladigan qismidir.
Inson ekologiyasi - bu majmuiy fanlararo ilmiy yunalishdir. U odamlar populyatsiyalarining atrof-muhit bilan o’zaro ta’siri qonuniyatlarini, bu o’zaro aloqa ta’sirida aholining o’sishini, maqsadga yo’naltirilgan boshqaruv muammolarini, aholi salaomatligini saqlash va rivojlantirish muammolarini tadqiq etadi.
Inson ekologiyasida, uning asosiy yunalishlarida ijtimoiy - maksadli negiz ustun turishi aniq, zero insonning tabiat bilan jamiyat orqali bevosita o’zaro ta’sirini o’rganish bu fan predmetining ob’ektiv mazmunini tashkil etadi.
Shu nuqtai nazardan inson ekologiyasi-bu ijtimoiy ekologiyaning inson va odamlar populyatsiyasi bilan uni o’rab olgan tabiiy va ijtimoiy muhit o’zaro ta’sir qonuniyatlarini o’rganadigan bo’limii yoki antropodemoekotizim ichidagi ijtimoiy - biologik munosabatlar haqidagi ilmiy yo’nalishdir.
Insonning morfofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda noosferaviy o’zgarishlar jarayonida YEr regionlarini, biosfera rayonlarini ishlab chiqarish - xo’jalik, iqtisodiy maqsadli o’zlashtirish qonuniyatlarini ochib berish bunday o’zlashtirishning borishida odamlar salomatligini saqlash va rivojlantirishning tabiiy qonunlarini o’rganish inson ekologiyasining muhim vazifasidir. V.I.Vernadskiyning noosfera to’g’risidagi nazariyasiga ko’ra hozirgi zamon tabiatshunosligida inson ekologiyasi alohida o’rin tutadi. Vernadskiy tabiatning antropogen yuki tobora oshib borayotgani haqida, tabiatni o’zgartiruvchi omil sifatida insoniyat haqida, tabiatga ta’sir o’tkazishni uning imkoniyatlari bilan taqqoslash to’g’risida, ya’ni biz hozirda inson va biosferaning koevolyutsiyasi deb ataydiganimiz haqida gapiradi. Lekin bir vaqtda uning barcha mulohazalarida insonning biosfera istiqboli uchun mas’ul ekanligi, jamiyatni biosfera evolyutsiyasini oqilona yo’naltirishga imkon beradigan qilib tashkil etish haqidagi fikr qizil ip bo’lib o’tadi.
Inson ekologiyasi odamlarni o’rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhitni, odamlarning unga hamda bir-biriga munosabatlarini ifodasi sifatida ilmiy adabiyotga birinchi marta amerika sotsiologlari R.Park va U.Byurges tomonidan kiritilgan. Bir muncha keyinroq ingliz olimi U.Byus «Inson ekologiyasi» ning vazifasi ayni odamlar ijtimoiy munosabatlarini biologik populyatsiya jarayonlariga tutashtirishdan iboratdir deb izohlaydi va uni biologiya ekologiyasining an’anaviy tushunchalari asosida hal etishga urinadi. Sanoat va odamlarning katta shaharlarga to’planishi, sanoatlashtirish, havo va suvning bulg’anishi, dori-darmonlar qo’llanilishi bilan bog’lik bo’lgan patologiya (normal hollarda chiqish)ni o’rganish zaruratini ko’ndalang qilib qo’ydi. Ular tabiiy evolyutsiya, biogeotsenozlar jarayoniga jiddiy o’zgarishlar olib kirib, qapop topgan ekologiya tizimini o’zgartirib yubordi.
Inson ekologiyasini o’rganishdan maqsad, inson hayoti uchun optimal (kulay) muhitni yaratishdir. Sodir bo’lgan ekologik falokatlar, sayyoramiz aholisini falokatlarni oldini olish choralarini izlashga
turtki beryapti. Bunday holat sotsial iqtisodiy siyosiy, ahloqiy, ekologik, madaniy – tarixiy masalalarga yangi qarashni taqozo qilmoqda. Ya’ni kishilarni yangicha fikrlashga, insonni tabiatdagi o’rni va rolini anglatmoqda.
Tabiatda ilgarilar ham tabiiy falokatlar sodir bo’lgan. Ammo hozirgi davrda sodir bo’lgan ko’p ekologik falokatlar tabiatning bir bo’lagi bo’lgan inson faoliyati tufayli, sodir qilindi. Hozirgi kunda sayyoramizda yashayotgan insonlar oldida avvalambor kishilik jamiyati bilan tashqi tabiat o’rtasidagi munosabat muammolarini yechish vazifasi turadi.
Sayyoramizda aholi sonining orta borishi bilan insonlarni ehtiyojlarini, ona tabiatga ta’sirini oshira boradi. Agar 1850 yil yerda 1mlrd kishi yashagan bo’lsa, 1930 yilda 2 mlrdga yetdi, hozirgi vaqtda besh mlrddan oshib ketdi. Insonning atrof-muhit bilan munosabatlaridan qat’iy nazar avlodlar almashishi, aholining ko’payishi jarayonini barqaror holatda saqlash masalalari doimo muhim ahamiyat kasb etadi. Hayotning beto’xtovligi ikki qarama - qarshi oqimning o’zaro tasiri bilan ta’minlanadi. Bu tug’ilish va o’lish oqimlaridir. Jamiyat, insoniyat mavjud bo’lishi uchun bu ikki oqim o’rtasida muayyan uyg’unlik bo’lishi kerak. Agar tug’ilish o’lishga nisbatan uzoq muddat kam bo’lsa, insoniyat zavolga yuz tutadi. Bu munosabat teskari bo’lsa, aholining tez ko’payishi jamiyatning ekologik va ijtimoiy - iqtisodiy imkoniyatlari uchun zo’riqishni yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham bu ikki oqimni uyg’un holatda saqlash jamiyatning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib, uni hal etishga juda katta ijtimoiy kuch-quvvat sarflanadi.
Insoniyat o’tmishdan meros qolgan dastlabki ekologik muvozanat holatida hayotni boshlagan. Lekin jamiyat tiklanishi davrida kollektiv mehnat tufayli tabiiy ekologik tizimlar, biologik va ekologik omillarning kat’iy nazoratidan chiqishga muvaffaq bo’ldi. Jumladan, ko’payish jarayoni ham, qurollarni qo’llashga ham, odamlar yoki ularning yaqin ajdodlari tabiatdagi boshqa jonzotlarga qaraganda tabiatdan ko’proq narsa olishga o’rganishdi. O’sha palladayoq insoniy tabiiy muhitning ko’ngilsiz ta’siridan himoya qiluvchi «ijtimoiy kqlkon» yaratilgan edi.
Inson o’z hayotini yaxshilash uchun yaratgan sanoat va
transport vositalari sayyoramiz iklimiga, ozon qavatini siyraklashuviga, o’rmonlarni kamayishiga, suvlarni ifloslanishiga, yerni eroziyaga uchrab, ko’p joylarda cho’llanishni sodir bo’lishiga olib keldi.
Bundan tashqari kishilar sun’iy hosil qilgan radiaktiv nurlanishlar, kimyoviy moddalardan ko’p foydalanish kasallik qo’zgatuvchi viruslar va mikroorganizmlarni ko’payishiga, yangi kasallik turlarini hosil bo’lishiga olib keldi.
Dunyodagi deyarli hamma mamlakatatlarda barcha imtiyozlar avvalo o’z xalqiga beriladi. Masalan, turar joy, ish bilan ta’minlash, chetdan kelgan kishilarga nisbatan o’z xalqiga yuqori ish haqi belgilash yoki tovarlar bilan ta’minlash va boshqalar kiradi. Bizda esa uzoq yillar davomida buning teskarisi bo’lib keldi. Yuqorida keltirilgan barcha tabiiy omillar, ofatlar, sotsial nohaqliklar kishi organizmiga ekstremal omil sifatida ta’sir etib, uni stress holatga (qattiq ruxiy zarbaga) olib keladi. Stress holatiga tushgan odamlarni uyqusizlik, charchash, g’azablanish, bosh og’rig’i, qon bosimining oshishi azoblari qiynaydi.
Antropoekosistema inson ekologiyasining tadqiqot ob’ektidir. O’zaro va o’zlarini o’rab olgan tabiiy va ijtimoiy muhit bilan dialektik aloqada bo’ladigan inson populyatsiyalari yoki etnoslarining birgalikda hayot kechiradigan turli guruhlari antropoekologiya tizimi yoki antropoekotizm deb ataladi. Mazkur fan odamlar va tabiatning inson va biosferaning o’zaro munosabatini hayotning aniq ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy sharoitlari bilan chambarchas bog’liqlikda o’rganadi.
Bugungi kunda inson salomatligi jamiyatning murakkab tarixi va uning hozirgi taraqqiyoti oqibati ekanligi allaqachon ravshanlashgan. Shu boisdan tabiiy sanitariya - gigiyena tadbirlarining birontasi ham ular qanchalar ilmiy asoslangan va texnikaviy rivojlangan bo’lmasin o’z - o’zicha jamiyat a’zolari sog’ligini saqlash va rivojlantirish, muhofaza qilishni ta’minlay olmaydi. Butun jamiyatning ijtimoiy ishlab chiqarish iqtisodiyot tuzilmasini ilmiy tashkil kilish, mehnat dam olish sharoitlarini, ma’naviy va jismoniy tarbiya sharoitlarini vujudga keltirish, hayot tarzi madaniyatini rivojlantirish - bularning hammasi sog’likni muhofazalash va mustahkamlashning sharti va garovidir. Bu muammolar jamiyatning tabiiy sharoitlar bilan o’zaro ta’siri shu ta’sirni takomillashtirishga yunaltirilgandagina hal etilishi mumkin. Bunda barcha jug’rofiy mintaqalar, jonli va jonsiz tabiatdagi barcha jarayonlar, sayyoramizning barcha sohalari qamrab olinadi. Bu yerda gap tabiatni shunchaki muhofazalash tug’risida emas, balki inson tabiat va ular o’rtasidagi muvofiqlikni yanada takomillashtirish uchun qulay ijtimoiy, ekologik sharoitlar yaratish maqsadida tabiatni asrab - avaylash va rivojlantirish haqida bormoqda. Tabiatni muhofaza qilish eng oliy maksad - har tomonlama rivojlangan inson va insoniyat jamiyatiga erishishning eng muhim vositalaridan biridir. Inson ekologiyasi birgina biologik qonunlarga bo’ysunmaydi va bu qonunlarni ijtimoiy qonunlar bilan o’zaro aloqasisiz uni tushunib bo’lmaydi. Bu ko’pgina sabablar bilan izohlanadi. Birinchi sababi shundan iboratki deb ta’kidlaydi T.N.Fedoseev, - hozirgi zamon fan - texnika inqilobi, jumladan shunga olib keladiki, insonning o’zi inson ekologiyasida turli va har doim ham oldindan bilib bo’lmaydigan o’zgarishlarni qiladi, o’z navbatida unga shu o’zgarishlardan ahamiyati kam bo’lmagan aks ta’sir ko’rsatadi. Natijada insonning bunday o’zgarishlarga moslashuvining o’tkir va ko’p jihatdan hal etilmagan muammolari paydo bo’ladi. Inson, jamiyat va tabiat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar biologik shuningdek ekologik negizlar asosiga emas, balki ularni o’zgartiruvchi ijtimoiy mehnat faoliyati negizlariga quriladi. Insonning tabiatga munosabati va tabiatning insonga munosabati ijtimoiy ishlab chiqarish kuchlari, ishlab chiqarish munosabatlari va inson ishtirok etadigan aniq mehnat jarayonlari orqali ro’yobga chiqadi.
XULOSA
Hozirgi inson ekologiyasi inson, jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri mahalliy, regional hamda global muammolarini ularning jonli tabiat va insonga o’zaro ta’siri nuqtai nazaridan qamray oladi va o’rganadi.
Tabiatni muhofaza qilish eng oliy maqsad - har tomonlama rivojlangan inson va insoniyat jamiyatiga erishishning eng muhim vositalaridan biridir.
Hayot har bir kishiga bir marta beriladigan oliy ne’matdir. Inson umri tarixda bir on lahzadir. Demak, u shu qisqa umrida rohat - farog’atda, go’zal yashashi kerak. Inson tabiatning ajralmas bir bo’lagidir. Insonning normal hayot kechirishi, uni o’rab turgan tabiatning ekologik jihatdan sog’lomligiga bog’liqdir. Shuning uchun ham biz inson hayotini yaxshilashimiz, tabiatni ekologik jixatdan sohlomlashtirishimiz lozim. Har bir kishining salomatligi, ma’naviy yetukligi nafakat uning o’zi uchun, jamiyatimizning kelgusidagi taraqqiyoti uchun ham juda zarurdir.
XX asr oxirida insoniyatning biosferadagi jarayonlarga ta’siri o’zining yuqori bosqichiga yetdi. Hozirgi avlod ko’z o’ngida mahalliy, mintaqaviy va umuminsoniy ekologik inqiroz vaziyatlari kuzatilmoqda. Atrof - muhit holatini tug’ri baholash zarur tadbirlarning o’z vaqtida o’tkazilishini ta’minlash ekologik bilimlarning rivojlanganlik darajasi bilan bevosita bog’liqdir. O’sib kelayotgan yosh avlodga ekologik tarbiya berishni oiladan boshlash bog’chada, maktabda, kollej va universitetlarda davom ettirib borilishi kerak. Ekologiya serqirrali bo’lgan uchun uni barcha fanlar orqali yoshlarning ongiga singdirish lozim. Yoshlarga ekologik tarbiya berishda tabiat qo’yniga ekskursiya va yurishlar uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Tabiatni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va ekologik sharoitlarni yaxshilada ekologik ta’lim va tarbiya muhim rol o’ynaydi. Turli mamlakatlardagi ekologik vaziyat, tabiatdan foydalanish xususiyatlari ko’p jihatdan aholini ekologik savodxonlik darajasi, ekologik madaniyatiga bog’likdir. Ekologik ta’lim va tarbiya BMT, YuNESKO, YuNEP, va VOZ ning diqqat markazidagi masaladir. (YuNESKO - BMTning fan va madaniyat ishlari bo’yicha shug’ullanadigan mustaqil bir tuzilmasidir. Uning bosh qarorgohi Parij shahrida joylashgan. BMTning o’zi esa Nyu-York shahrida joylashgan, unga dunyodagi 190 ta davlat kiradi.) Ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun jahon, alohida davlatlar mikyosida turli tadbirlar o’tkazmokda. Har bir soha mutaxassisi ekologik savodxon bo’lishi va o’z faoliyatida tabiatga zarar yetkazmasligi, ekologik ta’lim - tarbiyani rivojlantirishga hissasini qo’shishi lozimdir.
S’Hunday kilib, bolalarni o’simlik va hayvonlarni parvarish qilishga o’rgatish, ularni tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash shunchaki bir ermak emas bu davlat axamiyatiga ega bo’lgan dolzarb masaladir. Biz sog’lom, ahlokli, mehnatsevar, pok, bilimdon yoshlarni tarbiyalab o’stira olganimizdagina kelajagimiz porloq bo’ladi.
XXI - asr ekologiya asri bo’lishi shubhasizdir. Har bir inson ona sayyoramiz tabiatiga ziyon yetkazmasdan o’zgartirish, tabiiy boyliklaridan okilona foydalanish va yashash muhitini saqlashdek muqaddas ishga o’zining munosib hissasini qo’shishi lozimdir.

Adabiyotlar ro`yxati:


1. Karimov I. A. «O`zbekiston XXI asr bo`saasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» Toshkent. O`zbekiston, 1997.


2. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. T.Oqituvchi, 1991.
3. Biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiya va harakat rejasi. T.1998.
4. Tilovov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. Qarshi. Nasaf, 2003.
5. To`xtayev A. Xamidov A. Ekologiya asoslari va tabiatni muxofaza qilish. T. O`qit. 1997.
6. To`xtayev A. Ekologiya. T. O`qituvchi,1996.
7. ulomov .N. Inson va tabiat. T.O`qituvchi, 1990.
8. Otaboyev Sh. Nabiyev M. Inson va biosfera. T. O`qituvchi, 1995.
9. Shodimetov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T. O`qituvchi, 1994.
10. Rafiqov A.A. Geoekologik muammolar. T. O`qituvchi, 1997.
11. Ergashev A., Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. T. O`qituvchi, 2005.
12. Ergashev A. Umumiy ekologiya. T. O`zbekiston, 2003.
13. Tursunov X., Raximova T. Ekologiya. T. 2006.
14. Sultonov P. Ekologiya. Toshkent. 2007 y.


www.nature.uz
www.uznature.uz
3. www.econews.uznature.uz
4. www.ziyonet.uz
www.google.uz


Yüklə 159,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin